Xudoyberdi To`xtaboyev katta-yu kichik bolalaming sevimli adibi. U hozirgi
zamon o`zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrlarining rivojlanishiga
katta hissa qo`shib kelayotgan talantli adib sifatida kitobxonga ma`lum va
mashhurdir.
Xudoyberdi To`xtaboyev 1932 yilning 17 dekabrida Farg`ona viloyatining
O`zbekiston tumaniga qarashli Kattatagob qishlog`ida dehqon oilasida dunyoga keldi.
Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas,
qishloqda bo`ladigan hamma mehnatlarda hol-qudrat ishtirok etdi, hayot nimadan
iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi. Bo`lajak adib ikkinchi jahon urushi
119
yillarida o`qishni yig`ishtirib, dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli
mehnat bilan suyagi qotdi. Qo`qon pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli
tamomlagan X.To`xtaboyev ona qishlog`ida tarbiyachilik qilar ekan, unda iimga
cheksiz ishtiyoq uyg`onadi. Shuning uchun ham u o`qituvchilikni tashlab, Toshkent
davlat dorilfununiga o`qishga kirdi. Bu yerda Alisher Navoiy, Bobur, G`.G`ulom,
Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor asarlarini sevib o`qidi, o`rgandi.
Universitetni tugatib, Bog`dod tumanida
o`qituvchilik qildi. Ilmiy bo`lim mudiri,
direktorlik
lavozimlarida
ishlab,
bolalarni
ilm-fan
nuriaridan
bahramand etish ishlarida faoliyat
ko`rsatdi. She`riy mashqlari vaqtli
matbuot sahifalarida e`lon qilina boshladi.
Bu esa bo`lajak adibni markazga - Toshkentga ijodiy ish bilan jiddiy
shug`ullanishga chorlar edi. Shunday ham bo`ldi. U 1958 yilda Toshkentga ko`chib
keldi. «Toshkent haqiqati» gazetasiga ishga kirdi. X.To`xtaboyev bolalikdan to`g`ri
so`z, halol, рок va mehnatsevar bo`lib o`sdi. Gazetada ishlar ekan, ba`zi порок
odamlarni ko`rib, ularning qilmishlarmi hazm qila olmadi. Bunday kishilarmng
sir-asrorlarini fosh etishga, el-yurt o`rtasida munofiqlarning yaramas tomonlarini
ochib tashlashga qaror qildi. Bu borada unga feleton janri qo`l keldi. 1962 yilda
respublikamizning otaxon gazetasi - «O`zbekiston ovozi» ga feletonchi bo`lib ishga
o`tdi. Bu yerda 300 dan ziyod feleton yozdi. «Hadik», «Tilxat», «Ona»,
«Xarakteristika», «Barvaqt aytilgan azon», «Domlaning uyiga o`t ketdi», «Maxsus
topshiriq», «Jonginam, shartingni ayt» kabi kattalar uchun qissa va hikoyalar
yozgan X. To`xtaboyev bolalar uchun ham hikoyalar yarata boshladi. Uning
«Birinchi daraxtim», «Qochoqlar», «Qizg`anchiq», «Dadajon, yozmang»,
«Kelvordim, dada», «Vali bilan Salim», «Shoshqaloq», «Yaxshi-yaxshi» singari
o`nlab hikoyalari yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg`otdi. «Kichkina rais»
120
hikoyasining qahramoni kichkintoy o`quvchi bola. Lekin Foziljonning xatti-harakati,
intilishi, paxta dalalarini sergaklik bilan kuzatishi, fikr yuritishi raislarga xos.
Foziljonning ona zaminga, odamlarga nisbatan qiziqishi ta`sirli chizilgan.
Kimsasiz, g`irt yetim bola o`z qishlog`i, atrofidagi odamlar bilan sevinib, quvonib
yashaydi. O`zini ularning bag`rida erkin his etadi.
Xudoyberdi To`xtaboyevda yozuvchilikka ishtiyoq uyg`otgan, qobiliyatming
shakllanishida muhim rol o`ynagan, asarlariga qaytarilmas rang va jilo bergan narsa
hayot, vaqtli matbuot, redaksiyalardagi qaynoq ijodiy muhit va qunt, chidam bilan
o`qish, o`rganish, o`z ustida ishlash bo`ldi.
Hayotda turli xarakterdagi odamlar ko`p bo`ladi. Birov yaxshilik qilaman deb
yomonlik qilib qo`yganini o`zi ham sezmay qoladi. Birov o`zini jamoat uchun g`oyat
foydali odamman deb o`ylaydi, aslida esa zararkunanda bo`lib chiqadi. Yana birov
bilar-bilmas har narsaga aralashaveradi, o`rtagatushadi, so`z beradi, lekin baribir men
haqman, shunday qilishim kerak deb biladi. Ana shunday kishilargabag`ishlangan
«Jonginam, shartingni ayt» qissasi Xudoyberdi To`xtaboevni hajvchi adib sifatida kcng
kitobxonlar ommasiga tanishtirdi.
Xudoyberdi To`xtaboyev uzoq yillar feletonchi bo`lib ishlab, kishilarning
yurak dardini, hasratini qunt bilan o`rgandi. Bunday shikoyatlarga sabab bo`layotgan
shaxslarning xatti-harakatlarini mufassal bilib olishga intildi. Davrdan orqada qolgan,
sarqit deb atalgan illatlar botqog`igabotgan, molu dunyoga hirs qo`ygan shaxslar
haqida birtalay feletonlar yozdi. «Sariq devni minib», «Sariq devning o`limi»
nomli asarlari ana shu faktlarniumumlashtirish asosida yuzaga keldi, desak
to`g`ri bo`ladi.
Ma`lumki, hajviy qissalarimiz barmoq bilan sanarli edi. «Kalvak maxsum»,
«Toshpo`lat tajang», «Tirilgan murda», «Shum bola»dan keyin ancha vaqt bu janrda
aytarli asar yaratilmadi. Keyingi yfflarda Abdulla Qodiriy va G`afur G`ulomning
an`analarini Xudoyberdi To`xtaboyev davom ettirib, bu «bo`shliq»ni to`ldirishga
harakat qildi.
121
O`n to`rt yoshli o`smirga aytadigan gapingizdan albatta, farq qilislii kerak», deb
ta
4
Mdlaydi u. Yozuvchining bolalar va o`smirlarga atab yozgan asarlarining qiziqarli,
o`qimishli, jozibali bo`lishining asosiy sabablaridan biri ham shu. Shuning uchun
ham Xudoyberdi To`xtaboyevning birinchi yumoristik-sarguzasht qissasi, bolalar
hayotidan olingan «Sehrli qalpoqcha» tez orada bolalar hurmatiga sazovor bo`ldi va uni
jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi.
Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara olish
iste`dodi ilgarigi asarlariga nisbatan bu asarida yana ham chuqurroq sezildi. «Sariq
devni minib» asarini qiziqarli syujet asosiga quradi, asarning hikoyachisi —
bayonchisi qilib undagi barcha voqealarning ishtirokchisi, guvohi bo`lmish
Hoshimjonni qo`yadi, tilga olinadigan voqealar uning tilidan hikoya qilinadi.
Yozuvchi Hoshimjonning hikoyasi orqali uning hayot yo`li sarguzashtlarini, o`ziga
xos xarakteri va psixologiyasini atroflicha ochib beradi. Shuningdek, Hoshimjon
xarakterida Xo`ja Nasriddinning va xalq ertaklaridagi «tegirmonga tushsa butun
chiqadigan» zukko bolalarning fazilatlari yaqqol mujassamlashganligini ko`ramiz.
«Sariq devni minib» da o`qish, ilm cho`qqilarini egallash uchun va insonning
o`z orzusi, ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan
zamonamizda yashashiga qaramay, dangasalik, yalqovlik qilgan, hayotda yengil-elpi
yashashga yo`l axtargan va adashgan bolalar — hoshimjonlar kulgi ostiga olinadi:
Hoshimjon dehqon oilasidan chiqqan, sho`xligi olamni buzadigan bir bola. U
hayotdagi ko`p narsaga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz oson yo`l bilan erishgisi keladi.
Mehnatsiz va ilmsiz ham kishi istagan narsaga erisha olishi, katta obro` orttirishi
mumkin, deb o`ylaydi. O`z fikrida qat`iy turgan Hoshimjon muddaosini amalga
oshirish uchun buvisi aytib bergan ertakdagi sehrli qalpoqchani izlashga tushadi,
uzoq izlanishlardan keyin istagan ishini hech qanday mashaqqatsiz bajarishga yordam
beradigan sehrli qalpoqchani tashlandiq molxonadan topib oladi. Endi u o`zini
orzulariga batamom erishadiganday his etadi, «Ortiqcha» fanlami dars jadvalidan
chiqarishni rad etgan direktor, har xil vazifalar berib «miyasini qotiradigan»
o`qituvchilariga o`qimasdan ham har qanday kasb egasi, mashhur odam bo`la olish,
ko`krak to`la nishonlar bilan shon-shuhratlar, katta obro`ga ega bo`iish
122
mumkinligini ko`rsatib qo`ymoqchi bo`ladi va shu maqsadda sehrli qalpoqcha bilan
safarga chiqadi. Shunday qiiib uning sarguzashtlari boshlanadi.
Ming afsuski, sehrli qalpoqcha bu borada Hoshimjonga ko`mak berolmaydi.
Sehrli qalpoqcha muhayyo etgan imkoniyatlar har safar kutilmagan ko`ngilsiz
oqibatlarga olib kelaveradi. Hoshimjonning baxti endi kulay deb turganda ishning
pachavasi chiqib qolaveradi. U davlat xo`jaligida agronom bo`lib ham, «shoirlik
qilib» ham, qurilishda muhandislik qilib ham, qo`g`irchoq teartida artistlik qilib
ham ko`radi, mashhur sayohatchi sifatida butun dunyoni kezmoqchi ham bo`ladi.
Lekin hamma yerda ilmining, tajribasining yo`qligi ishning pachavasini
chiqaraveradi. Hoshimjon qaerga bormasin, qanday ish qilmasin pirovardida
sharmanda-yu sharmisor bo`ladi. Uning agronomlik va muhandislik «faoliyati»
jinoyatga olib keladi, qamalishiga sal qoladi, shoir bo`laman deb rasvo bo`ladi, «ulug`
artist» teatrdan quviladi.
Qissada Hoshimjon o`z sayohati davomida qanchadan-qancha ajoyibotlarning guvohi
bo`lib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan kechiradi. U o`qimay, mehnat qihnay,
o`z ustida ishlamay juda ko`p narsalarga erishmoqchi bo`ladi, lekin u hech narsaga
erisha olmaydi. Chunk! unga ilmsizligi pand beradi.
Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun qirralari bilan ochishga uringan. Boialarga
xos o`yinqaroqlik ham, soddaligu beg`uborlik ham, g`ururlilik, to`g`ri so`zlik,
shumlik bir oz maqtanchoqlik, hatto o`rnida yolg`onni ham do`ndirib
yuboradigan, o`zini boshqalardan ajratib ko`rsatishga intilish odatlari, boialarga
taqlidchilik, dovyurak, epchil va rahiy tetiklik, xafachilik va mhiy tushkurdikdan
yiroqlik ham Hoshimjon xarakteriga xos xususiyatdir.
Xudoyberdi To`xtaboyevning «Sariq devning o`limi» sarguzasht romani uch
qism («O`rtoq polkovnik», «Sariq devni quvib», «Sariq devning o`limi yoki olam
guliston bo`lgani»)dan iborat. Bu roman asosida ham Hoshimjon sarguzashtlari
yotadi. Kitobni o`qib uning yangi sarguzashtlaridan xabardor bo`lasiz, sehrli
qalpoqcha yana madadga keladi, ajoyib-g`aroyib karomatlar ko`rsatadi. U
Hoshimjonga jiddiy masalalarda — o`g`ri, muttaham, tekinxo`rlarni fosh etishda
yordam beradi.
123
Endilikda Hoshimjon aynan avvalgi o`yinqaroq Hoshimjon emas, balki to`qqiz
yillik maktabni bitirib, ulg`ayib, birmuncha quyulib, esi kirib, oq-qorani tanib qolgan
yigitcha. Endi u o`z hayoti, taqdiri, jamiyatga foyda yetkazadigan odam bo`lib yetishi
haqida jiddiy o`ylaydi, biror kasb egallash haqida bosh qotiradi. Boshida sartarosh
bo`ladi. «Bilasizku, bir ishga ahd qilsam, uni oxiriga yetkazmaguncha qo`ymaydigan
odatim bor. Jonirnni qiynab bo`lsa ham maqsadimga erishaman», deb shu kasb orqali
odamlarga xizmat qilishga bel bog`laydi. Keyin milisiya maktabiga kirib o`qib, uni
bitirgandan so`ng milisionerlikka ishga o`tadi. Kitobdagi barcha voqea-hodisalar,
sarguzashtlar Hosliimjonning ana shu rnilisionerlik nuqtasidan boshlanadi, hamma
gap-so`zlar qahramonning shu kasb-kori bilan bog`liq holda davom etadi.
Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida milisiya polkovnigi Salimion, uning
madadkori Hoshimjon, yomonlik, eskilik ramzi tarzida Odil battolgavdalanadi.
Ular o`rtasida tinimsiz shiddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor, u
Salimjon boshiga juda ko`p og`ir savdolar solgan, uyiga o`t qo`ygan, uning yakka-yu
yolg`iz farzandining qo`liga to`pponcha tutqazgan, jinoyaiga yetaklagan. Asar
pirovardida butun umri davomida xalqqa, yaxshi odamlarga zarar yetkazish bilan
shug`ullangan Odil battol va uning hamtovoqlari qonuniy mag`lubiyatga uchraydi,
haqiqat, adolat, ezgulik g`olib chiqadi.
Xudoyberdi To`xtaboyev o`z romanida yulg`ichlarga, qalloblarga qarshi
kurashda butun xalq bir kishiday bo`lib birlashsa, bu ishni butunlay o`z qo`liga
olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan
fikrni o`rtaga tashlaydi.
«Sariq devni minib» qissasi, «Sariq devning o`limi» romanining eng yaxshi
fazilatlaridan bin tffining shiradorligi va o`ynoqiligidadir. Muallif bosh qahramon
Hoshimjonning tilini alohida e`tibor bilan ishlagan. Bu til nozik qochirimlarga
boyligi va jonliligi, shu bilan birga bolalar tiliga mos holda soddaligi bilan ajralib
turadi. Qahramonning xarakteri uning so`zlaridan shundoqqina bilinib turadi.
Fantastik-sarguzasht janri bolalar adabiyotining eng qiziqarli janrlaridan
biridir. Bunday asarlar bolalarning ongi va psixologiyasiga kuchli ta`sir ko`rsatadi,
124
ularni o`qishga, o`rganishga, izlanishga o`rgatadi, jamiyatimizning faol
quruvchilarini tarbiyalashga yordam beradi.
«Qasoskorning oltinboshi» romani markazida bosh qahramon — tarixiy shaxs,
xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi. «Qasoskorning oltin boshi» tarixiy-biografik
roman emas, shuning uchun ham muallif Namozning hayotini batafsil yoritib
berishni maqsad qilib olgan emas. Lekin adib o`rni-o`mi bilan uning hayotiga doir
ma`lumotlar berib borgan. Bu ma`lumol l;n uning xarakterini tushunib olishda
kitobxonga yordam beradi.
Namoz faqatjismonan emas, aqlan ham yetuk. U haqiqat uchun qasoskoi,
qo`rqmas, tadbirkor, ochiq ko`ngil qahramon sffatida gavdalantirilgan. U atroflga o`zi kabi
dovyurak yigitlarni to`plab, zulmkorlarga qarshi kurashga undaydi.
Halolligi, mardligi, adolatliligi, yetimparvarligi uchun xalq Namozniyaxshi
ko`radi va uni Go`ro`g`liga qiyos qiladi. «Go`ro`g`libek Namozboy qiyofasida
paydo bo`lgan emish. Afsun o`qisa ko`zdan g`oyib bo`lib qolarmish, Undan o`q
o`tmas emish, qilich chopmas emish...»
Namozning
mardligi,
jasorati
xalq
qalbida
mangu
yashab
kelayotganligi«Qasoskorning oltin boshi» da yaxshi chizib berilgan.
Talantli bolalar adibi Xudoyberdi To`xtaboyevning «Sir ochildi», «Акйuka
Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jn qissa», «Besh
bolali yigitcha», «Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarili jangi», «Mungli
ko`zlar», «Jarmati odamlar» kabi yirik asarlarining yuzij I kelishi o`zbek bolalar
adabiyotining yutug`i hisoblanadi. U bolalar iieliu yanada o`qimishli asarlar
yaratish maqsadida tinimsiz izlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |