11.11-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli
oraliqdagi muvozanat holatlari
Bu ikki bozor o’rtasidagi farqlarni quyidagilarda ko’rish mumkin: 1.
Raqobatlashgan bozorda P* = MC bo’lsa, Monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli
harajatdan
yuqori P
M
> MC, demak, iste’molchi qo’shimcha bir birlik mahsulot uchun
to’laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish harajatidan yuqori. Agar ishlab
chiqarish hajmi Q
M
dan Q
E
miqdorgacha oshirilganda (MC chizig’i bilan talab chizig’i
kesishgan E nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining
umumiy ortiqchaligi
shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan bo’lar edi (11.11-b -rasm). Buning
sababi, yuqorida ko’rganimizdek, Monopol hokimiyatning sof yo’qotishlarga olib
kelishidir, Monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan Monopol
hokimiyatga ega. 2. Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (11.11a -rasm)
erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (11.10b -rasm) erishiladi.
Raqobatlashgan bozorda talab chizig’i gorizontal bo’lib, firmaning foydasini nolga
teng bo’lish nuqtasi o’rtacha harajatning minimal qiymatiga to’g’ri keladi. Monopol
raqobatlashgan bozorda talab chizig’i pastga tomon yotiq bo’ladi,
shuning uchun ham
firma foydasining nolga teng nuqtasi o’rtacha harajatning minimal nuqtasidan chaproq
tomonga siljigan bo’ladi va firma ∆Q=Q
N
-Q
M
miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo’ladi.
Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o’rtacha
harajatlarni
ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining
turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz
hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan
bozorning ijobiy tomonlari
to’g’risida ham gapirish mumkin.
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas.
Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o’rnini bosadi va shuning uchun ham
alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega bo’la olmaydi. Demak, aytish mumkinki,
Monopol hokimiyatdan ko’radigan sof yo’qotishlar ham uncha katta bo’lmaydi. Talab
chizig’ining yotiqligi, talabning
elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning
rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar
assortimentini kengaytiradi. Bu o’z navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar
bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: