O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
fayl 1491 20210818

Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889- yilda Qo‗qon shahrida tabib oilasida 
tavallud topdi.Uning pedagogik faoliyati 1911-yildan boshlandi. U dastlab Qo‗qon 
shahrining Hojibek guzarida kambag‗allarning farzandlari va yetim-esir bolalar 
uchun maktab ochdi. 
Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o‗qitish va tarbiyalash 
maqsadida, ularni moddiy jihatdan ta‘minlashni nazarda tutib «Yordam jamiyati» 
tashkil qildi. SHu jamiyat orqali u o‗quvchilarni o‗quv qurollari, kiyim-kechak va 
oziq-ovqat bilan ta‘minlab turdi. 
1914-yilda 
jahon 
urushining 
boshlanishi Turkiston boshiga tushgan 
balo 
bo‗ladi. 
Urush 
ta‘sirida 
mehnatkash 
xalq 
yanada 
qashshoqlashadi, bolalar nihoyatda 
ayanchli ahvolda qoladilar.Bu hol 
Hamzaga ta‘sir qiladi. SHoir ularning 
og‗ir ahvolini ifodalovchi she‘r va 
maqolalari bilan matbuotda muntazam 
ravishda qatnashib turadi. Hamza 
1914-yilda 
«Sadoyi 
Turkiston» 
ro‗znomasida bosilgan she‘rida xalq 
ahvolini shunday ta‘riflaydi: 
...Kambag‗allar titrashib yurgay yalang‗och izg‗ushub,
Oh, bu faqir-u asorat onlara sayyoddir,
Dil shikasta, bag‗ri xun, ko‗zida yosh shashqator,
Otasiz, baxtsiz yetimlar holiga faryoddir. 
Shunday sharoitda Hamza «bir iloj qilib kambag‗al bolalarni aqchasiz... 
tarbiya va o‗quvga boshlarini band qilmoq» choralarini izlaydi, she‘r va 
maqolalarida bolalarni o‗qishga chaqiradi. Bu g‗oyani Hamza «O‗qi» she‘rida 
bayon etadi. O‗sha yili u yetim va kambag‗al bolalar uchun «Doril yetim» (Etimlar 
maktabi)ni ochadi va o‗zi o‗qituvchilik qiladi. Hamza birinchi sinf o‗quvchilari 


60 
uchun «Engil adabiyot», 2- sinf uchun «Axloq hikoyalari» o‗qish kitoblarini 
tuzadi. 
Hamza 1915-yilda Marg‗ilonga borib, kambag‗al bolalari uchun maktab 
ochadi. 1918- yilda Farg‗onaga borib o‗qituvchilikni davom ettiradi va u yerda 
yosh san‘atkor-ixlosmandlarni to‗plab, «Sayyor dram truppa» tashkil qiladi. 1919- 
yilning boshlarida Hamza Qo‗qondagi 1- boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib 
tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o‗zi o‗qituvchilik qiladi. 1922 — 
1924- yillarda shoir Qoraqalpog‗istonning Xo‗jayli tumanidagi 1- bolalar uyi 
mudiri va o‗qituvchisi bo‗lib ishlaydi. 1925- yilda esa Farg‗onaning Avval 
qishlog‗iga o‗qituvchi qilib tayinlanadi va g‗oyat og‗ir sharoitda ishlaydi. Ayni 
vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi. 
Shoir 1928 — 1929-yillarda Shohimardonga borib o‗qituvchilik qiladi. 
Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari 
yanada to‗ldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan «Ilm ista», 
«Maktab», «Kitob», ,,O‗qi», «Qalam», «Hikoya», «To‗g‗riso‗zbola», «Hikoyat», 
«Toshbaqa va Chayon», «Bolaning yomon bo‗lmog‗iga sabab bo‗lgan onaning 
jazosi» kabi she‘rlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914- yilgacha bo‗lgan 
ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir. 
Hamza xalqni o‗qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi, 
maktablar uchun darslik va qo‗llanmalar yozishni o‗ziga maqsad qilib oladi. 
Hamza yozgan darsliklar uning o‗sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar 
adabiyotini tushunishi ibratlidir.Bu g‗oya ―Engil adabiyot‖da o‗z aksini topgan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin