O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
fayl 1491 20210818

CHUMCHUQLARGA UYADIR 
Ashraf aka ANOR so‗ydi, 
Anormisan-anor deysiz. 
Har donasi gavhar misol
Yalt-yult etar FANOR deysiz. 
"A" harfini olgan edik, 
Yo‗q narsadan "bor" bo‗ldi. 
Barchamizga tanish hayvon
Qo‗sh o‗rkachli NOR bo‗ldi. 
Bolakaylar, bilib qo‗ying, 
Nor degani TUYAdir. 
"T" harfini qisqartirsak, 
Chumchuqparga UYAdir. 
QUDRAT HIKMAT AYTGAN EDI... 
Bolalarga she‘rlar yozsang, 
Mavzu turfa, yangi bo‗lsin. 
Qizg‗aldoqday yonib turgan 
Ko‗rki bilan rangi bo‗lsin. 
Har bandida, satrlarda 
Maqsad tayin, qisqa bo‗lsin, 
Sho‗x, o‗ynoqi, rostgo‗ylikda 


139 
Ibratli gap — nusxa bo‗lsin. 
Bolalarga she‘rlar yozsang, 
Mavzu turfa, yangi bo‗lsin. 
Qizg‗aldoqday yonib turgan 
Ko‗rki bilan rangi bo‗lsin. 
Har bandida, satrlarda 
Maqsad tayin, qisqa bo‗lsin, 
Sho‗x, o‗ynoqi, rostgo‗ylikda 
Ibratli gap — nusxa bo‗lsin. 
Kutilmagan qofiyani 
Marvaridday terib tashla, 
Pand-nasihat masalasin 
Otasiga bergin oshna. 
Bo‗lar-bo‗lmas gapni yozib, 
She‘rning qadrin arzon qilma. 
Kitobxonning vaqtin teja, 
Behudaga sarson qilma. 
Qobig‗ingga o‗ralmasdan 
O‗qi jahon durdonasin, 
Asalari qoldirmaydi 
Gulning sara bir donasin. 
Bolalarga asar yozsang, 
Quvnoq, dilgir sodda bo‗lsin. 
Kichkintoyning so‗z boyligi 
Lug‗ati ham yodda bo‗lsin. 
Vaznlarni ixcham qilgin, 
Xulosani ayla puxta. 
Aniq fanga yo‗naltirib, 
Falsafani et omuxta... 
RAVIL ALIBEKOVNING XAZINASI 
Qirq yillik surat — tasma 
Bor boyligi — topingani. 
Uch xonali uydan boshqa 
Yo‗qdir uning oshirgani. 
Lentalarda aksin topgan 
O‗zbekiston solnomasi, 
Bunga dalil ―Tong yulduzi‖, 


140 
―Gulxan‖, ―G‗uncha‖ oynomasi. 
Turfa, go‗zal tasvirlarga 
Teng kelmagay dur, marvarid, 
Imkoni yo‗q, shu sababdan 
Oltin, kumush qilmas xarid. 
Boqar bizga ehtiros-la, 
Burgut kelbat ustoz Oybek. 
G‗ofur G‗ulom va Mirtemir
Ham Zulfiya opam oydek. 
Muhrlangan Asqad Muxtor, 
Shayxzoda, Qahhor yashar. 
Ana, Quddus Muhammadiy, 
Qudrat Hikmat suhbatlashar. 
Bu tengi yo‗q xazinadan. 
O‗rin olgan buyuk zotlar. 
Zar, zabarjat saqlaganday, 
Ravil Albek ehtiyotlar. 
So‗nggi paytda bir xavotir 
Unga tinchlik bermayotir, 
Xazinaga eng munosib 
Daryo dilni izlayotir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin