Birinchidan, brend savdo markalari iste’molchilarni shu tovarni oldindan baxolashga
qiynalayotganlarida, ularni tovarsifati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan,
savdo markalari firmalarni tovar sifatini yuqori darajada ushlab turishga undaydi.
MakDonalds deb nomlangan taniqli savdo belgisini esga olaylik. Faraz qiling
begona katta shaharda biror narsa yeb olmoqchisiz, ro’parangizda MakDonalds restorani
va notanish bir restoran turibdi. Siz qaysinisiga kirgan bo’lardingiz?
Balki
siz
shaharchaning
kichkinagina
restoranida
arzon
narxlarda
ovqatlanmoqchidursiz. Lekin buning uchun qarshingizda MakDonaldsning sizga tanish
bolgan maxsulotlari. Shunday qilib, savdo belgisi iste’molchilarga tanlovning sifati xaqida
ma’lumot berib turadi.
MakDonalds savdo markalari kompaniyaning maxsulotlari sifatini doimo oshirib
borishiga maanfaatdorligiga kafolat beradi. Maxsulot va taom sifati to’g’risidagi salbiy
ma’lumot kompaniya uchun o’lim bilan barobar. Chunki bu narsa kompaniyani bir necha
yillardan beri orttirgan obro’siga putur yetkazishi mumkin. Bunda nafaqat kamchiligi
topilgafi bo’limda, balki mamlakat bo’ylab barcha korxonalarida ishlab chiqarish hajmi
kamayadi.
Shunday qilib,savdo markalari haqidagi tortishuvlarda brend maxsulotlariga ko’proq
avzallik berilishi aniqlandi. Tanqid qiluvchilarning fikrlariga ko’ra savdo markalari
iste’molchilarning reklamaga bo’lgan munosabatlari natijasidir. Savdo markalari
tarafdorlari uqtiradilarki, iste’molchilar brend maxsulotlariga yuqori narxlarda haq
tolashi uchun barcha asoslar bor,chunki ular barcha sifat talablariga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: