1 bilet tarix



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#58307
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
9-sinf-tarix (1)

Diktatura  (lotincha-cheklanmagan  hokimiyat)  -  hech  qanday  qonunbilan 

cheklanmagan, zo’rlikka tayanuvchi hokimiyat. 

 

25- 

BILET

 

1. Prussiya qirolligi haqida ma‟lumot bering. 

Prussiya  (PreuBen)  —  davlat,  soʻngra  Germaniyadagi  yer  (federativ  maʼmuriy 

birlik;  1945  yilgacha).  P.ning  asosiy  tarixiy  oʻzagi  —  Brandenburg  1618  yil 

Prussiya  gersogligi  (Tevton  ordeni  tomonidan  1525  yil  bosib  olingan  prus 

yerlarining  bir  kismida  vujudga  kelgan)  bilan  birlashgan.  BrandenburgPrussiya 

davlati  1701  yil  Prussiya  qirolligiga  aylangan  (poytaxti  —  Berlin  shahri). 

Prussiyaning iqtisodiy va siyosiy hayotida yunkerlar rahbarlik rolini oʻynaganlar. 

Gogensol-lernlar sulolasidan chiqqan Prussiya qirollari (Fridrix II va boshqalar) 

XVII asr XIX asrning I yarmida davlat hududini sezilarli darajada kengaytirgan. 

1871  yil  prus  yunkerlari  Bismark  boshchiligida  "Temir  va  kon"  bilan 

Germaniyani  prus-militaristik  asosda  birlashtirilishini  yakunlashgan;  Prussiya 

qiroli  ayni  vaqtda  Germaniya  imperatori  boʻlgan.  Germaniyadagi  1918  yil 

noyabr  inqilobi  nati-jasida  Prussiyadagi  monarxiya  barham  topgan.  Prussiya 

Germaniya  yerlaridan  biriga  aylangan.  Ikkinchi  jahon  urushida  fashistik 

Germaniya  tormor  keltirilgach,  Prussiya  hududi  ayrim  yerlarga  taqsimlangan 

(1945);  1947  yil  Germaniyadagi  Kontrol  kengash  Prussiya  davlatini  militarizm 

va reaksiya ning beshigi sifatida yoʻq kilinganligi haqida qonun qabul qilgan. 

 

 



2. Boburiylar sulolasidan bo’lgan Akbarshohning Hindiston tarixidagi o’rni 

haqida fikr bildiring. 

Imperiya    Akbarshohdavrida.Boburiylar    sulolasi    hukmdorlari    ichida 

«Buyuk  Akbar»  degan  unvonga  sazovor  bo'lganHumoyunning  о'g'liAkbarshoh 

1556-  yilda  otasi  taxtini  egalladi.  Akbarshoh  hamisha  uzoqnira'zlab  siyosat 

yuritdi.  Shu  tufayli  u  Hindistonda  о  'z  hukmronligini  to'la  va  uzil-kesil 

o'rnataoldi.  Shuning  uchun  ham  uni  Hindistondagi  Boburiy  hukmdorlar  ichida 

eng  ulug'i  -  «BuyukAkbar»  deb  atashgan.  Akbar  Hindiston  tarixidagina  emas, 



 

 

balki  jahon  tarixida  ham  eng  buyukshohdir.  Agar  yevropalik  hukmdorlar  bilan 



taqqoslanadigan  bo'lsa,  Akbar  ulug'vorlikda  ham,omadbarorlikda  ham  ulardan 

ustun  turadi. Ishvari  Prasad,hind  tarixchi  limi.Akbarshoh  bundaybuyuklikka 

osonlikcha   erishgan  emas.    Uning    asosiy   raqibi   Hindistondagiafg'on 

qabilalariyetakchilari  edi.  Akbarshoh  qo'shini  1556-  yilda  afg'on  qabilalari 

qo'shinini   tor-mor  etdi.   1559-yilga   kelib  taxt  uchun   boburiylarga  qarshi 

kurashning  yetakchi kuchlari  - afg 'onlarning  Sursulolasi butunlay yanchib 

tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davribo'lgan. 

Akbarshoh  zukko  davlat  arbobi,  mohir  sarkarda  bo'lishi  bilan  bir  qatorda, 

itoatkor  og‘il,g'amxo'r    ota   ham  edi.   Qo'1  ostidagi    xalqlarning  turmush 

farovonligi   doimo   uning   e'tiborida   turgan.Kambag'al, beva-bechoralarga 

muntazam  moddiy  yordam  ko'rsatgan.  Akbarshohfalsafa,  din,  adabiyot  va  tarix 

ilmini  yaxshi  egallagan.  U  boshqa  din  vakillariga  nisbatan  hamadolatli  siyosat 

yuritgan.    Akbarshoh    musulmon    bo'lmaganlardan  undiriladigan    «jizya» 

solig'inibekor qilgan.Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan  soliqni  man 

etgan.  Imperiya  hududidayagona  savdo  solig'i  joriy  etilgan.  Ham  xolisa,  ham 

jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliqundirilgan. Davlat idoralaridagi 

lavozimlar, dini va mazhabidan qat'i nazar, shaxsningsalohiyatiga qarab 

taqsimlangan.  Akbarshoh  barcha  fuqarolarga  din  erkinligi  bergan.  Bir  so'zbilan 

aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch- 

totuvyashashlariga erishgan. Akbarshoh  yuritgan bunday adolatli siyosat 

boburiylar davlatiningulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va 

amaldorlar  tomonidanqo'llab-quvvatlanishida  katta  rol  о'ynadi.  Bu  esa,  о‘z 

navbatida,    imperiyaning    qudrati     vashon-shuhratining    yanada    ortishiga 

xizmatqilgan.Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatlisiyosati evaziga «Milliy 

podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovorbo'lgan.Akbarshoh 1605- 

yilda vafot etgan. 

 

3. “Kapital” atamasiga izoh bering. 

Kapital-o‘z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk(fabrika, zavod va 

boshqalar) o‘z-o‘zini ko‘paytiruvchi sarmoyadir. 

 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin