ULOQCHAM
Kichkina qora — uloq,
O‗ynar oshib umbaloq,
Men bilan inoq, o‗rtoq.
Ko‗kat bersam yamlaydi,
Orqamdan hech qolmaydi.
Kappalaydi o‗t bersam,
O‗ynaydi quloch kersam,
Suzadi musht o‗qtalsam.
Boshchasida shoxi bor,
Dumchasida oqi bor.
MITTI
Mitti degan mushugim,
O‗taketgan olg‗ir, shum.
Mitti poylab turadi.
Sichqonvoyni ko‗radi.
Sichqon mushukni ko‗rib,
Qochar teshikka urib.
Sichqon qochib qutular,
Mushuk esa tutilar.
88
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.Zafar Diyorning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?
2.Shukur Sa'dullaning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?
Mustaqil o`qish uchun asarlar:
1.Zafar Diyor ―Mashinist‖ dostoni o`qish.
2. Shukur Sa'dulla she‘rlaridan yod olish.
Adabiyotlar:
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil.
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor
an‘analari Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
SULTON JO„RANING HAYOTI VA IJODI. HAKIM NAZIRNING
HAYOTI VA IJODI.
Reja:
1. Sulton Jo‗raning hayoti va ijodi.
2.Sulton Jo'raning vatanparvarlik mavzusida yozilgan asarlari tahlili.
3. Hakim Nazirning hayoti va ijodi.
4. Hakim Nazirning mehnat, odob-axloq, vatanparvarlik mavzulariga
bagishlangan asarlarining ahamiyati haqida .
Sulton Jo`rani o`smirlar kuychisi sifatida yaxshi taniymiz. Shoir
she`rlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari rang-barang. Uning ―Oy nechta‖,
―Lola‖, ―Sog`inchli salom‖ kabi she`rlarida bolalar olamining ifodasi ufurib turadi.
S.Jo`raning pedagog shoir sifatida yozgan ―Tinish belgilarining majlisi‖,
―Kimning xati chiroyli‖ she`rlari ta`lim-tarbiyaviy jihatdan dolzarb. Shuningdek,
89
shoirning ―Yolg`onchi‖ dostoni, ―Zangori gilam‖ ertaklarining syujeti va
kompozitsiyasi o`ziga xos qimmatga ega.
She‘riyatda havas Sulton Jo‘ra qalbida juda
erta uyg‘ondi. U bilim yurtida o‘qib yurgan
kezlarida klassik va sovet shoirlarining asarlarini
mutolaa qilib, o‘zi ham ularga taqlidan she‘rlar
mashq qila boshladi. Keyinchalik shoir tarjimai
xolida bu yillarni xotirlab ―Birinchi marta 1927
yilning oxirida ―Mehnat qo‘ynida‖ degan she‘r
yozdim, u ―Yangi yo‘l‖ jurnalida bosildi‖-deb
aytgan edi.
Sulton Jo`raning dastlabki she`rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarning
―She`rlar‖ to`plamida nashr etildi. Uning 1939-yilda ―Fidokor‖, 1941-yilda
―Moskva‖ she`riy to`plamlari, 1942-yilda ―Iroda‖ nomli pyesasi nashr etildi. Shoir
vafotidan so`ng 1951-yilda rus va o`zbek tillarida ―Tanlangan asarlar‖, tinch
qurilish yillari davrida iste`dodli shoirning ―Havorang gilam‖, ―Zangori gilam‖,
―Bruno‖, ―Parvoz‖, ―Qaldirg`och‖ kabi kitoblari bosilib chiqdi.
Ayni choqda, u ―yaxshi‖va ―a`lo‖baholarga o`qish uchun kurashish, rostgo`y
va intizomli bo`lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv
malakasini egallash kabi ta`lim- tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda
talqin etdi. Bunday g`oyalar shoirning ―Yozgi yomg`irdan so`ng ‖(1936), ―Qizlar‖,
―A`lo‖ va ―Yaxshining maqtovi ‖, ―Zangori gilam‖, (1939), ―Lola‖, ―Oy nechta?‖,
―Tinish belgilarining majlisi‖, ―Cho`ntak‖, ―Sirkda‖(1940), ―Qarzdor‖,
―Qaldirg`och‖, ―Yolg`onchi‖, ―Dengiz tagida‖,(1941), ―Sog`inib‖(1942),
―Sog`inchli salom‖, ―Salom xat‖(1943) kabi asarlarida o`z ifodasini topdi.
Sulton Jo`ra o`z vatanining ozodligi, xalqining erki uchujngina
emas, balki ularning porloq kelajagi bo`lgan kichkintoy do`stlarining baxti uchun
ham kurashdi. Qirg`in maydonlarida bosqinchilar bilan olisha turib, navqiron
avlodga o`z alangali salomini yo`llay oldi.
90
She‘riyat sirlarini qunt bilan o‘rganish, jiddiy va muttasil mashq Sulton
Jo‘raning adabiyot dargohiga o‘z ovozi bilan kirib kelishiga imkon berdi. U
poeziya olamiga katta umid bilan kirib kelgan yillar o‘zbek adabiyotining yanada
ko‘tarilish davriga to‘g‘ri keldi. Bu paytlar yangi hayot davrini tarannum etuvchi.
30-yillar o‘zbek poeziyasining eng yaxshi namunalarini yaratgan Oybek, Hamid
Olimjon, G‘afur G‘ulom va Uyg‘unlarning qator asarlari nashr etilgandi. Bular
butun vujudi bilan poeziyaga berilgan Sulton Jo‘raga ta‘sir etmay, uni
to‘lqinlantirmay qolmadi. Shuning uchun ham shoir ―Bu yillarda adabiyotga
qiziqib Uyg‘un, Hamid Olimjonlarning she‘rlarini ko‘p o‘qirdim… yohud
Shayxzoda, G‘afur G‘ulomlarning barcha asarlarini qiziqib o‘rganib chiqdim,‖-deb
takror-takror yozadi. ―Mening o‘sishimga o‘rtoq G‘afur G‘ulomning tashabbusi
bilan 1939-yilning dekabrida Toshkentda adabiy kecha o‘tkazildi‖.
1940 yilgacha, shoirning o‘zi «birinchi shе'riy to‘plamim» dеb e'tirof etgan
«Fidokor» majmuasi bosilgunigacha, u, asosan, davriy matbuotda bosilgan shе'riy
va publitsistik asarlari bilan shunday e'tibor qozona olgan edi. Rost, bu asarlarning
kattagina qismi katta yoshdagilarga mo‘ljallangan esa-da, u bolalar va o‘smirlarni
qam unutmadi, ular uchun g‘oyaviy-badiiy jihatdan yеtuk asarlar yozib, bolalar va
o‘smirlar kuychisi sifatida tanildi. U turli yoshdagi bolalar ruhiy olamini nafis his
qila olganligi sababli ular xaraktеridagi tabiiy soddalikni, tinib-tinchimaslikni,
ayrim hollarda yolg‘onchiligu dangasalikni yorqin ifoda eta oladigan «Lola», «Oy
nеchta», «Cho‘ntak», «Mamatning kеchirimi», «Yolg‘onchi», «Qarzdor»,
«Kimning xati chiroyli», «Yaxshi» va «A'lo»ning maqtovi», «Harflar paradi»,
«Tinish bеlgilarining majlisi» kabi XX asrning 30-yillaridagi o‘zbеk bolalar
shе'riyatining bеtakror namunalarini yaratdi.
Sulton Jo‘ra adabiyot maydoniga kirib kelgan davrda rus va jahon ilg‘or
adabiyotining eng yirik namunalari bilan tanishish, mutolaa qilish imkoniga ega
edi. Yana bir dalilni alohida ta‘kidlash kerak. Ma‘lumki, ana shu yillarda o‘zbek
adabiyotshunosligida ham muhim muhim asarlar maydonga kelgan edi. Bu davrda
e‘lon qilingan ―Lirika uchun‖, ―So‘nggi yillarda o‘zbek poeziyasi‖(Oybek),
―O‘qish va o‘rganish qiyinchiliklari to‘g‘risida‖ (Hamid Olimjon), ―Realizmni
91
egallash yo‘lida‖ (Hamid Olimjon, Uyg‘un), ―O‘zbek sho‘ro adabiyotida
dunyoqarashni egallash haqida chet ta‘sirlar bilan kurashish masalasi‖ (O.Hoshim),
―Bir reaksion nazariya to‘g‘risida‖ (O.Sharafiddinov) kabi asarlar va
adabiyotimizning qisqa, lekin mazmunli tarixiy yo‘lini xarakterlovchi boshqa
maqolalar Sulton Jo‘ra ijodining g‘oyaviy takomilida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu yillari adabiyot maydoniga kirib kelgan Zulfiya, Usmon Nosir, A. Umariy,
Hasan Po‘lat, Z.Diyor, Parda Tursun kabi iste‘dodlar o‘rtasida avj olgan qizg‘in
ijodiy musobaqa esa Sulton Jo‘rani ham ijodiy kamolot sari rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |