O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
fayl 1491 20210818

 
 
 


125 
Farhod Musajonov 
 
Farhod Musajonov 1933 yil 19 dekabrda 
Toshkent shahrida tug‗ilgan. 
 
Farhod Musajonov — ko‗p qirrali 
ijodkor. 

nosir, 
dramaturg 
va 
kinossenaristdir. 1933 yilning 19 dekabrida 
Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, 
Toshkent 
Davlat 
universitetining 
sharq 
fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. 
 
Respublika radiosi, televideniesi hamda «O‗zbekiston madaniyati» gazetasi, 
«G‗uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan. «O‗zbekfilm» (1967) 
studiyasida xizmat qilgan. 1968—1970 yillarda Moskvada ssenaristlar Oliy 
kursida o‗qigan. 1976 yillari «O‗zbekfilm»da turli lavozimlarda, «O‗zbekkino» 
aksionerlik kompaniyasida xizmat qilgan. 
Oʻzining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari, 
kichkintoylarni toʻlqinlantiradigan pesalari bilan bolalarning quvonchlariga 
quvonch ulasha olgan qalamkashlardan biri Farhod Musajon 1933 yilda Toshkent 
shahrida tugʻilgan. 1956 yilda ToshDUning sharq fakultetini tamomladi. Bir necha 
yil 0ʼzbekiston radiosida, ―Oʻzbekiston madaniyati‖ gazetasida, ―Gʻuncha‖ 
jurnalida mehnat qildi. 1966 yildan esa ―Oʻzbekfilm‖da muharrir, keyinchalik bosh 
muharrir vazifalarida oʻz faoliyatini davom ettirdi. 
F. Musajonning ilk asari 1955 yilda eʼlon qilingan. Shundan soʻng 
―Daradagi qishloqda‖ (1960), ―Turdi, galstuk va men‖ (1970), ―Oftobni quvlab‖ 
(1970), ―Chin doʻstlik‖ (1976), ―Chevar qiz‖ (1982), ―Buloq suvi‖ (1982), ―Turdi, 
velosiped va men‖ (1983), ―Glotok rodnikovoy vodiʼ‖, ―Tekin tomosha‖ (1989) 
kabi kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram boʻldi. 
1977 yilda adib oʻzining bolalarga atab yozgan barcha hikoyalarini jamlab, 
yigirma ikki taboqdan iborat katta kitobini qayta ishlagan va toʻldirilgan holda 
chop ettirdi. Bu kitobini ham ilgarigisiga oʻxshab ―Tekin tomosha‖ deb atadi. 


126 
0ldingisidan farqli oʻlaroq, bu kitob uch qismdan iborat: kichkintoylar uchun, 
oʻrtancha yoshdagilar va oʻsmirlar uchun. 
Farhod Musajon ijodining oʻziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning 
aksar hikoyalari quvnoq hazil-mutoyiba hissi bilan sugʻorilgan. Adibning barcha 
hikoyalarida begʻubor va zavqli bolalik davri ruhiyati saqlangan. Shuning uchun 
uning hikoyalari oson oʻqiladi, oson hazm boTadi. Natijada taʼsir kuchi ham 
ortadi. 
Adib ijodining yana bir jihati u oʻz personajlarini yomon yoki yaxshi, adabiy 
atamalar qoʻllab aytadigan boʻlsak, salbiy yoki ijobiyga ajratmaydi. Ularga baho 
berar ekan, feʼl-atvori qandayligini tasvirlar ekan hech qachon kuchli iboralarni
―ablah, iblis, yaramas, gazanda‖ va hokazo haqoratomuz, qattiq-quruq soʻzlarni 
ishlatmaydi. Zero, inson sifatida endi shakllanayotgan bolalarga nisbatan bunday 
oʻtkir soʻzlarni ishlatish insofdan va adolatdan emasligini tushunadi. U oʻz 
qahramonlarini, qandayligidan qatʼi nazar, oʻyinqaroqmi, lapashangmi, ayyormi, 
dangasami, maqtanchoqmi – hammasini birday sevardi va sevib tasvirlardi. Uning 
uchun yomon bola umuman yoʻq, kamchiligi boʻlishi mumkin, deylik 
yolgʻonchiroq, xasisroq, xudbinroq, lekin nokas bola yoʻq, har qanday bolani ham 
toʻgʻri yoʻlga solib yuborish mumkinligiga ishonardi. Va shu muborak maqsad 
yoʻlida ijod qildi. 
Farhod Musajonning oʻziga xos uslubi bor edi. Uning asarlaridan bir 
parchagina oʻqigan odam muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, 
sodda, tushunarli va ixcham yozardi. Shu sababli katta mahorat evaziga yillar 
davomida paydo boʻladigan va shakllanadigan badiiy soddalik tufayli uning 
asarlari oʻqimishli chiqadi. Bolalar tili bilan aytsak, hikoyalari ―rostakam boʻlgan 
voqeaga oʻxshaydi‖. Darhaqiqat, adib voqealarni xuddi hayotdagidek ishonarli va 
qiziqarli qilib soʻzlab beradi. Bu juda muhim. Negaki bolalar hikoya voqealariga 
ishonmasalar asarning taʼsir kuchi yoʻqqa chiqadi. Mana shu omil – ishontira olish 
mahorati Farhod Musajon ijodining eng muhim xususiyatlaridan edi. 
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozdi. Uning kitoblari 
orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik va oʻrta hamda 


127 
katta yoshdagi bolalarga va oʻsmirlarga bagʻishlangan asarlarini ham uchratish 
mumkin. 
Maʼlumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, 
tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar oʻzlari tinglagan asarlari 
yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat 
xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan 
shakllana boshlaydi. Turmushda qizgʻanchiq boʻlmaslik, kasbhunar egallashga 
intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. 
Bolalarning pedagogikpsixologik xususiyatlarini yaxshi oʻrgangan Farhod 
Musajon kichik yoshdagi bolalarga bagʻishlab ―Eng yaxshi chana‖, ―Shodiyona 
kun‖, ―Shiqildoq‖, ―Pahlavon va nimjon‖, ―Sovgʻa‖, ―Ajoyib buzoqcha‖, 
―Yaxshilik‖, ―Toʻlab ber‖, ―Varrak‖, ―Dogʻ‖ kabi oʻnlab hikoyalar yaratgan. 
Adibning ―Varrak‖ asarining mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi 
asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat 
qilishga chaqiriladi. 
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri ―Eng yaxshi chana‖dir. Bu 
hikoyada qoʻli ochiq, saxovatli, bagʻri keng boʻlish, xasis, ziqna boʻlmaslik kabi 
gʻoyalar kichkintoylar ongiga yetkaziladi. 
Latifjonga dadasi chana olib beradi. Quvonchdan bolaning boshi koʻkka 
yetay deydi. 
Latifjon boshda ancha qizgʻanchiq boʻladi. Shuning uchun chanada bitta oʻzi 
uchadi. Boshqalarni chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qoʻli tegib ketsa, 
chanani koʻtarib uyiga chopadi. 
Latifjonning dadasi oʻgʻlidagi bunday qizgʻanchiqlikni payqaydi, lekin unga 
pand-nasihat qilib oʻtirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi: 
Bilasanmi, – debdi dadasi oʻgʻliga, – men bu ajoyib chanani qayerdan 
oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qoʻlda yasalgan chana. 
Uning yoshi oltmishda. Ha, oltmish yil burun bu chanani bir ogʻaynimning dadasi 
olib bergan ekan. Ogʻaynim oʻsha paytda sendek ekan. Chananing chiroyliligini 
koʻrib uchishga uning ham koʻzi qiymabdi. Kattaroq boʻlganimda ucharman, hozir 


128 
bolalar tortib olib eskitib qoʻyishadi, deb asrab yuraveribdi. Oradan yillar oʻtibdi, 
bir kuni qarasa bolaligi tugab, chol boʻlib qolibdi. Endi unga chana kerak emas 
ekan, chunki qariganda uyalmasdan chana uchadimi?! Ogʻaynim chanani menga 
sovgʻa qilar ekan, begʻubor bolalik chogʻimda maza qilib ucholmadim, ishqilib 
sening oʻgʻlingga yaxshi xizmat qilsin dedi. Shunaqa, oʻgʻlim, qizgʻanchiq odam 
zavqdan mahrum boʻladi! 
Latifjon boshda dadasining bu gaplariga tushunolmaydi. Yuragining 
allaqayeri jiz etgandek boʻladi. Nihoyat u dadasiga yuzlanib: 
– Ertadan boshlab ayamasdan uchaman, – dedi. 
Adibning ―Sovgʻa‖ hikoyasi bolalarni mehnatkash boʻlishga 
daʼvat etadi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan parvarish qilishi kichik 
kitobxonda katta taassurot qoldiradi. 
―Turdi, galstuk va men‖ hikoyasi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarning 
sevimli asarlaridan biri sifatida eʼzozlanib kelinadi. 
Hikoyada ozodalik, shahar tozaligi uchun kurashish bosh masala qilib 
qoʻyiladi. Turdi va Gʻiyos kabilarning shahar tozaligida faol qatnashmaganliklari, 
dangasaliklari fosh qilinadi. 
Xullas, Farhod Musajon oʻzining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik 
bolalarga bagʻishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop 
shaklda aytadi. Adib nasihat qilish yoʻlidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida 
koʻp uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlaydi va aytmoqchi boʻlgan muhim 
gaplarni ana shu voqealar magʻziga singdirib yuboradi. 
Farhod Musajonning ―Orzuga ayb yoʻq‖, ―Boʻsh kelma, Aliqulov‖, ―Buloq 
suvi‖ kabi va boshqa qissalari oʻzbek bolalar adabiyotida muhim oʻrinda turadi. 
Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning mehrini qozongan. 
―Xayolparastlar‖, ―Oq kabutar‖, ―Sabil qoldi‖, ―Oʻgʻlimni qaytarib beringlar‖ 
pesalari shular jumlasiga kiradi. 
Bular orasida, ayniqsa, ―Oʻgʻlimni qaytarib beringlar‖ asari mashhur. 
Dramaturg uning nomini oʻzgartirib ―Najot istab‖ deb qaytadan ishladi. U hozirgi 


129 
Oʻzbek Milliy teatrida sahna yuzini koʻrdi. Dushanbeda, va Almatida, Tataristonda 
qoʻyildi. 
Pesada, asosan, bola tarbiyasida ota-onaning oʻynaydigan beqiyos katta roli 
haqida gap boradi. 
Farhod Musajonning kattalarga bagʻishlab ―Bahor nafasi‖, ―Bu koʻzlarga 
ishonsa boʻladi‖, ―Xotin kishining raʼyi‖, ―Koʻr shofyor‖, ―Zoʻraki kashanda‖, 
―Nozik masala‖, ―Kalla-pocha‖, ―Himmat‖, ―Bogʻ koʻcha‖ kabi kitoblari bosilib 
chiqqan. 
Iste‘dodli bolalar adibi, dramaturg va ssenarist F. Musajonov «Shuhrat» 
medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot 
etgan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin