Mustahkamlash uchun savollar
1. A. Avloniyning qanday darsliklarini bilasiz va ularning mazmuni nimalardan
iborat?
2. Abdulla Avloniy o‗zining qaysi kitob va asarlari bilan hozirgi o‗zbek bolalar
adabiyotining rivojlanishiga hissa qo‗shgan?
3. Abdulla Avloniyning dramatik asarlari haqida nima bilasiz?
4.Hamzaning qanday darslik kitoblarini bilasiz?
61
5.«O‗qi», «Ilm ista», «Maktab» asarlarida shoir nimaga chaqiradi?
6. Shoirning qanday masallarini bilasiz?
Mustaqil o`qish uchun badiiy asarlar:
1. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asari.
2. Hamzaning ―Gul‖ turkumidagi she‘rlari.
Adabiyotlar:
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti.Darslik.2010 yil.
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma.1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor an‘analari
Toshkent – 2011yil.
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012yil.
G„AFUR G„ULOM VA QUDDUS MUHAMMADIYNING HAYOTI
VA IJODIY FAOLIYATI
Reja:
1. G‗afur G‗ulomning hayoti va ijodi.
2.Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati.
G„afur G„ulom. 1903 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan otashnafas
kuychi G‗afur G‗ulom hozirgi zamon о‗zbek bolalar adabiyotining yuksalishida
muhim о‗rin egallaydi.
1918- yilda G‗afur G‗ulom 8
oylik tarbiyachilar tayyorlash kursiga
kirib o‗qidi va 1919-yildan boshlab
62
tarbiyachilik, o‗qituvchilik ishlari bilan
shug‗ullana boshladi. Bolalarni bilim
va madaniyat quchog‗iga tortishda u
astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi
«Urfon» nomli maktab qoshidagi
boquvchisiz bolalar uyida tarbiyachi va
mudir bo‗lib ishladi.
1923- yildan adabiyot maydoniga
qadam qo‗ygan G‗afur G‗ulom o‗z
ijodini bolalarga atab she‘r yozishdan
boshladi. She‘riyat bu bizning
shunday shaxsiy vaqtimizki, biz unda
yashashimiz qiyin bо‗lgin dunyoning
majmuasidir
4
.
U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy
meros qoldirdi. SHoirning «Mukofot» (1940), «She‘rlar» (1946), «Tongotar
qo‗shig‗i» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g‗uncha ochilguncha» (1955), «Siz
mening yoshligimsiz» (1958) she‘riy to‗plamlari, o‗rta va katta yoshdagi bolalar
uchun «SHum bola», «Tirilgan murda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib
asarlari bolalar adabiyotida munosib o‗rin tutadi.
Shoir «Bari seniki» she‘rida yuksak vatanparvarlik g‗oyasini ilgari suradi.
Ayni chog‗da, o‗z xalqining baxtini, go‗zal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir
hayotga bo‗lgan muhabbatini Vatanga bo‗lgan muhabbati tuyg‗usi bilan yonma-
yon ko‗radi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushuntiradi. Buni shoir bola tilidan
quyidagicha ifodalaydi:
Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim,
Bodomday ming ko‗z bilan sevar badanim.
4
Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
T.S Eliot
. Chapter 6–Page 70
63
Sensan avval-oxir, sensan sevganim,
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim
Bir butun holicha bari seniki.
G‗ulomning «Tirilgan murda» asarida jamiyatga dog‗ bo‗lib tushadigan
dangasalik o‗rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati
ko‗rsatiladi. Muallif ijodiy maqsadni Mamajonning boshidan kechirganlari va
uning o‗zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida kulgili tarzda hikoya
qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, olti fasldan iborat bo‗lib, ularda mulla
Mamajonning 1925- yildan to 1933- yilgacha o‗tgan davrda boshidan kechirganlari
yozilgan. Asarda G‗afur G‗ulom o‗z qahramoniga «so‗z» berib, uning o‗ziga xos
xarakterini yaratadi.
Adibning «Tirilgan murda» asari ikki qismdan iborat. Ikkinchi qismda uning
jamoa xo‗jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishishi
tasvirlanadi.
G‘.G‘ulomning o‘zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi
hizmatlarini alohida umumlashtirish yo‘nalishidagi ilk urinishlar XX asrning
o‘rtalaridayoq yuzaga kelgan edi. O‘shanda pedagogika bilim yurtlarida o‘qishga
mo‘ljallangan bolalar adabiyoti faniga oid o‘quv qo‘llanmalari va
xrestomatiyalarida G‘.G‘ulom alohida ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida
portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan edi.G‘afur G‘ulomning
bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg‘ulari chuqur singishib
ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta‘siri ayricha rol o‘ynaganini
alohida ta‘kidlash joiz.Shu holat uni qo‘liga qalam olib ilk she‘rini yozishga
undagan edi.«Bir kuni, - deb yozgan edi u o‘zining «Kechmish va
kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog‘chasidagi yetim bolalardan 15
tasini bizning internatga o‘tkazdilar.Men bu go‘daklar bilan birga tunab
qoldim.Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o‘z yetimligim,
boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to‘g‘risida she‘r yozdim.
Shu she‘rimni birinchi she‘rim desam bo‘ladi‖. O‘sha ilk she‘ridayoq u bolalarning
ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va
64
ulg‘ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o‘z tillaridan favqulodda bir
ko‘tarinkilik bilan ifoda etgan edi.
Biz Odam bolasimiz,
Odamning donasimiz.
Biz o‘sib ulg‘ayamiz,
Olim bo‘lish g‘oyamiz.
G‘afur G‘ulom yetimlikda ulg‘ayganini umr bo‘yi unuta olmadi. Yetimlik uni
o‘ksik qalb sohibiga aylantirgan va mudom ta‘qib etganligi tufayli bolalarga atab
qaysi mavzuda she‘r yozmasin, o‘sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari
uyg‘onishi tabiiy edi. Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o‘zbek she‘riyatida
voqeaga aylangan «Sen yetim emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram
maktubi» va boshqa qator she‘rlarida ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin,
shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida yaratgan «Bayram maktubi» she‘rida
o‘qiymiz:
O‘ttiz sakkiz yil burun
Bugungi siz bilan teng
O‘n to‘rt bolalarda edim.
Tongsiz, uzun kechqurun
qora qo‘ynin ochar keng
Ko‘z o‘ngida uchurum.
Maktab qayoqda deysiz?
Nonning hatto o‘zi yo‘q,
Bo‘z yaktak, yirtiq ishton,
Eshiksiz, o‘tsiz, nursiz,
Vayronalar qup-quruq,
Halq tentirar parishon
Oq podshoning urushi
Yurtni yergacha toptab,
Tekkan edi tinkaga.
Och qo‘shinning yurishi
Er yuzini gur o‘rtab,
O‘xshardi alangaga.
65
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida
shu xilda fosh etarkan, qonxo‘r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan
ayru etib, yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o‘sha «o‘ninchi yillar
sargardonligi»ni eslamay, o‘tolmaydi:
G‘.Gulomning o‘smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan
«Netay», «Yodgor» va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib
asarlarida etimlikni keltirib chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish
yo‘lidan boradi. Uning talqinicha, yetimlik-mohiyat e‘tibori bilan o‘gaylik ham.
Chindan-da, o‘z otasi yo onasi (ba‘zan har ikkovi)dan bevaqt ajralib, o‘gay ota
yoki o‘gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik ko‘rgan bolakayning achchiq va
alamli qismati-shunday foje‘ qismatdir. Bunday holatda yetimning o‘gayligi
birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G‘afur G‘ulom masalani shu
holda echish yo‘lidan bormagan, aksincha u o‘tmishdagi nobop tuzum va bemehr
jamiyatning shafqatsizligi ham o‘lganni tepkilab, etim-esirlarga o‘gaylik qilishi
fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo‘ldi.
Bu jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e‘tiborni
tortadi.
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv.Unda yetim
go‘dak Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. S.Mamajonov
to‘g‘ri ta‘kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma‘lum jihatidan ramzli nom. Go‘dak
Yodgor asarda tasvir ob‘ekti bo‘lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy
munosabatlarni ko‘rsatib berish uchun ola bir vosita rolini o‘ynaydi, xolos. Bu
go‘dak Mehri va Jo‘ralar, ularning ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi
bir kalitdir, ohu go‘dak asar voqeasini yaratadi, konfliktga keskin tus beradi,
syujetni o‘stiradi va uni ikkiga bo‘lib tashlab, keyin yana bir-biriga qo‘ohadi, Shu
go‘dak xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi voqealar va odamlarni bir-
biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo‘lagini yozuvchining ko‘rish
markaziga bog‘lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o‘z sevganiga shu go‘dak
halaqit beradi. Jo‘raning «aybsiz aybdor» bo‘lib onasi, aka va ammalari oldida
ta‘naga qolishida shu go‘dak sababchi bo‘ladi, xuddi sxuningdek, Jo‘raning
66
insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o‘tkazuvchi va Mehriga
hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go‘dak – «Yodgordir».
***
XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus
Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta
maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat
universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.
Ijodga, ayniqsa, bolalarga bo‗lgan mehri uni shoir qildi, desak ayni haqiqatni
aytgan bo‗lamiz. Quddus Muhammadiyning ilk asarlari ―Sharq haqiqati‖ gazetasi
va ―Yer yuzi‖ jurnalida chop etilgan. Keyinchalik uning ―Sandal va pechka‖, ―O‗z-
o‗zini tanqid‖ kabi mashhur dostonlari yaratildi.
Quddus Muhammadiy 1941 – 1944 yillarda taniqli baxshi – Islom shoirga
kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg‗ul bo‗ldi.
Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi
she‘riy to‗plami ―Sinov‖ (1947) nomi bilan nashr
etildi. Shundan so‗ng ―O‗quvchiga esdalik‖ (1947),
―She‘r va ertaklar‖ (1947), ―Orzu‖ (1948), ―Bahor
keldi‖ (1950), ―Dunyoda eng kuchli nima?‖ (1951),
―Qirq o‗g‗il va qiz‖ (1951), ―Bizning do‗stlarimiz‖
(1952), ―Sen tug‗ilgan kun‖ (1952), ―Yangi uy‖
(1953), ―Mehribon do‗stlar‖ (1953), ―Qo‗ng‗izboy
bilan sichqonboy‖ (1955), ―Tugmacha‖ (1956),
―Tanlangan asarlar‖ (1957) kabi o‗ttizdan ortiq
kitoblari bosilib chiqdi.
Fidoiy shoir faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining jonkuyari va
targ‗ibotchisi sifatida ham o‗nlab maqolalar yozdi. Uning ―Bolalar adabiyotining
yanada ravnaqi uchun‖ (1961), ―Bolalar adabiyotini o‗rganaylik‖ (1963), ―Ilhom
bilan‖ (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir.
67
Bir umr kichkintoylarning katta adabiyotini yaratish uchun samarali ijod
qilgan otaxon shoirlardan biri Quddus Muhammadiyda shunday misralar bor:
Dostları ilə paylaş: |