O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
fayl 1491 20210818

 


113 
 ERTALAB 
Osmon tiniq, zangori, 
Beg‗ubor aft-angori. 
Yarqirab nur anhori, 
Oftob chiqdi olamga. 
- Assalom! - der Yer pastda
- Assalom! - der el asta. 
- Qancha orzu-havasda 
- Oftob chiqdi olamga. 
- Dovon oshib shod-xandon
Xursand bo‗lib u chandon, 
Yashasin deb har bir jon, 
Oftob chiqdi olamga. 
BAHOR 
Uchib yurar mayin shamollar, 
Yelpib-elpib anhor yuzini. 
Qirg‗oqlarda soyabon tollar 
Oyna-suvda ko‗rar o‗zini. 
Tong yellari o‗ynoqlab sekin, 
Jiydazorga kirib yo‗qolar. 
Maysa o‗tlar tebranib sekin, 
Orqasidan kuzatib qolar. 
Chumchuqlarning og‗zida cho‗p-xas, 
In qo‗yishar tutlar ustiga. 
Ko‗kni quchgan teraklar tinmas, 
Oro berar kulrang po‗stiga. 
Bedapoya, yam-yashil o‗tloq, 


114 
Chinorlarda qushlar chug‗urlar, 
Ko‗klam ko‗rkin ko‗rdingmi, o‗rtoq, 
Chamanzordek hammayoq gullar. 
TOG‟ MANZARASI 
Go‗yo ko‗kka ustun tog‗, 
Kiygan suvsar, oq qalpoq. 
Cho‗qqilari o‗rkachdek, 
Tosh gavdasi keng, yalpoq. 
Ko‗ksin bezar alvon gul, 
Kifti archa - to‗nlari. 
Sho‗x qo‗shiqlar aytadi 
Shalola - fontanlari. 
Har xarsangi ming botmon, 
O‘rtasida nil hovuz. 
Butalarning tagiga 
In qo‗yishgan g‗oz, tovus. 
O‘tzorlarda chiyovlar 
Qirg‗ovulu tustovuq. 
Ba‘zan quyosh yilt etar, 
Ba‘zan tushar tez sovuq. 
Chodir - uyni ivitib, 
Savalaydi sel, jala, 
Hurkib kiyik, jayronlar 
Qochishar gala-gala. 
ALISHER VA KITOB 
Kitobga o‗ch o‗g‗ilcham, 


115 
Oltin topgan singari, 
Chiqsa yangi bir asar 
O‘qir mendan ilgari. 
Mayli, bo‗lsin hikoya 
Yoki to‗rt yo‗l quvnoq she‘r. 
Ayvonchada muk tushib, 
Sharillatar Alisher. 
Qosh qorayib ketkuncha 
Qo‗ldan tushmas kitobi. 
Unga yoqqan she‘rlarning 
Hozircha yo‗q hisobi. 
Olimdek serharakat, 
Ishlar puxta berilib. 
Uncha-buncha yoshlardek 
Oshib ketmas kerilib. 
Turna qator savolga 
Soldat kabi doim shay. 
Hozirjavob bo‗lmasdi, 
Shuncha kitob o‗qimay. 
MIX 
Qalpoq kiygan askarga 
O‘xshaydi mix polvon ham. 
Birikadi u bilan 
Eshigu rom, narvon ham. 


116 
U bor uylar saranjom. 
Havas qilar har asbob. 
Ko‗rinishdan kamsuqum, 
Ro‗zg‗or uchun qulay, bop. 
Maxsus katak qutida 
Saqlashadi tejalab. 
Qurilishda ustalar 
Ishlatishar rejalab. 
Goh yanglishib ko‗p joyga 
Qoqib ayb qilishsa, 
Qalpogini qiyshaytib, 
Uni mayib qilishsa, 
Norozilik bildirib, 
Mix qoladi qayrilib. 
Deraza ham o‗rnashmas 
Kesakidan ayrilib. 
Ko‗rsa o‗yinqaroqlar 
Tepib, sochib ketadi. 
Ko‗zim tushsa nogahon 
Jonim achib ketadi. 
Turli-tuman buyumning 
Pay tomiri o‗shadir. 
Bo‗lak-bo‗lak yog‗ochni 
Bir-biriga qo‗shadir. 
Bir istagim bor, uka, 
Mixday to‗g‗ri, o‗tkir bo‗l. 
Hurmat qilib do‗stlaring 
Shunda senga berar qo‗l. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin