133
bolomun» (1971), «Arslonbob sharsharasi» (1973), «Surnay» (1975), «Nur daryo»
(1977), «Guldasta» (1979), «Olatog‗-lolatog‗» (1982), «Oqbura to‗lqinlari»
(1985), «Sovg‗a» (1987) to‗plamlari bosilib chiqdi.
Kichkintoylarga qisqa va lo‗nda she‘rlar yozish, qissadan hissa chiqarish
Tursunboy Adashboev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir.
Ijodkorning
«Sumalak» sarlavhali she‘ri shu jihatdan e‘tiborli:
Boychechaklar nish urib,
To turguncha o‗rnidan.
Bahor qishni tarnovga,
Osib qo‗ydi burnidan.
Tursunboy Adashboevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo‗g‗rilgan
asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o‗girilgan. Masalan, «Pesnya Jovoronok»,
«Podarok», «Olti oyoqli xo‗tikcha», «Olatog‗ ohanglari» singari bir talay kitoblari
rus, latish, qozoq va o‗zbek bolalar she‘riyati antologiyalaridan munosib o‗rin
olgan. 1989 — 90- yillarda uning «Arslonbob afsonasi», «Sichqonning orzusi»,
«Uch bo‗taloq va sirli qovoq» to‗plamlari nashr etildi.
Ijodkor qator uchrashuvlarda, gazeta va mahallalardagi suhbatlarda berilgan
savollarga qaytargan javoblarida she‘r yozishning sir-sinoatlarini o‗ziga xos
yo‗nalishda ochib berganligini kuzatamiz:
—
Nima uchun bolalarga she‘r yozasiz?
—
Ezib yomg‗ir yog‗ganidan keyin,
yetilgan yerni, zavq-shavq bilan
haydagan qo‗shchining mehnatini sira kuzatgan-misiz? Kichkintoylarga she‘rlar
mashq qilar ekanman, ana shu dehqonga o‗xshab ter to‗kishga harakat qilaman.
Demak, har kim qo‗lidan kelgan yumushni uddalashi kerak. Qisqasi, bolalarga
she‘r yozishdan o‗zga ish qo‗limdan kelmaydi.
—
Sizda she‘rning tug‗ilishi qanday kechadi?
—
Asosan, hayotni, bolalarning so‗ngsiz olamiga aloqador ikir-chikir,
voqea va hodisalarni sinchiklab kuzatishdan tug‗iladi. Masalan, oddiy bir tugmani
chumolini yo‗liga qo‗yib,
xatti-harakatini kuzatsangiz, taxminan quyidagicha
mashq qog‗ozda aks etishi mumkin:
134
Charchab, horib
Yumushdan
Qaytar edi
Qumursqa.
Tugmani
Olib qo‗lga,
Tashladim
Uni yo‗lga.
U yon-bu yon
Bo‗yladi.
Tog‗ ekan deb
O‗yladi...
—
She‘rlaringizda manzara yaratish mahoratini kimdan o‗rgangansiz?
—
Har bir misra ustida ishlash va manzara yaratish san‘atini ustoz
Qudrat Hikmatdan o‗rganganman.
Kichkintoylar uchun atalgan she‘rlar to‗q mag‗iz qofiyalar asosiga qurilgan
taqdirdagina o‗qish uchun o‗ng‗ay, yodlash uchun oson ko‗chadi. Zotan, Zafar
Diyor, Qudrat Hikmat she‘riyatining umrboqiyligi ham ana shundadir. Tursunboy
Adashboev ham ustozlari izidan borib kutilmagan qofiyalar topadi.
Bu muallif
qalamga olgan mavzuni o‗quvchiga tezroq yetib borishiga xizmat qiladi. Shoirning
ijodiy fazilatlaridan yana biri she‘rlarining qisqa, lo‗ndaligida.
Tursunboy Adashboev jahon bolalar she‘riyati vakillarining asarlarini
o‗zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayotir.
Tursunboy Adashboevning ijodi bilan tanishgan kishi bir narsaga amin
bo‗ladi: bu asarlar bolalar ham, kattalar ham baravar o‗qiydigan ibrat kitobidir.
Tursunboy Adashboevning eng sara she‘rlari jamlangan «Orzularim — qo‗sh
qanotim» deb nomlangan kitobini sinchiklab o‗qib chiqib, quyidagi xulosaga
135
kelish mumkin: qalamga olingan mavzular bolalarning o‗ziday beg‗ubor, hajman
qisqa va lo‗nda. Kutilmagan qofiyalar esa she‘rning
ravonligini oshirib,
kichkintoylarning osongina yod olishini ta‘minlaydi.
Tursunboy Adashboev vaqtli matbuotda, nashriyotda va har ikki
respublikaning Yozuvchilar uyushmalarida xizmat qiladi. SHuningdek, jahon
bolalar adabiyotining eng yetuk vakillari asarlarini
maromiga yetkazib tarjima
qilgan. Qirg‗iz xalq eposi — «Manas»ning nasriy variantidan tortib S. Eraliyev, S.
Jusuyev, T. Qosimbekov, J. Mavlonov, B. Sarno‗g‗ayev, N. Alimbekov kabi
ijodkorlarning o‗ttizga yaqin asarlari o‗zbek tilida bosilib chiqqan.
Ikki elning ardoqli shoiri Tursunboy Adashboevning xizmatlari munosib
baholangan. Ijodkor «O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan o‗qituvchi» degan nom va
«Do‗stlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, «Qirg‗izistonda xizmat
ko‗rsatgan san‘at arbobi» hamda «Manas» ordenining sovrindoridir.
TONGDA
Tongda hushtak chalgandim,
Chiqib shuvoq boshiga,
Ma‘qul bo‗pti ovulning
Kattasiga, yoshiga.
Bu qilig‗im Xo‗rozning
Tekkan emish g‗ashiga...
Meni ko‗rsa Dakanboy,
Minib jahl otiga,
Ko‗cha-ko‗yni to‗zg‗itib,
Zo‗r berar qanotiga.
Shayton kirdi oraga,
Sizga aytsam dangalin,
Yerni uzib olguday
Uning tirnoq-changali.
Chigirtkani egarlab,
Quva ketdim Xo‗rozni.
Adabini beray deb,
Shumtakani, darozni.