O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
fayl 1491 20210818

Darvozasiga Urilganday gol Qo`Iga tushgandi Uko`tarib qo`l. 
Shoir she`rlarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib 
beriladi. Uning «Oftob chiqdi olamga», «Er chopildi —javob topildi» 
she`rlari fikrimizning dalilidir. «Oftob chiqdi olamga» asarida u xalq og`zaki 
ijodidan unumli foydalangan. She`rda bolalaming harakati, urinishi, kattalar ishiga 
ko`maklashishi nihoyatda ta`sirli va shirali ifodalangan. 
Po`Iat Mo`min haqiqatan ham oftob — bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat, 
yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy do`stlari qulog`iga quyishga, buni 
bola obrazi orqali yanada yorqinroq, ta`sirliroq aks ettirishga harakat qiladi: 
Oftob chiqdi olamga, Chopib bordim dadamga. Dadam ко `chat ekardi, Salom 
berdim dadamga. 
P. Mo`minning «Yer chopildi — javob topildi» asarida mehnatdan zavqlanish 
tuyg`usi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq — 
misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi — yer 
chopadi. Terlab-pishadi. Natijada ko`ngli yorishadi, fikri oydmlashadi. Uyga 


101 
berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi. Barcha savolga javob topildi. 
Shu bahonada yer ham chopildi. 
Po`Iat 
Mo`minning 
«5» 
baho 
qo`shig`i», 
«Xursandmisiz?, 
Xursandmiz», «Sentyabrim», «Uch baho — puch baho» singari qo`shiqlari o`qish, 
ilmli bo`lish mavzuiga bag`ishlangan. O`z ustida ko`p ishlash, kitob o`qish, dars 
qoldirmaslik «a`lo» o`qishning mustahkam garovi ekanligini shoir «Uch baho — 
puch baho» qo`shig`ida ancha tanqid qilib o`tadi. Onalarni, keksalarni hurmat 
qilish, e`zozlash («Achom-achom buvijon», «Mehribonim, oyijon!»); o`zaro 
hurmat, do`stlikni joyiga qo`yish («Bir jahon boialarimiz»); har bir shodiyona
bayramlarni zo`r tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib 
borish («Ko`ylagim») mavzulariga bag`ishlab shoir o`nlab qo`shiqlar 
yaratganki, bunday qo`shiqlar bolalaming jon-dili hisoblanadi. 
Po`Iat Mo`min axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala ko`proq uning 
«Birovlar», «Bir odamning afsusi», «So`zi shunaqa — o`zi shunaqa», «Behzodni 
bilasizmi?», «Ulg`aydimi aqlingiz?», «Qoiing oltin — yo`ling oltin», «Birinchi 
bo`l, birinchi» kabi she`r va qo`shiqlarida ochib beriladi. 
Po`Iat Mo`min «Alia bilan Jalla», «Ziyrak fil va ziqna boqqol», «Har kimniki 
o`ziga, oy ko`rinar ko`ziga», «Unutgan o`g`il», «Oltin nay», .»Dono bola», 
«Bilganni qari — bilmaydi pari» singari ertak-dostonlarida xalq og`zaki ijodi 
namunalaridan unumli foydalangani ko`rinib turadi. 
Po`Iat Mo`min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning «Oltin 
noklibor», «Ko`cha — ко`pchilik uchun», «Eh, rosa shirin ekan», «Xolning jiyron 
velosipedi», 
«Ko`ngil 
istar 
yaxshilik» 
degan 
poemalari 
allaqachon 
kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostoniaridabolalalar 
o`rtasidagi do`stlik, birodarlik, o`qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, 
baynalmilallik kabi masalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir bo`ladigan 
yutuq va kamchiliklar badiiy bo`yoqiarda, qiziqarli epizodlarda chizib berilgan. Bir 
so`z bilan aytganda, maktab o`quvcMaririing hayoti zavq-shavq bilan tasvirlangan. 
Po`lat Mo`min o`zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar o`rtasida shuhrat 
qozondi. Uning «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy-konfetvoy», «Ona bolam 


102 
deydi, bola onam deydi» nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning 
quvonchiga quvonch qo`shib kelayotir. 
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o`tkir kulgi ostiga 
oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon do`stligini ulug`lovchi 
«Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» bolalami yaxshilikka da`vat etadi. 
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi «Suqatoy-
konfetvoy»da ham ko`ringan. Tematikasi va g`oyaviy yo`nalishi, uslubi jihatidan bu 
ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, haloUik va mehnatsevarlik 
ulug`lanadi. Voqea Bilim xola, Janjal xola, Qurt o`rtasidagi kurash asosida 
rivojlanadi. 
Po`lat Mo`minning butun e`tibori, ijodining mohiyati bolalarga hayot yo`Iini 
ko`rsatib berishga intilishdan iborat. Shu pesadagi Aqljon bilan Odobjon 
aytganidek: 
Bugina enias, bolalar Po`lat Mo`minning o`nlab topishmoqlarini ham sevib 
o`qib, o`rganadilar va zehnlarmi charhlaydilar. 
Muallifning «Qovoqvoy bilan chanoqvoy» asarinng ta`iim-tarbiyaviy ahamiyati 
juda katta. Undagi ertaklarga xos shartli, allegorik obrazlar tomomila aniq va hayotiy 
zaminga asoslanlgan. 
Pesaning 
bosh 
qahramonlaridan 
biri 
Qovoqvoydir. 
Uning 
timsolida 
тиаЖdangasalik va beg`amlik oqibatida darslarni o`zlashtira olmay, sinfda qoluvchi 
lapashang va po`k bolaning tadrijiy takomilini mujassamlashtirgan. Do`stlari ta`sirida 
Qovoqvoyning asta-sekin tuzala borishi, ilg`orlar qatoriga kirib, mehnatsevarlik va 
epchiffik darajasiga ko`tarffishi bilan bog`liq voqealar, bu yo`ldagi kishilar o`rtasidagi 
munosabat, tortishuv va kurashlar pesaning asosini tashkil etadi. 
P.Mo`min ertak syujetini harakatga keltirishda bosh va yordamchi 
konfliktlardan foydalanadi. Qishloq xo`jalik ekinlarining ashaddiy dushmanlari chigirtka 
va kapalaklar o`z urug`larini paxtakorlarga tarqatmoqchi bo`ladilar-u, Tarvuz, Qovun, 
Chanoqvoy, Paxtaoy, G`ujumoy, Lavlagi hamda Sholg`om kabi kuchlar ta`qibidan 
qo`rqadilar. Qovoqvoyning befahm, landavur, beg`am hamda qo`rqoqligi 
zararkunandalarga ish beradi. Ular paxtazorlarga sochishni buyurib, tuxumlari 


103 
solingan xaltachani Qovoqvoyga zo`rlab tutqazadilar. Hashorotlar undan o`z 
maqsadlari yo`lida foydalanish uchun harakat qilsa, ijobiy qahramonlar Qovoqvoyni 
tarbiyalamoqchi. Mana shu o`rtadagi kurash asar konfliktimng boshqa yetakchi 
tomonini tashkil etadi. 
Mehnatga bo`yni yor bermay, darslarni o`zlashtira olmaganidan tashqari, 
Qovoqvoy tanbal, yalqov, fahm-farosati kam, bo`shang, ayni vaqtda u, haddan 
ziyoda chiranchoq. Uning xarakteridagi bu sifatlar asardagi ijobiy kuchlar bilan 
bo`lgan ziddiyat va to`qnashuvlarda ochib tashlanadi, Qovoqvoy asta-sekin 
tuzalish tomon yo`naltiriladi. Bir-birini o`rtoqlarcha samimiy tanqid qilishga 
asoslangan ijobiy kuchlar o`rtasidagi shu ziddiyatlar dramatik konfliktning 
yordamchi chizig`ini yuzaga keltiradi. 
Konfliktning yordamchi liniyasi esa yaxshi ishlangan va qahramonlar 
xarakterini chizib berishda, asarning muvaffaqiyatini ta`minlashda katta xizmat 
qilgan. Po`lat Mo`min Qovoqvoyning maqtanchoqligini fosh etib, uni izza qilishda 
to`g`ridan-to`g`ri zalga — tomoshabinlarning o`ziga murojaat etish ЬДап o`ziga xos 
yutuqqa erishgan Qovoqvoyning «Mendan karra jadvalni so`rang, suv qilib ichib 
yubordim» degan mazmunda kerilib savol-javob o`ynashi zalni faollashtiradi, 
maqtanchoqning miyasi g`ovlab, o`sal bo`lishi qalblarga samimiy kulgi shavqini 
soladi. 
Chiranchoq Qovoqvoyning jismoniy zaif va po`kligi kamtarin Tarvuz bilan yuz 
bergan tortishuv va to`qnashuvlarda, boks musobaqalarida bilinib, sharmanda 
bo`ladi. Qovoqvoy Tarvuzdan yengilib zil ketsa, ikkinchi tomondan qadam-
baqadam g`ayratga kira boradi, badan tarbiya mashqlari foydasini, mehnatsevarlik 
manfaat keltirishini anglaydi. 
Qovoqvoyning qayta tarbiyalanishida ayniqsa Chanoqvoy hal qiluvchi rol 
o`ynaydi. Boshda Chanoqvoyning odilona, samimiy, do`stona maslahatlariga 
mensimay qarab, quloq solmagan Qovoqvoy «Sehrgar» gaplarini jon dili bilan 
tinglaydi, uning ko`rsatmalariga amal qilib, karrani o`rgana boradi, g`ayratga 
kiradi, faollashadi, zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish, ularni tutishda 
faollik ko`rsatish darajasiga ko`tariladi. Biroq uning xarakteridagi zaif tomonlari 


104 
tezda uzil-kesil yo`qolmaydi. U endi do`stlariga «Sehrgar»ni uchratganligi bilan 
maqtanadi. Muhimi shundaki, do`stlar uni qayta tarbiyalashga, o`z saflariga 
qaytarishga muvofFaq bo`ladilar. 
Asarda Chanoqvoy xarakteriga mos va yetarli material berilgan. Xususan, muallif 
uning tilini individuallashga alohida e`tibor bergan. Pesaning she`riy kuchi, 
yumoristik va satirik fazilatlari ham Chanoqvoy, Qovoqvoy, Tarvuzvoy nutqida, 
ularning dialog va monologlarida yaxshi ko`rinadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin