OY NECHTA
I
Yulduz, Qunduz, singil va opa
Boshladilar katta tortishuv.
Yulduz dedi: — Oy bitta faqat
Qunduz dedi: — Yo‗q, ikkita-ku!
— Kech bo‗lsin-chi, ko‗ramiz, qani,
Kimning gapi rostga chiqarkan?
— Yulduz bo‗lsang oyni ko‗rgani
Undan ilgariroq chiqarsan?..
II
Ana keldi kutgan kecha ham,
Yonib chiqdi qizil shirmon oy.
Chopib ketdi Yulduz ko‗chaga,
Qunduz dedi: — Hovlidan boqay.
Ikkovi ham ko‗rarkan oyni,
Bir-biridan olishdi darak:
— Unda bormi?
— Ha, bittasi bor.
Qaysisining oyi kattaroq?
Ishonmadi biri-biriga
94
Va dedilar:
— Oy nechta, oyi?
— Yoting endi.
Faqat bitta osmonning oyi!
Katta boigach, aylanaylarim,
Oyning o‗zin minib ko‗rarsiz.
— O‗shanda-chi, oyijon, bizga
Katta shoti olib berarsiz?
III
Men ham shunday bolaligimda
Oyni ikkita deb yurardim.
O‗sha paytim tushib esimga
Shu she‘rni yozib yubordim.
Hakim
Nazir
o‗zbek bolalar nasrining otaxon
ijodkorlaridan,
kichkintoylarning sevimli adiblaridan biridir. U bolalar uchun o‗ndan ziyod qissa,
roman, pesa, son-sanoqsiz hikoyalar yaratdi. «So‗nmas chaqmoqlar», «Yonar
daryo», «Kenjatoy» qissalari, «Lochin qanotlari» romani, o‗nlab hikoyalari
ko‗pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o‗z o‗quvchisini topdi.
a
Zahmatkash adib 1915- yilda Toshkent
shahrida mahsido‗z-kosib oilasida dunyoga keldi.
Onasi Malika otinning maktabida boshlang‗ich
ma‘lumot
olgandan
keyin,
poyabzal
fabrikasigkirdi, shu bilan birga kechki ishchilar
dorilfununi (industrial texnikum)da o‗qishni
davom
ettirdi.
Hakim
Nazir
bolaligidan
kitobxonlikka juda o‗ch bo‗ldi, gazeta va
jurnallarda bosilgan asarlarni chanqoqlik bilan
o‗qib chiqardi. Undagi o‗qish-yozishga bo‗lgan
qiziqish uni hozirgi «Tong yulduzi» gazetasi
95
тahririyatida ishlashga olib keldi. 1934 — 1935-yillardan dastlabki hikoya,
ocherklari gazetada, «Yosh kuch» jurnalida bosilib chiqdi. Bular havaskorlik
mashqlari edi. Adib jiddiyroq asar yozish uchun hayot taassurotlaridan tashqari
chuqur nazariy ma‘lumot ham zarur ekanligini angladi. Kunduzi tahririyatlarda
ishlab, kechki Toshkent davlat pedagogika institutida o‗qidi va til-adabiyot
fakultetini muvaffaqiyatli bitirdi. Biroz vaqt o‗qituvchilik qildi. Adabiy ishga
astoydil berildi. 1942-yildan boshlab o‗n bir yil davomida O‗zbekiston radio
qo‗mitasida bo‗lim boshlig‗i, bosh muharrir bo‗lib ishladi. So‗ng Badiiy adabiyot
nashriyotida bosh muharrir, O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy
maslahatchi vazifalarini bajardi. Mazkur vazifalarni yozuvchi ijodiy ish bilan
qo‗shib olib bordi. Qunt, chidam bilan o‗z ustida ishlashi, tinimsiz ijodiy izlanishi
tufayli Hakim Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda
«Kenja» (yangi nomi «Quyosh qachon tutiladi?»), 1946- yilda «Salim ota» nomli
hikoyalari respublika tanlovlarida sovrindor bo‗ldi. 1951-yilda esa rus tilida
chiqqan «Malchiki iz kishlaka» hikoyalar to‗plami Moskvada bo‗lib o‗tgan
tanlovda mukofot oldi.
Sevimli yozuvchimizning ijod yo‗liga sinchiklab nazar tashlasak, uning
dastlabki ijodiy izlanishlari hikoyachilikdan boshlanganini ko‗ramiz. Uning
birinchi kitobi «Qishloqdagi jiyanlarim» ham hikoyalardan jamlangandir.
«Qishloqdagi jiyanlarim» (1948), «Besh baho» (1955) «Cho‗l havosi» (1958),
«Yaxshi ism» (1962), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) nomli
hikoyalar to‗plamlari birin-ketin e‘lon qilinib, bolalar va o‗smirlarning ma‘naviy
mulkiga aylandi.
Hakim Nazirning ko‗pgina hikoyalari bog‗cha yoshidagi yoki endigina
birinchi sinfga qadam qo‗ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag‗ishlangan. Buni
adibning «Bir og‗iz so‗z», «Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi»,
«Qaysargina ukam», «Yaxshi ism», «Ikki o‗rtoq», «Bulbul», «Qanddon», «Igna»,
«Bir tup g‗o‗za» kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bu hikoyalarda bolalar
o‗rtasidagi o‗zaro do‗stlik, axloq-odob, a‘lo o‗qish, jamoat ishlarida faollik
96
ko‗rsatish, kattalarning yumushlariga ko‗mak-lashish, qushlar va jonivorlarga
g‗amxo‗r bo‗lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini
ko‗ramiz.
Muallif «Qishloqdagi jiyanlarim» to‗plamidagi «Valijonning dadasi»
hikoyasida bolalarning jangchilarga hurmat va muhab-batini tasvirlaydi. Buni
ikkinchi jahon urushidan qahramon bo‗lib qaytgan Valijonning dadasini butun
qishloq ahli zo‗r hurmat va katta tantana bilan kutib olganini ko‗rsatish orqali
ochadi. «Boshoq» hikoyasi bolalarning o‗qishdan bo‗sh vaqtlarida ota-onalarga
yordam
berishlarini
Azimjon,
Mamat,
Salimjon,
Toshtilla
obrazlarida
gavdalantiradi. «Jiyanimning toychasi» hikoyasi kitobxonni qishloq bolalarining
xarakterlari va hayoti bilan tanishtiradi. Mahmudjon bilan Omonning otasi
paxtadan mo‗l hosil olish uchun kim o‗zishga kirishadi. Bolalar o‗z otalarining
g‗olib chiqishi uchun kuyib-pishib harakat qiladilar. Mahmudjon jonidan aziz
toychasini aravaga qo‗shib, paxta tashishga kirishadi. Bu bilan yozuvchi qishloq
bolalarining o‗ziga xos xususiyatini yaratadi. Kichik bir parcha orqali katta bir
voqeani — bolalarning ulug‗ ishlarga qo‗l urganligini haqqoniy ko‗rsatadi.
Hakim Nazirning «Yonar daryo» qissasi o‗zbek bolalar adabiyotining katta
yutug‗idir. «Gazqaynar» manzarasini yorqin bo‗yoqlarda gavdalantirgan bu asarda
o‗sha davrda Qizilqum sahrosi kishilarining jasorati, jo‗shqin hayoti, qahramonligi
hamda bir-biriga chin mehribonligi tasvirlanadi, shuningdek, oiladagi bola
tarbiyasi, bunda ota-onaning tutgan o‗rni ko‗rsatiladi. Asarda voqea o‗n ikki yoshli
o‗quvchi Damir tilidan hikoya qilinadi. Bundan ikki yil avval otasi vafot etib,
singlisi Popuk ikkovi onasining qaramog‗ida qolishgan. Ko‗p vaqtlari ishda
o‗tadigan ona bolalar tarbiyasiga kam e‘tibor bergan. Damir esa keksa buvisining
o‗ta mehribonligi, yumshoqligi tufayli o‗yinqaroq, o‗qishga kamhafsala, o‗jar
bo‗lib qolgan. Natijada, u onasiga bo‗yin egmaslikka harakat qiladi. Damirlarning
uzoq qarindoshlari Sulton amaki ularning uylariga tez-tez kelib turadi, shuning
uchun bolalar unga o‗rganib qolishgan. Keyinchalik ota sifatida shu oilaga kirgan
Sulton amaki Damir xarakterining shakllanishida muhim o‗rin tutadi. Damir
xarakterida iz qoldirgan ikkinchi muhim voqea uning Qizilqumga safari bo‗ladi.
97
Bu uning ko‗z o‗ngida yangi olam ochadi, uni mehnat quchog‗ida chiniqtiradi.
Gazchilarning «G‗ildirab yuradigan posyolkasi», «Cho‗pon boboning
boshchiligida» ochilgan «Mo‗‘jiza quduq», bemorligiga qaramay Sulton amaki
ko‗rsatgan fidokorlik, umuman, gazchilarning afsonaviy qahramonligi Damir
ruhida keskin burilish yasaydi.
Dostları ilə paylaş: |