O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
fayl 1491 20210818

Oʻsha kuchli oʻzimiz, 
Borliqning egasimiz… 
Xotiringiz boʻlsin jam, 
Dunyoda kuchli odam! 
Maktab oʻquvchilari har yili necha ming tonnalab temirtersaklar yigʻib 
topshiradilar. Bu hol anʼanaga aylanib ketgan. Maktab oʻquvchilari bu ishga 
astoydil kirishib, ―kim koʻp toʻplashadi‖ oʻynaydilar. Natijada musobaqalar qizib 
ketadi. Shoir temir-tersak yigʻish chogʻida oʻquvchilarning qizgʻin mehnatini, 
temir-tersaklarning xalq xoʻjaligidagi oʻrnini, ulardan nimalar tayyorlanishini 
―Temirlar oʻyini‖ sheʼrida ifodalaydi. 
Temirlar oʻyinini ifodalashda shoir bolalarbop vosita, ohang topgan. Sheʼrni 
oʻqir ekansiz, temir-tersaklarni jonlantirish asosida ularning har biriga oʻziga xos 
tasvir topishi va gʻoyani obrazli ifodalay olishini kuzatish mumkin: 
Temirlar jarang-juring, 
Oʻynashib diring-diring, 
Deyishar: ―yuring-yuring‖, 
Tushdilar qiziq – tansa, 
Sakrashar assa-assa. 
―Temirlar oʻyini‖dagi ―siniq pero‖, ―buzuq ruchka‖, ―eski chelak‖, ―choʻloq 
ketmon‖, ―zang bosgan mix‖, ―keraksiz kalit‖, ―uzuq zanjir‖larning oʻz holiga 
achinishi, bolalar mehnati, tashabbusi tufayli ular ham xalq xoʻjaligini 
rivojlantirishda yaroqli boʻlishidan xushnudligi yanada aniq, jonli, loʻnda 
ifodalanadi: endi ular keraksiz boʻlib, har yerda sochilib yotmaydi. Zavodlarda 
eritilib, qayta quyilganidan soʻng mehnat qurollariga aylanadi, yana oʻz oʻrnini 
topadi. 


72 
Shoir sheʼrning ikkinchi qismida maktab bolalari oʻzlari toʻplagan temir-
tersaklarni zavodga topshirgach, undan nimalar boʻlishini tushuntirishga oʻtadi: 
…Elektr salqi simlar, 
Trolleybus, dizellar. 
Poyezd, vagon, poʻlat iz, 
Daryoni shart toʻsgan GES… 
Hattoki qisqich, chelak, 
Tegirmonda sim elak, 
Palovimiz kapgiri, 
Chovli, kastrul – bari. 
Quddus Muhammadiy sheʼrning qiziqarli, bolalarbop boʻlishi uchun 
jonlantirish usulidan ustalik bilan foydalanib, temir-tersaklar ahamiyatini ularning 
oʻzlari tilidan soʻzlatadi. Har qaysisiga xos va mos sifatlarni topadi. Deyishar: 
―Yuring, yuring‖, ―biz qachon boʻlamiz Z1L?‖, ―Traktorga vint boʻlib, paxta 
maydonin koʻray‖, ―Qurilishga boramiz‖, ―Temir mehnatkash doʻstim‖ kabi 
jonlantirishlar sheʼrning gʻoyaviy-badiiy tomondan yuksak boʻlishini taʼminlab, 
uning taʼsir kuchini oshirgan. 
Shoir sheʼrning yengil vaznda, ravon va ohangdor boʻlishi uchun yorqin 
qofiyadosh soʻzlar topa olgan: 
Siniq pero dikillab, 
Buzuq ruchka likillab… 
Temir ishin bilaman, 
Qayda koʻrsam ilaman, 
Maktabga topshiraman 
Zavodga oshiraman. 
Tabiat goʻzalligiga boʻlgan buyuk muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. 
Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini oʻtar ekan ―Bargjon‖ 
sheʼrini yozadi. Shu tariqa uning ―Momaqaymoq‖, ―Qoqi oʻt‖, ―Bogʻimizda bir 
nok bor‖, ―Tut‖, ―Tolim gullaydi-yu nega meva tugmaydi?‖, ―Tok daraxti bir xil-u 


73 
uzumi nega har xil?‖, ―Shaftoli doktor‖, ―Asalari va Ahmadjon‖ kabi sheʼrlari 
paydo boʻldi. 
Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga 
sazovor boʻlgan ―Tabiat alifbosi‖ turkumiga kirgan beshta toʻplami eʼtiborlidir. 
Shoir bu toʻplamlarga kirgan sheʼrlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, 
koinot moʻjizalari haqida poyetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar gʻoyat 
bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani yerning gimnastika qilishi deb taʼriflasa, 
chuvalchangni ―er traktori‖ deb ataydi, gilosning qizilligini kichkinaligidan 
uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir sheʼrida shu 
tariqa bolalar xususiyati va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi. 
Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi 
sifatida har doim eʼzozli boʻlib qoladi. 
Quddus Muhammadiy tarjima sohasida ham o‗zini sinab ko‗rdi. Uning 
jahonning mashhur adiblari S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K.Chukovskiy 
asarlaridan qilgan tarjimalari o‗zbek bolalar adabiyoti uchun katta ahamiyatga ega 
badiiy tarjima namunalaridan bo‗lib qoldi. 
Quddus Muhammadiy sofdil, a‘lochi o‗quvchilarni samimiy sevadi, o‗z 
she‘rlarida bunday bolalarni maqtaydi. ―A‘lochi Sodiq‖, ―Sinov‖, ―Mening 
orzuyim‖, ―Bizning uyda‖, ―Yasha, Omon‖, ―Besh‖, ―Solijonning darsxonasi‖ va 
boshqa she‘rlari shunday o‗quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy 
ahamiyat kasb etadi. 
Shoir ijodining yana bir muhim qirrasi yengil hajvni badiiy adabiyot bilan 
uyg‗unlashtiradi. ―Nomsiz erkatoylar haqida‖, ―Dum‖, ―Ahmadjonga uyat‖, 
―Lapashang‖, ―Ravshanjonning qo‗li tilga kirdi‖ kabi ko‗plab she‘rlarida bolalar 
fe‘lidagi yomon odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. 
Uning ijodida mehnatga muhabbat mavzusi alohida o‗rin tutadi. ―Bobomning 
mehnati‖, ―GES qurilishi‖, ―Mirob‖, ―Bu binoni kim qurgan?‖, ―Etik‖, ―Madraim 
payvandchi‖, ―Mamajon shofyor‖ va boshqa she‘rlarida mehnat shukuhi jaranglab 
turadi. 


74 
Tabiat go‗zalliklariga ulkan muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. U 
maktabda muallimlik qilib yurgan paytida ―Bargjon‖, ―Momaqaymoq‖, ―Qoqi 
o‗t‖, ―Bog‗imizda bir nok bor‖, ―Tut‖, ―Tolim gulladi-yu nega meva tugmadi?‖, 
―Tok daraxti bir xil-u, uzumi nega har xil?‖, ―Shaftoli doktor‖,‖Asalari va 
Ahmadjon‖ kabi she‘rlarini yozdi. 
Shoirning to‗rt kitobdan iborat ―Tabiat alifbosi‖ kitobi o‗z vaqtida mashhur 
bo‗lib ketdi. Tez orda ―Ochil dasturxon‖ (1970) kabi xalq og‗zaki ijodi an‘analari 
ruhidagi asarlari ham shuhrat topti va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning 
―Qanotli do‗stlar‖ nomli she‘riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika 
Davlat mukofotiga sazovor bo‗ldi. U 1977 yili O‗zbekiston xalq shoiri unvoni 
bilan taqdirlandi. 
Boalarning buyuk va kamtarin shoiri Quddus Muhammadiy 1997 yil 22 
iyunda Toshkent shahrida vafot etdi. 
AHMADJONNING KITOBXONLIGI 
Hay-hay chiroyli kitob, 
O‗qimokqa juda bop. 
Bizning Ahmad qayokda? 
Qidirgani bu yoqda. 
Ahmadjon kelib qolar, 
Kitobni qo‗lga olar. 
Bir-bir varaqlar sekin, 
Rasmi kam ekan lekin. 
Ana sichqon, mushukvoy, 
Ana xo‗roz, kuchukvoy. 
Ana mug‗ambir tulki, 
Pisib turishi kulki. 
Ana o‗rdak, ana g‗oz, 
Ana maymun — sho‗x darvoz. 
Xo‗roz qichqirar: ―Qu-qu!‖ 


75 
Bunday yo‗lbars, sher yo‗g‗-u… 
Shu bilan qolar kitob, 
Go‗yo o‗qiydi hisob. 
Talabimiz Ahmaddan, 
Ko‗rganini – suvratdan 
Bizga ham aytsin, qani, 
Kitobda hamma ma‘ni. 
Xameleon degan jonvor 
Nechun uzun tili bor? 
Olmaxon nozik hayvon 
Nechuk dumi kattakon? 
Hammadan qiziq ukki, 
Tumshug‗i Efi-dukki. 
Nechun yurmas kunduzi, 
Nega yonadi ko‗zi? 
Juda qiziq shaparak, 
Xuddi jajji charxpalak. 
O‗rdakning bag‗ri yoyiq, 
Gavdasi misli qayiq? 
Savolim bo‗ldi odosh, 
Javob kutaman, yo‗ldosh! 
QISH HAM CHIROYLI 
Hay-hay ko‗rkam qish, 
Qorlari kumush. 
Guppa-guppa qor 
Bo‗ralab yog‗ar. 
Sovuq chirsillar, 
Suv muz, qirsillar, 
G‗uborsiz havo 
Jonlarga davo. 


76 
Tanda ham qaynoq, 
Hamma yoq oppoq. 
Daraxtlar go‗zal, 
Shoxlarni bezar. 
Qor doka yo‗rgak, 
Novdalar go‗dak. 
Uyquda mizg‗ib 
Yel esar izg‗ib. 
Tarnov, bo‗g‗otda 
Sumalak katta. 
Osilib qator 
Shag‗amdek qotar. 
Bir gala chumchuq 
Hovlida chirq-chirq. 
Pir-pir uchishar, 
Tomga qo‗nishar. 
Anhor suvi muz, 
Qora tikon tuz — 
Singari rangi. 
O‗ynashib yangi 
Besh-o‗nta bola, 
O‗quvchi sara, 
Yaxmalak otib, 
Qor-muzga botib 
Ketdi tarqashib, 
Tepadan oshib. 
Gaz yonar boz-boz
Uyning ichi yoz, 
O‗yin bo‗ldi bas, 
Tayyorlaymiz dars. 
O‗tirib asta 
Havas payvasta, 
Ochishar kitob, 
Yechishar hisob. 
Hay-hay ko‗rkam qish, 


77 
Qorlari kumush. 
Guppa-guppa qor, 
Bo‗ralab yog‗ar. 
SHE‘RIM, OCHIL DASTURXON 
She‘rim, ochil dasturxon, 
She‘rim — ochiq dasturxon. 
El o‗g‗lin qilay mehmon, 
Bo‗layin ulkan mezbon. 
Shoiringman mehribon, 
Qilgim kelar ulkan ish, 
Dunyoda eng ko‗rkam ish. 
She‘r bulog‗im qayna, jo‗sh, 
She‘rjonim, bo‗l oqqush, 
She‘rim hayot bog‗bonim, 
She‘r askarim — posbonim. 
Pahlavon beozorim, 
Ko‗ngillarni yozarim, 
Yuragim osmonisan, 
El-yurtim posbonisan, 
Tinchligim kaptarisan, 
O‗quvchim daftarisan. 
Qadrdon maktabimsan, 
Yuragim, rubobimsan. 
Sensan qo‗shiq, ulkan kuy, 
Sen kirmagan biron uy, 
Sen bo‗lmagan bayram, to‗y, 
Qolmasin hech bir elda. 
Yangra she‘rim, ming tilda. 
Xalq yuragin makon et, 
Xalqim ko‗nglin osmon et. 
Yoqimli bo‗l havodek, 
Jon ozig‗im navodek, 
Jon bag‗ishla o‗likka, 
Zavq bag‗ishla tirikka. 


78 
She‘r desam jonim erir, 
Jonu jahonim erir. 
Onamning allasi she‘r, 
Hofizlar yallasi she‘r. 
Xalqimga madadkorim. 
―Hayt‖ tuyaga madorim. 
She‘rim, ochil dasturxon, 
She‘rim — ochiq dasturxon. 
BAHOR KЕLDI 
Qo‗llarida soz bilan, 
Gul g‗uncha parvoz bilan, 
Silkinib parvoz bilan, 
Uchib turna, g‗oz bilan, 
Qadrdon bahor keldi. 
Bahorni kuting bog‗da, 
Bog‗ emas, dala, tog‗da, 
Maysa yashnagan chog‗da, 
Qushlar sayrar butog‗da, 
Sevikli bahor keldi. 
Har narsada o‗zgarish, 
Erib, oqib jo‗nar qish. 
Har yoqda yashnar turmush, 
O‗rik gulladi kumush, 
Mehnat bahori keldi. 
Bezanar maktab bogi
Gulga to‗lib quchog‗i. 
Toshar hayot irmog‗i, 
Maktab dam olar chog‗i, 
O‗quvchi, bahor keldi. 
O‗tmasin go‗zal fursat, 
Qani g‗ayrating ko‗rsat. 
Imtihon, sinovga vaqt 
Hozirmi, darslaring taxt, 
Hushyor bo‗l, bahor keldi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin