98
4. Qudrat Hikmat dostonlarida ilgari surilgan g‗oyalar.
5.
Xulosa
Bolalarning suyukli shoiri
Po`lat Mo`min
yoshligidanoq adabiyotga havas qo`ydi. U
Toshkent pedagogika bilim yurtida o`qib yurgan
vaqtida adabiyot to`garagiga faol qatnashadi.
Adabiyotni qunt bilan o`qidi, o`rgandi. O`rta
ma`lumot oigach, hozirgi Nizomiy nomli
Toshkent davlat pedagogika universitetining
o`zbek tili va adabiyoti fakultetiga o`qishga
kirib,
uni
muvaffaqiyatli
tamomlagach,
aspiranturada o`qidi, maktablarda o`qituvchilik
qildi.
So`ngra O`zbekiston davlat nashriyotida ishladi. P. Mo`min qayerda
ishlamasin, doimo adabiyotga
muhabbat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi,
o`rgandi. Kichik-kichik she`rlar yoza boshladi. 1944 yilda «Bahorga sayohat»
nomli birinchi she`ii bosilib chiqdi. Birinchi she`rlar to`plami esa 1949 yilda
«Sayrang, qushlar» nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchiiik
tomonidan iliq kutib olindi. To`plamdan munosib o`rin olgan «Haykal», «Alia va
Jalla» (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi
bilan kitobxonlarning
e`tiborini o`ziga jalb etdi. Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat
qozonishi uchun esa qobiliyat va istakning o`zigina yetmaydi. Belinskiy ta`rffi bilan
aytganda, bolalar yozuvchisi bo`Iib tug`ilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir
pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo`lsin, nozik
did egasi, go`dak
tabiati va
psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha
soddadil ham dono bo`lsin, degan mazmunni taqozo etadi, albatta. Biz Po`lat Mo`min
ijodida ana shunday olijanob xususiyatlar mujassamligim his etamiz.
Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli «Hunardan unar», «To`g`ri o`sgan
gul bo`lar», «Aql qaerda bo`lar», «O`rinbosarlar», «Oltin nay», «Bir
yarim
99
Karim», «Endi adashmaydi», «Barcha bola do`st bo`lsa», «Rahmatga rahmat»,
«Gazpolvon ertak aytar», «Chang yutar both», «Do`sting qancha ko`p bo`lsa»,
«Oftob va odob», «Yaxshilarga o`xshasam», «Bu juda soz», «Eson va Omon»,
«Oltmish olti oltin qo`l», «Ustozlar izidan», «Bolalarning baxti kulgan», «Bir
yuz bir oltin qo`l» she`riy to`plamlari; «Chanoqvoy bilan Qovoqvoy»,
«Bahodirning botirligi», «Oq fd yo`qoldi», «Suqatoy-konfetvoy», «Ona bolam
deydi» kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she`r
va qo`shiqiari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo`Iib
qo`shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima
qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki o`zbek bolalar adabiyotining ham
yutug`i, obro`si hisoblanadi.
Kimda-kim a`lo va yaxshi baholarga o`qish
uchun astoydil intilsa, harakat
qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadiga erishadi, samarali biiim oladi. Agar
bu intilish jismoniy mehnat bilan qo`shib olib boriisa, yanada muvaffaqiyatli
bo`ladi. Po`Iat Mo`min ta`iim va jismoniy mehnatga bag`ishlangan she`rlarida
mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Ba`zan ishyoqmas, dangasa,
yalqov o`quvchilarni tanqid qiladi. Masalan, «Besh oldim, besh!» degan she`rini
olaylik. Asar qahraraoni uzoq vaqt past bahoga o`qib yurardi, fanlarnl
ko`ngildagidek o`zlashtira olmaganidan do`stlari, ota-onasi va o`qituvchilar oldida
gunohkordek his qilardi o`zini. O`quvchi bunday qiyin ahvoldan faqat ko`proq
dars
tayyorlashi, kitob o`qishi bilan qutulib ketishi mumkinligiga ham
ishonrtgdi. Nima boiadi-yu bir kuni u uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta
o`qiydi, dars va kitobdan boshqa hech narsani o`ylamaslikka harakat qiladi.
Natijada ertasi kuni «besh» baho oladi. Shu-shu bola kitobni sevib qoladi. Qunt
qilish, berilgan topshiriq ustida ko`p mehnat qilish lozimligini tushunib yetadi.
O`zidagi bunday ijobiy o`zgarishdan xursand bo`ladi. Boladagi bu quvonch va
hayajonni shoir yosh kitobxon ruhiyatiga mos ravishda chizib beradi:
Shunday
qilib do`silarim,
Aytsam yurak so `zlarim,
Yurishib qoldi ishim
100
Ko`payib ketdi «besh»im.
Boialar shoirming «Tuganmas kon», «O`qituvchi baho qo`yganda»,
«Ko`chalarni to`ldirib», «Sizga nima bo`ldi, o`g`ii bolaiar?», «Yuqumli «2»lar»,
«Bilsa bo`lar ekanku!», «Sentyabrdan Mm sevinar?» kabi she`rlarida ham a`lo va
yaxshi o`qish uchun mtilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to`g`risida
yozilgandir.
Ba`zan o`quvchi-bolalar orasida mug`ambir,
pismiq bolalar ham topilib
qoladi. Shoirning «Qo`l ko`tarib qo`Iga tushdi» degan asari ana shunday bolalarga
bag`ishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq o`quvchi. U buni
o`qituvchisiga sezdirmaslik ucimn har kuni dars paytida «Men aytaman, deb
ko`taradi qo`i». O`qituvchi esa boianing bunday mug`ombirligini sezmaydi, u
darsni yaxshi o`zlashtiribdi, deb undan so`ramaydi. Oxiri bir kuni «Mayli, ayta qol»
deydi. Shunda haligi bola savolga javob bera olmay, o`qituvchi va o`quvchi do`stlari
oldida izza bo`ladi:
Dostları ilə paylaş: