139
Ibratli gap — nusxa bo‗lsin.
Bolalarga she‘rlar yozsang,
Mavzu turfa, yangi bo‗lsin.
Qizg‗aldoqday yonib turgan
Ko‗rki bilan rangi bo‗lsin.
Har bandida, satrlarda
Maqsad tayin, qisqa bo‗lsin,
Sho‗x, o‗ynoqi, rostgo‗ylikda
Ibratli gap — nusxa bo‗lsin.
Kutilmagan qofiyani
Marvaridday terib tashla,
Pand-nasihat masalasin
Otasiga bergin oshna.
Bo‗lar-bo‗lmas gapni yozib,
She‘rning qadrin arzon qilma.
Kitobxonning vaqtin teja,
Behudaga sarson qilma.
Qobig‗ingga o‗ralmasdan
O‗qi jahon durdonasin,
Asalari qoldirmaydi
Gulning sara bir donasin.
Bolalarga asar yozsang,
Quvnoq, dilgir sodda bo‗lsin.
Kichkintoyning so‗z
boyligi
Lug‗ati ham yodda bo‗lsin.
Vaznlarni ixcham qilgin,
Xulosani ayla puxta.
Aniq fanga yo‗naltirib,
Falsafani et omuxta...
RAVIL ALIBEKOVNING XAZINASI
Qirq yillik surat — tasma
Bor boyligi — topingani.
Uch xonali uydan boshqa
Yo‗qdir uning oshirgani.
Lentalarda
aksin topgan
O‗zbekiston solnomasi,
Bunga dalil ―Tong yulduzi‖,
140
―Gulxan‖, ―G‗uncha‖ oynomasi.
Turfa, go‗zal tasvirlarga
Teng kelmagay dur, marvarid,
Imkoni yo‗q, shu sababdan
Oltin, kumush qilmas xarid.
Boqar bizga ehtiros-la,
Burgut kelbat ustoz Oybek.
G‗ofur G‗ulom va
Mirtemir,
Ham Zulfiya opam oydek.
Muhrlangan Asqad Muxtor,
Shayxzoda, Qahhor yashar.
Ana, Quddus Muhammadiy,
Qudrat Hikmat suhbatlashar.
Bu tengi yo‗q xazinadan.
O‗rin olgan buyuk zotlar.
Zar, zabarjat saqlaganday,
Ravil Albek ehtiyotlar.
So‗nggi paytda bir xavotir
Unga tinchlik bermayotir,
Xazinaga
eng munosib
Daryo dilni izlayotir.
Dostları ilə paylaş: