1 bilet tarix


Manifest(lot)-hukumatning  juda  muhim  voqea  munosabati  bilan  xalqga  qilgan  yozma murojati    10-



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
9-sinf-tarix (1)

Manifest(lot)-hukumatning  juda  muhim  voqea  munosabati  bilan  xalqga  qilgan 

yozma murojati 

 

10- 

BILET

 

1. Franklar davlatining Yevropa taraqqiyotidagi o’rni. 

Frank  davlati  —  ilk  oʻrta  asrlarda  Gʻarbiy  Yevropadagi  davlat  (5-asr  oxiri  — 

843).  5-asr  oxirida  Gʻarbiy  Rim  imperiyasining  Galliya  viloyatini  Xlodvig  1 

rahbarligidagi  franklar  tomonidan  bosib  olinishi  jarayonida  vujudga  kelgan. 

Buyuk  Karlning  harbiy  yurishlari  natijasida  oʻz  tarkibiga  Gʻarbiy  Yevropaning 

deyarli  butun  qismi  va  Markaziy  Yevropaning  bir  qismini  kiritgan.  Frank 

davlatini  merovinglar  (751  yildan),  karolinglar  (800  yildan  imperatorlar) 

sulolalari  boshqargan.  843  yildagi  Verden  bitimiga  koʻra,  Frank  davlati  hududi 

Buyuk Karlning nabiralari tomonidan oʻzaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga 

Italiya hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) 

tekkan.  Karl  Kalboshga  Reynning  gʻarbidagi  yerlar  va  Lyudovikka  Reynning 

sharqidagi 

yerlar 

berilgan. 




 

 

uyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn 



daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklar gotlar va langobardlar 

kabi hayvon terisidan emas , matidan kiyim- bosh kiyishgan va soch-soqollarini 

olib  yurishgan.  Ularda  faqat  qirol  oilasiga  mansub  kishilar  uzun  sochda 

yurishgan.Franklar  -  Quyi  va  Oʻrta  Reyn  boʻylarida  milodiy  3-asrda  yashagan 

qabilalar  ittifoqiga  birlashgan  german  qabilalari  guruhi  (xamavlar,  brukterlar, 

usibetlar,  tenkterlar,  sugambrlar  va  boshqalar).  Adabiyotlarda  2  guruhga 

boʻlingan.  1guruh  (gʻarbiy  F.)ning  negizini  sali  (dengiz  boʻyi;  keltcha  sal  — 

dengiz) F. i tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, 4-asr oʻrtalarida 

esa  Reyn  daryosi  sohillarida  yashaganlar.  2guruh  (sohil  F.)  Reyn  daryosining 

yuqori  qismi  boʻylab  Mayngacha  boʻlgan  hududda  yashagan.  Sali  F.i  4  a. 

oʻrtasida  rimliklar  tomonidan  tormor  etilgan,  biroq  federatlar  huquqida 

Toksandriyada  krldirilgan;  451  yil  gunnlarga  qarshi  Katolaun  jangit 

qatnashganlar. 5-asr boshida sali F.i Galliyann Sommagacha egallaganlar. Frank 

davlati  (5-asr  oxiri  —  9-asr  oʻrtalari)  tashkil  topgan.  Maas  va  Luara  daryolari 

oraligʻida  yashagan  F.  keyinchalik  mahalliy  aholi  bilan  singib  ketib,  shim. 

fransuz,  shuningdek, vallon  elatlari  tarkibiga,  Luaraning  jan.  rogʻida  yashovchi 

F.  esa,  jan.  fransuz  (provansal)  elati  tarkibiga  kirgan.  Reyn  daryosining  quyi 

havzasida  yashovchi  F.  gollandlar  va  flamandlarning  etnogenezida  katta  rol 

oʻynagan.  Reyn  daryosining  oʻrta  oqimi  boʻylab  va  Maas  daryosi  havzasida 

yashovchi  F.da  oʻziga  xos  etnik  xususiyatlar  saklanib  qolgan.  FRANKONIYA 

(Franken)  Germaniyadagi  tarixiy  viloyat.  Ilk  oʻrta  asrlarda  franklar  istiqomat 

qilgan  hudud,  9-asr  oxiri  —  939  yilda  Germaniya  qirolligining  qabilaviy 

gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. 

F.  nomi  faqat  Sharqiy  F.  (Mayn  daryosi  xavzasi)  uchun  saklanib  krlgan. Uning 

katta qismi 1803 yilda Bavariya tarkibiga kiritilgan. 

 

2. Muhammad Shayboniyxonning O’rta Osiyo tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr 



bildiring. 

Muhammad  Shayboniy  Abulxayrxonning  nabirasi  bo’lib,  uning  Shohbudog’ 

Sulton  ismli  о’galining  farzandi  edi.  Shohbudog’  Sultondan  ikki  o’g’il  qolgan: 

Muhammad  Shayboniy  va  Mahmud  Sulton.  Muhammad  Shayboniy  1451-yilda 

tug’ilgan.Shayboniyning  bobosi  Abulxayrxon  saroyida  ham  turkiylar  odatiga 

ko’ra  tug’ilgan  go’dakka  ikki  ism  qo’yish  urf  bo’lgan.  Ismlarning  birinchisi 

islomiy  (arab),  ikkinchisiesa  turkiy  bo’lgan.  Tug’ilganda  Muhammad  deb  nom 

olgan  Shayboniy  o’zining  ikkinchi  nomi  bilan  mashhur  bo’lgan.  ―Boburnoma‖ 

asarida  Shayboniyning  ismi  Shoyboqxon  deb  berilgan.  Bu  nom  ―kuch-qudrat‖ 

degan ma‘noni anglatadi. 

Ota-onasidan  yoshligida  yetim  qolgan  Muhammad  Shayboniy  otasiga  otaliq 

qilgan amir Boyshayx qo’lida tarbiyalangan. Boyshayx bu shahzodaga otalarcha 




 

 

mehribonlikko’rsatgan.  Keyinchalik  Shayboniyga  nufuzli  temuriy  amirlardan 



bo’lmish  Turkiston  va  O’tror  hukmdori  Muhammad  Mazid  tarxon  homiylik 

qildi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular 

Buxoroda yashab, ilm o’rgandilar, 

she‘riyat  va  ilm-fanga  oshno  bo’ldilar.  Balog’atga  yetgani  sari  Shayboniy 

ko’nglida  bobosi  Abulxayrxon  davlatini  tikiash  orzusi  jo’sh  ura  boshladi.  U 

Dashti  Qipchoqqa  qaytib  borib,  lashkar  to’plashga  muvaffaq  bo’ladi.  Ayni 

paytda, u bobosining davlatini 

tiklash yo’lidagi xatti-harakatini dastlab o’z qo’shini bilan temuriylarga yollanma 

qo’shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. 

 

 



3. “Gimnaziya” atamasiga izoh bering. 

Gimnaziya — MDHda va baʼzi Yevropa mamlakatlarida mavjud boʻlgan chuqur 

bilim beradigan maktab turi. ‘Gimnaziya― soʻzi grekcha γυμνάσιον (gymnasion) 

soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qadimiy Gretsiyada yoshlar aqliy va jismoniy 

bilim oladigan joylar shu nom bilan atalgan. Zamonoviy ingliz tilida gymnasium 

soʻzi asosan jismoniy mashq qiladigan joy maʼnosida qoʻllaniladi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin