BINAFSHA
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‗imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
83
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog‗ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‗ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!
KAPALAK
Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To‗xta, so‗z!ayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog‗chamda,
So‗rib gullar sharbatin
O‗ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko‗chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do‗st bilaman o‗zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‗zimga.
Uch, uchaver, uchaver,
Go‗zal bog‗cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do‗st bo‗laylik ikkimiz,
84
To‗xta, so‗zlayin andak!
TO„P
To‗pim, to‗p-to‗p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Havolanib nariga —
Do‗stlarimga yetasan.
O‗ynatasan ko‗zimni
Hovliqtirib o‗zimni.
Biroz ko‗proq o‗ynasam,
Terlatasan yuzimni.
Senga sira to‗ymayman,
Bo‗sh ekanman qo‗ymayman.
Ovunchog‗im, — deb seni
Do‗stlarim-la o‗ynayman.
To‗pim, to‗p-to‗p etasan.
Ursam uchib ketasan.
Handalakdek yumalab
Bizni xursand etasan.
Dostları ilə paylaş: |