O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
fayl 1491 20210818

 Darsni mustahkamlash uchun savollar: 


79 
1. G‗afur G‗ulomning vatanparvarlik haqidagi qaysi asarlarini bilasiz 
2. G‗afur G‗ulomning vatanparvarlik haqidagi qaysi asarlarini bilasiz? 
3. Maktab gigienasi haqidagi she‘rlarini bilasizmi? 
4. «Bari seniki», «Bilib qo‗yki, seni Vatan kutadi!» asarlarining tarbiyaviy 
ahamiyati nimada? 
5.Quddus Muhammadiy o‗qish haqida qanday she‘rlar yozgan? 
6.Odob-axloq to‗g‗risida qanday asarlar yozgan? 
 
Mustaqil o`qish uchun badiiy asarlar: 
1. G‗afur G‗ulom hikoyalari. 
2.Quddus Muhammadiy she‘rlaridan yod olish. 
 


80 
ZAFAR DIYOR, SULTON JO„RA VA SH.SA‟DULLANING HAYOTI 
VA IJODI 
Reja: 
1. Zafar Diyorning hayoti va ijodiy faoliyati. 
2. Shukur Sa‘dullaning hayoti va ijodi 
3. Sh.Sa‘dulla ijodida hayotiy voqealaming badiiy tasviri 
4. Xulosa 
 
 
Zafar Diyor 1912- yilda Namangan viloyatining Chust tumani, Samsoqtepa 
qishlog‗ida kambag‗al dehqon oilasida tug‗ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi 
Toshkent shahriga ko‗chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada 
mehnat qiladilar. 
1927- 
yilda Zafar to‗liqsiz o‗rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli 
pedagogika texnikumiga o‗qishga kiradi. Texnikumda ko‗proq ilm-fan sirlaridan 
bahramand bo‗lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she‘riy mashqlari bilim yurti 
devoriy gazetasi sahifalarida ko‗rina boshlaydi. 
Yigirmanchi yillarning oxiri va o‗ttizinchi yillarning boshlarida uning bolalar 
gazeta va jurnallarida ilk she‘rlari chop etila boshladi. Zafar Diyorning birinchi 
she‘ri yosh shoirlarning «Qurilish kuylari» degan to‗plamida bosilib chiqdi. Ko‗p 
o‗tmay uning birinchi she‘rlar to‗plami «Qo‗shiqlar» nomi bilan 1933-yilda nashr 
etildi. 


81 
Yosh shoir 1933- yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach
o‗qituvchi bo‗lib ishlay boshladi. Bu hol uning maktab va bolalar hayoti bilan 
yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy va
puxta bo‗lishida ijobiy o‗rin tutadi. 
1934-yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi «Tong 
yulduzi» gazetasida adabiy xodim, keyinroq esa mas‘ul kotib bo‗lib ishlay 
boshlaydi. SHu bilan birga, u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining 
til va adabiyot fakultetiga kirib, o‗qishni davom ettiradi. O‗zbek hamda qardosh 
xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o‗qiydi, o‗rganadi. 
O‗sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir 
o‗z esdaliklarida shunday yozadi: «Men Zafarni o‗ylasam uni nuqul shod-hurram 
bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she‘r 
durdonalari yog‗ilayotganday ko‗raman. CHindan ham, u bolalarga juda yaqin edi. 
Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog‗chalarda bot-bot bo‗lar, yosh 
kitobxonlarga yangi-yangi she‘rlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz 
bilan o‗qib berar, ayrim she‘rlarini yoddan ifodali o‗qir, bolalarga ham she‘r 
o‗qitib eshitardi. Shunda u o‗zining qaysi she‘rlari bolalar ko‗rigidan yaxshi 
o‗tganini, qaysi she‘rni ko‗proq sevib qolganlarini ko‗rar, bolalarga yoqtirish 
uchun qanday she‘rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. «Biz bolalarga nuqul 
o‗rgatibgina qolmay, ulardan o‗rganib ham turishimiz kerak», derdi. 
Zafar Diyorning «Binafsha» she‘rini yoddan bilmagan o‗quvchi bo‗lmasa 
kerak. She‘r o‗zining ravon o‗qilishi, qofiyalarning jarangdorligi bilan o‗quvchini 
o‗ziga tortadi: 
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog‗imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli. 
Shoirning «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o‗rtoq», «Madriddan kelgan 
mehmon» kabi she‘r va dostonlari shoir ijodining har taraflama yuksalishidan 
dalolat beruvchi liro-epik asarlardir. 


82 
Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi.
Zafar Diyor baxtli bolalarning go‗zal bog‗lardan, chamanzorlardan, 
rang-barang gullardan, bahordan olgan quvonchini «Bahor keldi», «Orzu», 
«Qaldirg‗och», «Qushlar haqida qo‗shiq», «Binafsha» kabi she‘rlarida sodda, 
ravon tilda, ohangdor, yengil qofiyali, o‗ynoqi misralarda shoirona talqin etadi va 
ular qalbida hayotga mehr uyg‗otadi. 
Zafar Diyor bugungi o‗zbek bolalar dramaturgiyasi taraq-qiyotiga ham 
barakali hissa qo‗shdi. U bolalar hayoti haqida «Baxtli yoshlik», «Yosh 
vatanparvarlar», «Omonat», «Uch og‗ayni» kabi qator dramalar ham yozgan. 
O‗zbek bolalar nasrini rivojlantirishda Zafar Diyor ham o‗z hissasini 
qo‗shgan. Uning «Jo‗natish», «Cho‗pon qizi», «Nojo‗yaliklar» kabi hikoyalari 
shular jumlasidandir. 
Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. U 
bolalarning turmushi, talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ularning 
ruhiyatini puxta bilganligi uchun bolalarning yoshiga, ong-tushunchasiga moslab, 
g‗oyaviy-badiiy jihatdan puxta asarlar yaratdi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin