70
Sheʼr quvnoq misralardan tashkil topgan boʻlib, bolalarning ruhiga,
pedagogik-ruhiy xususiyatiga mos tushadi:
Bir maktabda gap mish-mish,
Turgʻunning dumi bormish.
Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas
Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib
ketishi zarurligi asarning
mantiqiy xulosasidir.
Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin
tutishini aytish mumkin. ―Bobomning mehnati‖, ―GES qurilishi‖, ―Mirob‖, ―Bu
binoni kim qurgan?‖, ―Etik‖, ―Madraim payvandchi‖, ―Mamajon shofyor‖ va
boshqa shu kabi sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni
ham taʼkidlab oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish,
ularning bunyodkor
faoliyatlarini qadrlash birinchi oʻrinda tasvirlanadi.
―Etik‖ sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga
qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U ―Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard
yuqtirmaydi‖. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin.
Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik
oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi:
Koʻp chiranma husningga,
Rahmat deb qoʻy bir marta
Seni tikkan ustangga.
Solijonning ―oʻrdak burunli kavkazcha‖, etigini ―puf-puflab‖ kiyib yurishi
uning tikilishiga sarf qilingan
mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan. Bolalar
tabiatan olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning ―Dunyoda eng kuchli
nima?‖ sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir
filni ―togʻni ortsang koʻtaradi‖, sherni ―filni ham tikka yeydigan‖, suvni ―daryo,
soy, irmoqlari, buloqlari koʻp‖, sovuqni ―daryolarni tosh qotirgan‖, issiqni ―qish,
sovuqni qochirgan‖, togʻlarni ―togʻ-u toshni qulatar‖, quyoshni ―qarimaydi,
uchmaydi‖ deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat
jonli,
qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda
71
ifodalaydi. Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning
hayotdagi oʻrnini tushunib oladi.
Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo
haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat,
aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi:
Dostları ilə paylaş: