davlatlarni o’ztarkibiga olgan Maurya davlatiga asos solgan.Pataliputra shahri
esa Maurya davlatipoytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka
hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga erishdi.
2. Boburiylar sulolasidan bo’lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixidagi tutgan
o’rni haqida fikr bildiring.
ShohJahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati
hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-oʻgʻli. Asl ismi Xurram. 1616 yil
Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622—
25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt uchun
kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi
Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga
majbur boʻlgan. Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirgan. Bu davrda
adabiyot, sanʼat, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha
muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida
Jome masjid, Lohurda Shalimar bogʻi va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar
saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda
qattiq qurgʻoqchilik tufayli ocharchilik boʻlgan, xalqning ahvoli ogʻirlashgan,
shuning uchun Sh.J. mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J. davrida
Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi
kuchaygan, Shu kezlarda uning oʻtillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu
kurashda katta oʻgʻli Avrangzeb gʻolib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal
maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan.
3. “Kommuna” atamasiga izoh bering.
Kommuna (frans. commune, lot. communis — umumiy) — 1) oʻrta asrlarda
Gʻarbiy Yevropada shahar Kommunasi — feodallardan oʻz-oʻzini boshqarish
huquqlarini olishga erishgan jamoa; 2) hozirgi bir necha xorijiy davlatlarda —
quyi maʼmuriy hududiy birlikning nomi.
Dostları ilə paylaş: