Darvozasiga Urilganday gol Qo`Iga tushgandi Uko`tarib qo`l.
Shoir she`rlarida kichkintoylarning jismoniy ishga intilishlari ham yaxshi ochib
beriladi. Uning «Oftob chiqdi olamga», «Er chopildi —javob topildi»
she`rlari fikrimizning dalilidir. «Oftob chiqdi olamga» asarida u xalq og`zaki
ijodidan unumli foydalangan. She`rda bolalaming harakati, urinishi, kattalar ishiga
ko`maklashishi nihoyatda ta`sirli va shirali ifodalangan.
Po`Iat Mo`min haqiqatan ham oftob — bu olam-olam quvonch, shodlik, mehnat,
yashash, yasharish ramzi ekanligini kichkintoy do`stlari qulog`iga quyishga, buni
bola obrazi orqali yanada yorqinroq, ta`sirliroq aks ettirishga harakat qiladi:
Oftob chiqdi olamga, Chopib bordim dadamga. Dadam ко `chat ekardi, Salom
berdim dadamga.
P. Mo`minning «Yer chopildi — javob topildi» asarida mehnatdan zavqlanish
tuyg`usi yorqin ifodalangan. Asar qahramoni dastlab uyga berilgan topshiriq —
misollarni ishlay olmaydi. Shunda u jismoniy mehnat qilishga kirishadi — yer
chopadi. Terlab-pishadi. Natijada ko`ngli yorishadi, fikri oydmlashadi. Uyga
101
berilgan misollarni ham yechadi, yerni ham chopadi. Barcha savolga javob topildi.
Shu bahonada yer ham chopildi.
Po`Iat
Mo`minning
«5»
baho
qo`shig`i»,
«Xursandmisiz?,
Xursandmiz», «Sentyabrim», «Uch baho — puch baho» singari qo`shiqlari o`qish,
ilmli bo`lish mavzuiga bag`ishlangan. O`z ustida ko`p ishlash, kitob o`qish, dars
qoldirmaslik «a`lo» o`qishning mustahkam garovi ekanligini shoir «Uch baho —
puch baho» qo`shig`ida ancha tanqid qilib o`tadi. Onalarni, keksalarni hurmat
qilish, e`zozlash («Achom-achom buvijon», «Mehribonim, oyijon!»); o`zaro
hurmat, do`stlikni joyiga qo`yish («Bir jahon boialarimiz»); har bir shodiyona,
bayramlarni zo`r tayyorgarlik bilan kutib olish, chevarlik kasbini bolalikdan bilib
borish («Ko`ylagim») mavzulariga bag`ishlab shoir o`nlab qo`shiqlar
yaratganki, bunday qo`shiqlar bolalaming jon-dili hisoblanadi.
Po`Iat Mo`min axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala ko`proq uning
«Birovlar», «Bir odamning afsusi», «So`zi shunaqa — o`zi shunaqa», «Behzodni
bilasizmi?», «Ulg`aydimi aqlingiz?», «Qoiing oltin — yo`ling oltin», «Birinchi
bo`l, birinchi» kabi she`r va qo`shiqlarida ochib beriladi.
Po`Iat Mo`min «Alia bilan Jalla», «Ziyrak fil va ziqna boqqol», «Har kimniki
o`ziga, oy ko`rinar ko`ziga», «Unutgan o`g`il», «Oltin nay», .»Dono bola»,
«Bilganni qari — bilmaydi pari» singari ertak-dostonlarida xalq og`zaki ijodi
namunalaridan unumli foydalangani ko`rinib turadi.
Po`Iat Mo`min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning «Oltin
noklibor», «Ko`cha — ко`pchilik uchun», «Eh, rosa shirin ekan», «Xolning jiyron
velosipedi»,
«Ko`ngil
istar
yaxshilik»
degan
poemalari
allaqachon
kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan. Shoirning dostoniaridabolalalar
o`rtasidagi do`stlik, birodarlik, o`qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik,
baynalmilallik kabi masalalar ilgari surilgan. Bolalar hayotida sodir bo`ladigan
yutuq va kamchiliklar badiiy bo`yoqiarda, qiziqarli epizodlarda chizib berilgan. Bir
so`z bilan aytganda, maktab o`quvcMaririing hayoti zavq-shavq bilan tasvirlangan.
Po`lat Mo`min o`zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar o`rtasida shuhrat
qozondi. Uning «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy-konfetvoy», «Ona bolam
102
deydi, bola onam deydi» nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning
quvonchiga quvonch qo`shib kelayotir.
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o`tkir kulgi ostiga
oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon do`stligini ulug`lovchi
«Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» bolalami yaxshilikka da`vat etadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi «Suqatoy-
konfetvoy»da ham ko`ringan. Tematikasi va g`oyaviy yo`nalishi, uslubi jihatidan bu
ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, haloUik va mehnatsevarlik
ulug`lanadi. Voqea Bilim xola, Janjal xola, Qurt o`rtasidagi kurash asosida
rivojlanadi.
Po`lat Mo`minning butun e`tibori, ijodining mohiyati bolalarga hayot yo`Iini
ko`rsatib berishga intilishdan iborat. Shu pesadagi Aqljon bilan Odobjon
aytganidek:
Bugina enias, bolalar Po`lat Mo`minning o`nlab topishmoqlarini ham sevib
o`qib, o`rganadilar va zehnlarmi charhlaydilar.
Muallifning «Qovoqvoy bilan chanoqvoy» asarinng ta`iim-tarbiyaviy ahamiyati
juda katta. Undagi ertaklarga xos shartli, allegorik obrazlar tomomila aniq va hayotiy
zaminga asoslanlgan.
Pesaning
bosh
qahramonlaridan
biri
Qovoqvoydir.
Uning
timsolida
тиаЖdangasalik va beg`amlik oqibatida darslarni o`zlashtira olmay, sinfda qoluvchi
lapashang va po`k bolaning tadrijiy takomilini mujassamlashtirgan. Do`stlari ta`sirida
Qovoqvoyning asta-sekin tuzala borishi, ilg`orlar qatoriga kirib, mehnatsevarlik va
epchiffik darajasiga ko`tarffishi bilan bog`liq voqealar, bu yo`ldagi kishilar o`rtasidagi
munosabat, tortishuv va kurashlar pesaning asosini tashkil etadi.
P.Mo`min ertak syujetini harakatga keltirishda bosh va yordamchi
konfliktlardan foydalanadi. Qishloq xo`jalik ekinlarining ashaddiy dushmanlari chigirtka
va kapalaklar o`z urug`larini paxtakorlarga tarqatmoqchi bo`ladilar-u, Tarvuz, Qovun,
Chanoqvoy, Paxtaoy, G`ujumoy, Lavlagi hamda Sholg`om kabi kuchlar ta`qibidan
qo`rqadilar. Qovoqvoyning befahm, landavur, beg`am hamda qo`rqoqligi
zararkunandalarga ish beradi. Ular paxtazorlarga sochishni buyurib, tuxumlari
103
solingan xaltachani Qovoqvoyga zo`rlab tutqazadilar. Hashorotlar undan o`z
maqsadlari yo`lida foydalanish uchun harakat qilsa, ijobiy qahramonlar Qovoqvoyni
tarbiyalamoqchi. Mana shu o`rtadagi kurash asar konfliktimng boshqa yetakchi
tomonini tashkil etadi.
Mehnatga bo`yni yor bermay, darslarni o`zlashtira olmaganidan tashqari,
Qovoqvoy tanbal, yalqov, fahm-farosati kam, bo`shang, ayni vaqtda u, haddan
ziyoda chiranchoq. Uning xarakteridagi bu sifatlar asardagi ijobiy kuchlar bilan
bo`lgan ziddiyat va to`qnashuvlarda ochib tashlanadi, Qovoqvoy asta-sekin
tuzalish tomon yo`naltiriladi. Bir-birini o`rtoqlarcha samimiy tanqid qilishga
asoslangan ijobiy kuchlar o`rtasidagi shu ziddiyatlar dramatik konfliktning
yordamchi chizig`ini yuzaga keltiradi.
Konfliktning yordamchi liniyasi esa yaxshi ishlangan va qahramonlar
xarakterini chizib berishda, asarning muvaffaqiyatini ta`minlashda katta xizmat
qilgan. Po`lat Mo`min Qovoqvoyning maqtanchoqligini fosh etib, uni izza qilishda
to`g`ridan-to`g`ri zalga — tomoshabinlarning o`ziga murojaat etish ЬДап o`ziga xos
yutuqqa erishgan Qovoqvoyning «Mendan karra jadvalni so`rang, suv qilib ichib
yubordim» degan mazmunda kerilib savol-javob o`ynashi zalni faollashtiradi,
maqtanchoqning miyasi g`ovlab, o`sal bo`lishi qalblarga samimiy kulgi shavqini
soladi.
Chiranchoq Qovoqvoyning jismoniy zaif va po`kligi kamtarin Tarvuz bilan yuz
bergan tortishuv va to`qnashuvlarda, boks musobaqalarida bilinib, sharmanda
bo`ladi. Qovoqvoy Tarvuzdan yengilib zil ketsa, ikkinchi tomondan qadam-
baqadam g`ayratga kira boradi, badan tarbiya mashqlari foydasini, mehnatsevarlik
manfaat keltirishini anglaydi.
Qovoqvoyning qayta tarbiyalanishida ayniqsa Chanoqvoy hal qiluvchi rol
o`ynaydi. Boshda Chanoqvoyning odilona, samimiy, do`stona maslahatlariga
mensimay qarab, quloq solmagan Qovoqvoy «Sehrgar» gaplarini jon dili bilan
tinglaydi, uning ko`rsatmalariga amal qilib, karrani o`rgana boradi, g`ayratga
kiradi, faollashadi, zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish, ularni tutishda
faollik ko`rsatish darajasiga ko`tariladi. Biroq uning xarakteridagi zaif tomonlari
104
tezda uzil-kesil yo`qolmaydi. U endi do`stlariga «Sehrgar»ni uchratganligi bilan
maqtanadi. Muhimi shundaki, do`stlar uni qayta tarbiyalashga, o`z saflariga
qaytarishga muvofFaq bo`ladilar.
Asarda Chanoqvoy xarakteriga mos va yetarli material berilgan. Xususan, muallif
uning tilini individuallashga alohida e`tibor bergan. Pesaning she`riy kuchi,
yumoristik va satirik fazilatlari ham Chanoqvoy, Qovoqvoy, Tarvuzvoy nutqida,
ularning dialog va monologlarida yaxshi ko`rinadi.
Dostları ilə paylaş: |