O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
fayl 1491 20210818

 
Oftob va odob 
Oftob yaxshimi? 
Odob yaxshimi? 
Oftob berar nur, 
Odob-chi huzur. 
Lolalar uchun 
Oftob yaxshidir. 
Bolalar uchun 
Odob yaxshidir. 
Oftob bo‗lmasa, 
Qorong‘u tushar. 
Odob bo‗lmasa, 
G‗am-qayg‗u tushar. 
Oftob ko‗rinar 
Tog‗-tepalikda. 
Odob ko‗rinar 
Salom-alikda. 
PAPKA BILAN SIYOHDON 
Siyohdon bilan papka 
Tushibdi hasrat — gapga. 
Gaplar cho‗zilmish ancha, 
So‗zlashibdi bilgancha. 
Papka debdi: — Siyohdon, 
Bu ishing juda yomon. 
Atrof toidi siyohga, 


105 
Arzga boray qayoqqa. 
Bunaqangi boima bez, 
Axir chiqib ketgin tez. 
Shunda papka ichidan 
Siyohdon debdi chindan: 
— Hurmatli do‗stim, Papka, 
Mendan qilmagin o‗pka, 
Uyi tomon ketganda 
Koptok qilib tepganda, 
To‗kilaman har yonga 
Ayb qo‗yma sen menga
Egamiz o‗zi nodon, 
Bizni asraydi yomon. 
Nima desa egamiz, 
Unga bo‗yin egamiz. 
Egamdan ko‗p hasratim, 
Taqdirlamas xizmatim. 
Ichim to‗la non uvoq, 
Shu ham bo‗ldimi siyoh? 
Papka debdi: — Siyohdon, 
Topgin iloj va imkon. 
— Qochgin, — debdi Siyohdon, — 
Egamiz boisin sarson. 
Papkadan kitob, daftar: 
— Ma‘qul, — debdi bu gaplar. 
Papka bir kuni taqqa — 
Qochmish noma‘lum yoqqa... 
O‗sha papka egasi 
Qarabsizki, ertasi, 
Darsga kepti bepapka, 
Rosa qolibdi gapga. 
TISH CHO„TKA, POROSHOK VA ATIRSOVUN ERTAGI 
O‗qib ko‗ring, do‗stlarim, 
Yozdim sizga bir ertak. 
Yaxshi payqab oladi 
Bo‗lib tursa kim sergak. 
Afsona deb o‗ylamang 


106 
Yozganimni tag‗in siz. 
Eshmat degan bolani 
Siz ham yaxshi tanirsiz. 
Ha, men uning ishlarin 
Sizga ta‘rif etaman. 
Bilganimning ko‗pini 
Bitta-bitta bitaman. 
Eshmat nima bo‗pti-yu 
Yalqovlashib qolibdi. 
Keyin ancha darslardan 
„2―, „3― ham olibdi. 
Maktabiga kechikib, 
Borar emish ba‘zida. 
Vazifani bajarmay 
Qizararmish darsida. 
Tongda badantarbiya 
Qilmoq juda ham foyda. 
Lekin barcha ishida 
Yo‗q-da tartib-qoida. 
Ozodalik odamning 
Tani-joniga malham. 
Hammom degan joyga-chi 
Bormabdi uch oyda ham. 
Ustidagi kiyimin 
Yurmas tozalab, taxlab, 
Hatto odat bo‗yicha 
Yuvinmasmish yaxshilab. 
Qarang, bir kun Eshmatning 
Tishi og‗rib qoldi-ku. 
Kuni bilan voy-voylab 
Borolmadi darsga u. 
Xo‗sh, oshnalar, Eshmatni 
Hozir yozmay turamiz. 
Nega bunday boiganin 
Sababini ko‘ramiz. 
Eshmatvoyda bor edi 
Poroshok, cho‗tka, sovun. 
Yuvinganda bulami 
Ishlatmapti u nechun? 


107 
Shundan keyin poroshok, 
Sovun bilan tish cho‗tka 
Rosa suhbat qilishdi, 
O‗tirishib bir chetga. 
Qani, keling, bilaylik, 
Uchalasin didini. 
Sovunxon gap boshlabdi 
Gurkiratib hidini: 
— Sizga aytsam rostini
Juda asl narsaman. 
Atirgullar husnidan 
Yashnab turar keng chaman. 
Mening atir hidimni 
Chamanzordan olishar. 
Xizmatimga hamisha 
Ko‗plar qoyil qolishar. 
Agar gapni cho‗zvorsam, 
Do‗stlar meni kechiring
Fikr-u yodim tozalik, 
Dushmaniman kir-chirning. 
Kimki meni ishlatsa 
Bo‗lar sog‗lom, ozoda. 
Shu ishimdan tarqatdim 
Yurtga yaxshi ovoza. 
Lekin mening qadrimga 
Eshmat sira yetmaydi. 
Qolib ketdim chang-chungda 
Qarang, parvo etmaydi. 
Oldinlari Eshmatning 
Yuzini ko‗p yuvardim. 
Uning tani-jonidan 
Kasallikni quvardim. 
Ko‗rdingizmi Eshmatning 
Qochip qopti mazasi. 
Qildi o‗ziga o‗zi, 
Tortmoqda u jazosin. — 
Bor-yo‗q gapni gapirdi, 
Sovun rosa ko‗pirdi. 
Tingladi ham tish cho‗tka 


108 
Va poroshok oitirib. 
Shu paytda to‗satdan 
Jimlikni buzdi cho‗tka. 
Soqolini silkitib, 
O‗midan turdi tikka. 
— Qarang, bizning Eshmatni, 
Uxlolmaydi voy-voylab. 
Poroshok va men bilan 
Tish yuvmadi bir oylab. 
Oldinlari tishlari 
Ko‗rinardi dur kabi. 
Bajarilardi nuqul 
Eshmatning har talabi. 
Fabrikada men uchun 
Talay mehnat qilishgan. 
Keyin dorixonaga 
Tczda olib kelishgan. 
Men ham sizday aslman, 
Gavdam toza suyakdan. 
Qadrlashar har yerda 
Do‗stlarim chin yurakdan. 
Poroshokvoy ma‘qullar 
Cho‗tkavoyning so‗zini, 
Ulug‗sifat tutardi 
Poroshokvoy o‗zini. 
Shunday qilib uch o‗rtoq 
Rosa uzoq so‗zlashdi. 
Eshmatvoyga har gapda 
Yaxshilikni ko‗zlashdi. 
Endi, yana, eshiting, 
Eshmatvoydan gapni siz. 
Tish og‗rig‗i tuzalib, 
Ketgan emish bilsangiz. 
U boribdi doktorga 
Ushlab olib lunjini 
Kiribdi yurib zo‗rg‗a, 
Tishlariga doktor ham 
Achinganday bo‗libdi. 
Ko‗rsa Eshmat tishlarin 


109 
Kir-chirlarga to‗libdi. 
Doktor opa Eshmatga 
Ko‗p nasihat qilibdi. 
Maslahatni ma‘qullab, 
Eshmat uyga kelibdi. 
Tishlarini yuvibdi 
Poroshok-la cho‗tkalab. 
Badantarbiya qilibdi 
Ertasiga ertalab. 
Bu ishlarni Eshmatvoy 
Odat qilib olibdi. 
Ko‗rgan tanish-bilishlar 
Xursand bo‗lib qolibdi. 
Eshmat barcha ishida 
Saqlar tartib-qoida. 
O‗qishi ham sog‗ligi 
Bo‗lib qolgan joyida. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin