1 bilet tarix



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
9-sinf-tarix (1)

3- 

BILET 

1. Somoniylar va G’aznaviylar davlatini o’zaro taqqoslang. 


 

 

Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin 



o'rtasida  taxt  uchun  bo'lgan  kurashda  Ma'munga  yordam  berganliklari  uchun 

Somonxudotning  nabiralari  ayrim  shahar  va  viloyatlarga  noib  qilib 

tayinlanadilar.  Chunonchi,  Nuhga  Samarqand,  Ahmadga  Farg'ona,  Yahyoga 

Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar 

Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni tohiriylar orqali xalifa 

xazinasiga  yuborib  turadilar.  9-asrda  Movarounnahrning  siyosiy  hayotida 

o'zgarishlar  yuz  berib,  yurtga  avval  Nuh,  so'ngra  Ahmad  boshchilik  qiladi.  Har 

biri  hukmronligi  davrida  o'z  nomlaridan  chaqa  tangalar  zarb  ettiradilar.  Ahmad 

vafotidan  (865)  keyin  uning  o'g'li  Nasr  Samarqandni  markazga  aylantiradi.  U 

Movarounnahrning  barcha  viloyatlarini  birlashtirish  va  uni  Xurosondan  ajratib 

olish  choralarini  ko'radi.  9-asrning  oxirgi  choragida  Movarounnahrning  deyarli 

barcha  viloyatlari  somoniylar  tassarufiga  o'tadi.  Nasr  butun  Movarounnahrning 

hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va 

Ismoil  o'rtasida  toj-taxt  uchun  kurash  boshlanadi.  Unda  Ismoil  g'olib  chiqadi. 

Ismoil  Somoniy  888-yilda  butun  Movarounnahrni  o'z  qo'l  ostiga  birlashtirdi  va 

mustahkam  davlat  tuzishga  intildi.  Shimoli  sharqiy  hududlarga  yurish  qiladi  va 

893-yilda  Taroz  shahrini  zabt  etib,  dashtliklarga  qaqshatqich  zarba  beradi. 

Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga yoqmas edi. 

Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning 

har  ikkisini  ham  zaiflashtirib,  bu  boy  viloyatlarda  o'z  ta'sirini  qayta  tiklashga 

qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan 

birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon 

chiqaradi  va  uni  Ismoilga  qarshi  gijgijlaydi.  Natijada  900-yilda  ular  o'rtasida 

urush  boshlanib,  Ismoilning  g'alabasi  bilan  tugaydi.  Butun  Xuroson  somoniylar 

qo'l  ostiga  o'tadi.  Noilojlikda  xalifa  Ismoilga  hukmdorlik  yorlig'ini  yuborishga 

majbur  bo'ladi.  Ismoil  Somoniy  butun  Movarounnahr  va  Xurosonni  o'z  qo'l 

ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi. 

 

Gʻaznaviylar  — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va 



Xorazmda  hukmronlik  qilgan  turkiy  sulola  (962—1186).  Gʻaznaviylar  davlatini 

boshqargan.  Sulolaga  somoniylar  lashkarboshisi  Attegin  asos  solgan.  Sulola 

nomi davlat poytaxti Gʻazna shahridan olingan. 

 

Somoniylar  davrida  mamlakatning  siyosiy  hayoti  va  harbiy  qoʻshinda  turk 



gʻulomlari  katta  rol  oʻynagan.  Somoniy  amirlari  koʻplab  turk  gʻulomlarini 

saltanatga  qilgan  xizmatlari  evaziga  siylab,  ularni  turli  viloyatlarga  noib  qilib 

tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi Alptegin Gʻazna va Kobul viloyatlarini 962- 

yildan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning oʻlimi (963)dan soʻng oʻgʻli 

Ishoq  va  gʻulomi  Bilgategin,  shuningdek,  Piritegin  hukmronlik  qilgan  davr 

(963—977 yillar)da Gʻaznaviylar mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi 

va  sobiq  gʻulomi  Sabuktegin  hukmronligi  davrida  (977—997)  esa  Gʻaznaviylar 

sulolasi  mustaqil  siyosiy  kuch  sifatida  Somoniylar  tomonidan  eʼtirof  etilgan. 

Sulola  shuhratini  Sabukteginning  oʻgʻli  Mahmud  Gʻaznaviy  eng  yuqori 

choʻqqiga  koʻtargan.  Sulola  hukmdorlari  avval  amir,  soʻngra  sulton  (Mahmud 

Gʻaznaviydan  boshlab)  va  shoh  (Bahromshohdan  boshlab)  deb  atalganlar. 

Gʻaznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat boʻlgan: Alptegin (962-963), 




 

 

Ishoq  (963-966),  Bilgategin  (966—972),  Piritegin  (972—  977),  Sabuktegin 



(977—997),  Ismoil  (997-998),  Mahmud  Gʻaznaviy  (998-1030),  Muhammad 

(1030), Masʼud Gʻaznaviy (1030-41), Mavdud (1041-48), Masʼud II (1048), Ali 

Abul  Hasan  (1048-49),  Abdur  Rashid  (104953).  Toʻgʻrul  (1053),  Farruxzod 

(1053-59),  Ibrohim  (1059-99),  Masʼud  III  (10991114),  Sherzod  (1114-15), 

Arslon  (111518),  Bahromshoh  (1118-52),  Xusravshoh  (1152—60),  Xusrav 

Malik (1160—86). 



2. Buyuk Karlning harbiy yurishlari. 

Buyuk  Karl  (742.2.4814.28.1)  -franklar  qiroli  (768  yildan),  imperator 

(800- yildan), karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik 

urushlari  (773—774  yillarda  Italiyadagi  Langobard  qirolligiga,  772—804 

yillarda  sakslar  yeri  va  boshqalarga  qarshi)  natijasida  katta  imperiya  vujudga 

kelgan. B. K.ning olib borgan siyosati (cherkovga homiylik qilish, sud va harbiy 

islohotlar  va  boshqalar)  Gʻarbiy  Yevropada  yangi  ijtimoiy  munosabatlarning 

shakllanishida  muhim  boskich  boʻlgan.  B.K.ning  imperiyasi  uning  vafotidan 

soʻng bir oz vaqt oʻtgach, parchalanib ketgan. 

Buyuk  Karl  742  yili  tug’ilgan  u  sulola  asoschisi  Pipin  Pakananing  o’g’li 

bo‘lib,  Franklar  qirolligini  46  yil  boshqargan.  ―Buyuk‖  nomi  tarixchilar 

tomonidan  53  marotaba  harbiy  yurishlar  qilganligi  sabab  berilgan.  U  yirik 

saltanat  tuzadi.  Karl  haqida  ko’plab  hikoyalar,  asarlar,  afsonalar,  rivoyatlar  va 

qo’shiqlar yaratilgan. Uning ismidan ―korol‖ ya‘ni ―qirol‖ unvoni kelib chiqqan. 

Buyuk  Karl  773-yili  german  qabilasi  langobardlarga  qarshi  jang  boshlaydi, 

langobardlar  qiroli  Dezideriy  mag’lub  etiladi.  Karlning  jiyani  Roland  Arab 

xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok bo’ladi. 

 

3. “Kartel” atamasiga izoh bering. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin