9-
BILET
1. Parfiya va Yunon-Baqtriyani o’zaro taqqoslang.
Parfiya, Parfiya podsholigi — miloddan avvalgi taxminan 250 yilda Kaspiy
dengizining jan. va jan.-sharqiy tomonida vujudga kelgan kad. davlat. Miloddan
avvalgi 1-asr oʻrtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha boʻlgan hududni
oʻziga boʻysun-dirgan. P. milodiy 3-asrning 20-yillarigacha mavjud boʻlgan.
Miloddan avvalgi taxminan 250 yil saklarning koʻchmanchi parnlar (daxlar)
qabilasi Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi) boshchiligida Salavkiylar
davlatidan ajrab chiqqan Parfiyo-na yoki P. satrapiyasiga bostirib kirganlar va
P.ni, soʻngra qoʻshni Girkaniya viloyatini ishgʻol etganlar. Salavk II oʻz
hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz
urinishlar (miloddan avvalgi 230— 227)dan soʻng P. da arshakiylar
hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan. 209 yil P.ni salavkiylar podshohi An-
tiox III bosib olgan. Biroq Salavkiylar davlatining zaiflashganidan foy-dalanib P.
tezda oʻz mustaqilligini tiklagan. Parnlar mahalliy parfyanlar (parfiyaliklar) bilan
aralashib ularning madaniyati, tili va mahalliy diniy eʼtiqodlarini qabul qilishgan.
Miloddan avvalgi taxminan 170—138/137 yillarda P. podshohi Mitridat I
salavkiylarning sharqiy satrapiyalari va Yunon-Baqtriya podsholigining bir
qismini (miloddan avvalgi taxminan 136 y,) bosib olgan. Miloddan avvalgi 1-asr
boshida P.ning qudrati yanada ortib, Rim imperiyasining xavfli raqibiga
aylangan. Miloddan avvalgi 53 yil P. Rim bilan toʻqnashib, Karri jangitsa. Krase
qoʻmondonligi ostidagi Rim qoʻshi-nini butkul tormor etgan. Miloddan avvalgi
40-yilda P. Kichik Osiyoning deyarli butun hududini, Suriya va Falastinni zabt
etgan.
Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik
davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori
bo’lmish Diodot o’zini podsho deb e‘lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-
Baqtriya davlati tarixi boshla- nadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati
tarkibidan ajralib chiqqan Parfi ya Baqtriyaning raqibiga aylanadi.
Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya pod- sholigi tarkibiga So’g’diyona va
Marg’iyona ham kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukm- ronlik
davlat tarixida sezilarli iz qoldirma- gan Yevtidemga o’tadi. Yevtidemning o’g’li
Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga
ega bo’ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo’shib olindi. Parfi yada
hokimiyat Mitridat I qo’liga o’tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni
kuchaytira- di.Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur
bo’ladiki, bu hol uning kuch- sizlanishiga sabab bo’ldi. Bundan foydalan-
gan ko’chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140 –130-yillar oralig’ida Yunon-
Baqtriya dav- latini bosib oladilar.
2. Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo tarixidagi tutgan o’rni haqida
ayting.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530). Bobur temuriylar avlodining
iste‘dodli vakili, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk shoir,
tarixchi, geograf, ulkandavlat arbobi, iste‘dodli sarkarda. Dovyurakligi va
jasurligi uchun u yoshligidan ―Bobur‖(―Sher‖) laqabini oladi, Bobur Andijonda
tug’ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Farg’onahukmdori edi. 1494-yilda
Umarshayx vafot etgach, Bobur otasi o’rniga taxtga o’tirdi. Budavrda temuriylar
davlati parchalanib toj-u taxt uchun kurash avj olgan edi. Dashti
Qipchoqhukmdori Muhammad Shayboniyxon esa Movarounnahmi bosib olish
ishtiyoqida edi. BoburMovarounnahrni birlashtirishni istar edi. Oxir-oqibat
Bobur
va
Shayboniyxon
qo’shinlarito’qnashdilar.
Bu
to’qnashuvda
Shayboniyxon g’alaba qozondi. Mag’lubiyatga uchragan BoburVatanni tark
etishga majbur bo’ldi. 1504- yil-da Bobur Afg’onistonning hozirgi poytaxti
Kobulshahrini egalladi.Bobur Afg’oniston bilan cheklanib qolmadi. U ham
barcha jahongirlar kabibuyuk saltanat tuzishni orzu qilar va o’z maqsadiga
erishishiga ishonar edi. Bobur 1526-yildaHindistonni egalladi. Shu tariqa
Hindistonda boburiylar saltanatiga asos solindi. Bobur odilpodsho sifatida nom
qozongan.U o’z hokimiyatiga bo’ysunganlarga ko’p muruvvat ko’rsatgan.Bobur
va boburiy hukmdorlar o’zga dinlarga xolis munosabatda bo’lganlar. Shuning
uchun hamular mamlakat aholisining ko’pchiligini tashkil etuvchi hindlarning o’z
dinlariga e‘tiqodqilishlariga monelik qilmaganlar. Bobur o’zi asos solgan
saltanatning poytaxti Agrada 1530-yili 47 yoshida vafot etdi.
3. “Manifest” atamasiga izoh bering.
Dostları ilə paylaş: |