110
mo`jizalarini ilg`ay bilishni taqozo etadi. E‘tibor berilsa, she‘rning har bir
misrasida obrazli detal va tasviriy ifoda uchraydi:
Biyday cho`lu dalalar,
Bo`ralar qor
kapalak.
Bog`lar sokin,
mizg`ishar
Misoli oq
kapalak.
Ta‘kidlangan so`zlar ham lugaviy ma‘nosi, ham obrazli ifodasiga ko`ra
muhim. ―Biyday‖ so`zining lug`aviy ma‘nosini 3-sinf o`quvchisi anglab yetishi
gumon. Shu sababli bu she‘rda ―ochiq‖, ―yalang‖, ―keng‖ ma‘nosida
qo`llanayotgani, yana, o`z va ko‘chma ma‘no ifodalayotgani oydinlashtirilishi
lozim. Haqiqatan, qishda dala-dasht hosildan bo`shab, ancha keng bo`ladi, ochilib
qoladi. Ammo shoir shiddat bilan qor yoqqandagi (
bo`ralar) holatga ko`proq
urg`u berayotir. Oppoq qor hamma yoqni qoplaganda bir tekisdagi yalanglik
ko`zga tashlanadi. Badiiy so`zning jarangi shunda aks etgan.
Shoir qorning
kapalaksimon yog`ishiga muvoziy oqqa burkangan bog`lar tasvirini chizib, uning
―mizg`ishi‖ni-da, (ozgina uxlagan, ko‘z ilintirgan) kapalakka qiyoslaydi.
Shoirning topilmasi shundaki, bog`larning qor yoqqan vaqtdagina sokinlashuvi,
yilga nisbat olganda ―mizg`ish‖dir. Kapalak uyqusini-da, hech kim ko`rmagan.
O`quvchi bu kabi ramziy detallar mohiyatini teran anglasagina, she‘rning badiiy
tas‘sirchanligi, estetik zavqi oshadi. Binobarin, she‘rdagi ―muz oyna‖, ―sumalak
shodalari‖, ayamajiz–qishning eng sovuq kunlarini yalmog`izga o`xshatilishi
kabilar nafaqat badiiy topilma, balki xalqona ifodasiga ko`ra ham e‘tiborni tortadi.
4-sinf O`qish kitobida Q.Hikmatning ―Qish tozg`itar momiq par‖
nomli yana bir she‘ri berilgan.
6
Bunda har bir so`z ustida ishlash muhim. Ya‘ni
so`z va iboralar o`z yoki ko`chma ma‘noda qo‘llanayotganini o`quvchilar anglab
yetishi zarur. Masalan, she‘rning birinchi to`rtligi shunday boshlanadi:
Savab bulut
to`shagin
Qish to`zg`itar
momiq par.
Yerga serbar
oq namat
6
S,Matchonov va boshq. O`qish kitobi. 4-sinf uchun darslik.T., 20011. –B.82.
111
Yozilganday yaltirar.
Ta‘kidlangan so`zlar ko`chma ma‘noda obrazlilik kasb etgan.
Shuningdek, bunda she‘riy san‘at namunalarini kuzatish mumkin. Tashxis –
jonlashtirish bolalar she‘riyatida eng ko`p uchraydigan san‘at. Q.Hikmat
o`xshatishlari esa mantiqiy asosga ega bo`lishidan tashqari, sodda va betakrordir.
To`shakni yumshoq qilish uchun momiq paxta savab solish, ostiga namat tashash
(yungdan
bosib ishlangan palos, kigiz) insoniy xislatlarga xos. Tabiat hodisasi
insondagi ana shu holatlarga o`xshatilmoqda. Bunda momiq parni to`zg`itib
savash– qishda qorning mayin, ezg`ilab yog`ishi (o`xshatilayotgan narsa)ga
ko`chirib o`tkazilgan.
Ushbu she`rda lirik qahramonning qishdan zavqlanish kechinmasi, ayni
paytda qor ko`p yog`ib, sovuq izg`irinning ziyoda bo`lishi tufayli bolalarga xos
arazi ko`zga tashlanadi. Hamchunun yosh lirik qahramon qorga:
– Namuncha
Zeriktirding uchqunlab?
Yog`masding-ku ilgari
Surunkasi uch kunlab…
Yetar shuncha yog`ganing
Uzoq dala qirga bor! –deya murojaat qiladi.
Bu jihat apostrofa –ya`ni narsa yoki hodisaga xuddi jonli
mavjudotga kabi murojaat etish asosida yuzaga kelgan. Shunga o`xshash,
Q.Hikmatning ―Bahor‖ she`ri obrazli ifodalarga boy.
Uchib yurar mayin shamollar
Yelpib- yelpib anhor yuzini
Qirg`oqlarda
soyabon tollar
Oyna suvda
ko`rar o`zini
She`rni o`qigan yosh kitobxon uning estetik zavqi va jozibadorligini darrov
ilg`aydi. Bolalar she`riyati uchun badiiy yuksak
tasvir va obrazlilik kamyob
hodisa. Shoir chizgan bahor manzarasi umumadabiyotga, nozik tuyg`ularga boy
chinakam she‘r namunasi bo`la oladi:
112
― Ko`kni quchgan teraklar tinmas, Oro berar kulrang po`stiga‖ misralari
jonlashtirishning hamda noyob badiiy topilma namunasi. Bu bolalarning yosh
xususiyatlariga juda mos.
Ammo bilamiz-ki, mumtoz adabiyotimizda jonlantirishning ikki turi keng
qo`llangan. Biri tashxis (shaxsga bog`liq)- jonsiz narsalarni jonlantirish;
ikkinchisi intoq (nutq bilan bog`liq) - nutqsiz narsalarni
nutq egasi sifatida
tasvirlash. Qudrat Hikmat she`rlarida intoq ham ko`p ishlatiladi. (masalan
―Temirjon bilan telefon‖ she`rida telfonning insondek shikoyat qilishi ,‖Eshak
nega hangraydi‖ she`ridagi sher, fil, tulki, kiyik, eshak va cho`chiqalarning
majlisda she`rva eshakning savol javobi kabi…), ammo yuqoridagi ―Bahor‖
she`rida shoir tashxis usulidan mohirona foydalanib, ko`klam obrazini
san`atkorona tasvirlaydi. Shu sababli, bu she`rda Bahor o`ziga oro, zeb berib,
husnidan sarxush , go`zal
qiz sifatida gavdalanadi; tonggi shabboda, tol, maysa ,
o`t, chinor va teraklar xuddi odamdek bir- birlarini kuzatadilar, ilhomlanadilar,
yoki o`zlarini yelpiydilar va h.k. Binobarin, shoir bahordagi dov-daraxtlarni,
shamolni insoniylashtiradi.
Umuman, Qudrat Hikmat she`riyatning
badiiy xususiyatlari serjilo, shoir
fikrlarni rassom singari chizayotganga o`xshaydi. She`r xoh bolalar o`yinlari, xoh
boshqa mavzularda yozilgan bo`lmasin , ular eng avvalo bollarni tevarak atrofdagi
voqealar va hodisalar bilan tanishtiradi.
Zotan, Qudrat Hikmat she`rlaridagi voqeabandlik obrazlilik qofiyalarning
ixchamliligi, hatto sodda tuzilishi, til xususisyatlari barcha-barchasi shoir
she`rlarining g`oyaviy- badiiy ematsionalligini oshirishga xizmat qiladi.
V.G.Belenskiyning bolalar bilan obrazlar vositasida gapirish lozimligi
haqidagi fikrlari baayni Q.Hikmat ijodiga xosligini uqish mumkin. Zero, Qudrat
Hikmat she`rlarni o`qib ulg`aygan o`quvchi o`z ona
tilimiz boyliklaridan voqif
bo`lib, badiiy so`z qudratini teran his etadi, Vatan va yurt iftixori bilan yashaydi.
Dostları ilə paylaş: