1 bilet tarix



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
9-sinf-tarix (1)

Kartel  (italyancha  —  qog’oz,  hujjat)  —  bir  tarmoqdagi  mustaqilkompaniyalar, 

firmalarning  ishlab  chiqarish  va  sotishning  umumiyhajmlari,  narxlari,  sotish 

bozorlari,  har  bir  ishtirokchining  ulushiva  boshqalar  to’g’risidagi  bitim  asosida 

tashkil etilgan tuzilma. 

 

4- 

BILET 

1. G’arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o’zaro taqqoslang. 

Gʻarbiy  Turk  xoqonligi  -  Qora  dengiz  va  Dondan  Tyon-Shon  va  shimoliy- 

sharqiy Hindiston sharqiy shoxlariga qadar joylashgan dastlabki oʻrta  asr turkiy 

davlati (603-704). 

Xoqonlikning  gʻarbiy  mulki  janubiy-sharqiy  Evropaning  dashtlariga  etib  bordi. 

Davlatning  uzagini  Ettisuv  viloyati  tashkill  qilgan.  Uni  Ashina  sulolasidan 

boʻlgan kagonlar boshqargan. Xazar xoqonligi undan ajralib chiqdi. 

Xoqonlik  oʻzining  qudratining  eng  yuqori  choʻqqisiga  Sheguy  xoqon  (610-618 

yillarda) va uning ukasi Tun-yobgʻu-xoqon (618-630 yillarda) davrida erishgan. 

Toxariston  va  Afgʻonistonga  yangi  yurishlar  davlat  chegaralarini  Hindistonning 

shimoli-gʻarbiy  qismigacha  kengaytirdi.  Tun-yobgʻu  xoqon  maʻmuriy  islohotni 

amalga  oshirdi  va oʻlpon  yigʻishni  nazorat  qilish  va  nazorat  qilish  uchun 




 

 

mintaqadagi  oʻz  vakillari  -  tudunlarni  tayinladi.  Tun  yobgʻu  xoqon  va  Sheguy 



xoqon  (610-618)  davrida  Xoqonlik  Oltoyda,  Tarim  daryosi  havzasida  va 

Amudaryo  boʻyida  chegaralarni  tikladi.  Suyab  va  Ming-Buloq  Gʻarbiy  Turk 

xoqonlarining  qarorgohiga  aylandi.  Vizantiya  imperatori  Tun-yobgʻu  bilan 

ittifoqda xoqonn 626 yilda Sosoniylarga qarshi urush boshladi. 626 yilda turkiy 

qoʻshinlar  Tiflisni  egallab  oldilar.  Biroq,  Vizantiya  va  Eron  oʻrtasida  tinchlik 

shartnomasining  tuzilishi  Tun-yobgʻu  xoqonni  harbiy  harakatlarni  toʻxtatishga 

majbur  qildi.  630  yilda  Ton-Yobgʻu  xoqon  amakisi  Sibir  Xon  tomonidan 

uyushtirilgan  fitna  natijasida  oʻldirildi.  Tez  orada  u  ham  oʻldirildi.  630  yilda 

boshlangan taxt uchun kurash uzoq davom etgan urushga aylandi. 

 

580-yillarga  kelib  xoqonlikda  ichki  nizolar,  taxt  talashuvlar  avj  oladi.  Bu  ishga 



Xitoyning  Suy  sulolasi  ham  aralashadi.  Shundan  soʻng  xoqonlik  bir  muddat 

Oltoy  togʻlarining  sharqidan  to  Uzoq  Sharqqacha  boʻlgan  hududni,  yaʼni  Jan. 

Sibir,  Urxun  havzalari  (Moʻgʻuliston),  Shim.  Xitoy  hududlarini  oʻz  ichiga 

oluvchi  Sharqiy  Turk  xoqonligi  va  Oltoy  toglarining  gʻarbidagi  xoqonlikka 

qaram  oʻlkalarni  oʻz  ichiga  oluvchi  markazi  Yettisuv  boʻlgan  Gʻarbiy  Turk 

xoqonligi ga boʻlinib ketadi. 

 

Markazi  Oʻtukan  vodiysi  (Moʻgʻuliston)  boʻlgan  Sharqiy  Turk  xoqonligi  Shibi 



xoqon  (609—619)  davrida  Xitoy  (Suy)  imperiyasiga  qarshi  jang  olib  boradi.  U 

615  yilda  Xitoyga  yurish  qilib  Yaymin  (Ordos)  viloyatida  imperator  Yandini 

qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 

618  yilda  Suy  sulolasini  agʻdarib,  uning  oʻrnini  egallagan  Tan  sulolasining 

ishlariga  ham  Shibi  xoqon  aralashadi.  U  bu  paytgacha  sharkda  kidan  va  shivey 

qabilalarini,  Jan.Gʻarbda  Tuguxun  (Togon)  davlati  hamda  Turfon  oʻlkasini 

boʻysundirgach,  Xuanxe  daryosini  kechib  oʻtib,  Xitoy  hududiga  kirgan  vaqtda 

vafot  etadi.  TaxtgaElxoqon  (xitoy  manbalarida  Xyelixan;  620—630)  oʻtiradi  va 

10  yil  davomida,  asosan,  Xitoy  bilan  kurash  olib  boradi.  2  marta,  624—626 

yillarda  poytaxt  Chananni  qurshab  oladi.  Uning  oʻlimidan  soʻng  Sharqiy  Turk 

xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi. 

 

Oʻz  davrida  "Oʻn  Oʻq  xoqonligi"  deb  yuritilgan  Gʻarbiy  Turk  xoqonligi 



Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib 

borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610— 

618)  davrida  xoqonlik  qoʻshinlari  jan.gʻarbiy  hududlarda  faol  harakat  yurita 

boshlaydi.  U  Eronning  shim.sharqiy  viloyatlariga  xujum  uyushtirib,  sosoniylar 

ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. 

Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini 

yanada  mustahkamlaydi.  U  hukmronlik  qilgan  davrda  Turk  xoqonligi  ning 

chegarasi  gʻarb  va  jan.gʻarbda,  Jan.Sharqiy  Yevropa  dashtlari,  Kavkaz, 

Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston 

va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli 

oʻgʻli  boshchiligidagi  xoqonlik  qoʻshinlari  Vizantiya  imperatori  Irakliy  bilan 

birgalikda  627—628  yillarda  Jan.  Kavkazga  safar  uyushtiradi  va  bu  yerdagi 

sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy 

hududlarda  xrkimiyatni  mustahkamlash  maqsadida  qarorgohini  Shosh 




 

 

vohasining  shimolidagi  Mingbuloq  (xitoycha  Syantsyuan)  mavzesiga  koʻchiradi 



va  boshqaruvda  islohotlar  oʻtkazib  qaram  oʻlkalarga  turkiy  tudun  va  eltabar 

unvonli vakillar joʻnatadi. 



2. Pyotr I ning Rossiya tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. 

Pyotr  I  [1672.30.5(9.6),  Moskva  –  1725.28.1(8.2),  Peterburg]  –  rus 

podshosi  (1682-yildan),  Rossiyaning  1-imperatori  (1721-yildan).  Podsho 

Aleksey Mixaylovich (1629–76)ning kichik oʻgʻli. Rossiyaning davlat, harbiy va 

madaniyat  arbobi,  diplomat.  Davlatni  boshqarishda  bir  necha  islohotlar 

oʻtkazgan  (senat,  kollegiyalar,  oliy  davlat  nazorati  va  siyosiy  qidiruv  organlari 

tuzilgan;  cherkov  davlatga  boʻysundirilgan;  mamlakat  gubernalarga  boʻlingan; 

yangi  poytaxt  –  Sankt-Peterburg  qurilgan).  Rossiyaning  Gʻarbiy  Yevropadagi 

ilgʻor  davlatlardan  ortda  qolganligiga  barham  berish  uchun  sanoat  va  savdo 

sohasida  merkantilizm  siyosati  oʻtkazgan  (manufakturalar,  metallurgiya, 

konchilik  zavodlari,  kemasozlik  korxonalari,  pristanlar,  kanallar  qurishga 

rahnamolik  qilgan).  1695–96-yillarda  Azov  yurishlarida,  1700–21-yillarda 

Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), 

Lesnaya  daryosi  (1708)  va  Poltava  jangi  (1709)da  qoʻshinlarga  qoʻmondon 

boʻlgan.  Flot  va  muntazam  armiya  tuzishga  rahbarlik  qilgan.  Mutlaq  hokimiyat 

tizimining  yirik  mafkurachisi  sifatida  dvoryanlarning  iqtisodiy  ahvolini 

yaxshilash  va  siyosiy  mavqeini  mustahkamlashga  yordam  bergan.  Pyotr  I 

tashabbusi  bilan  bir  qancha  oʻquv  yurtlari,  FA  ochilgan,  diniy-slavyan  alifbosi 

oʻrniga  grajdan  alifbosi  qabul  qilingan  va  h.k.  Pyotr  I  islohatlari  moddiy 

imkoniyatlar  va  odam  kuchini  qattiq  ekspluatatsiya  qilish,  xalq  ommasini  ezish 

(jon  soligʻi  va  boshqalar)  hisobiga  oʻtkazilganki,  natijada,  bunga  qarshi 

qoʻzgʻolonlar  (Streletslar,  1698;  Astraxan,  1705–06;  Bulavin,  1707–09  va 

boshqalar) boʻlib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan.. 

 

3. “Demobilizatsiya” atamasiga izoh bering. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin