OLAQANOTNING POLOPONLARIGA NASIHATI
Nasibang bog‗u-rog‗da,
Azizim, polaponim.
Lochinlar ham lol qolsin,
Joningga payvand jonim.
Burgutlarday yovqur bo‗l!
Barcha gap ahillikda.
Paytin topib, bexosdan
O‗ljangga tashlan tikka!
Qorayaloq, Qarqunoq,
Qarg‗a bilan Hakkalar —
Ular o‗g‗ri, inidan
Quvib chiqing yakkalab.
O‗jarlik, muttahamlik
Faqat bizga yarashar,
Buni ayni zamonda
141
Botirlik deb sanashar.
Mevazor bog‗ni ko‗rib,
Ko‗zinglar to‗rt bo‗ladi.
Olmurutni cho‗qimang,
Bandlari mo‗rt bo‗ladi.
Tatib ko‗ring mayliga
Mevaning har xiliga,
Tanlab yenglar, iltimos,
Eng shirin, sarhilini.
Chilgi bilan uzumni
Shingilida qoldirmang,
Gilos, xurmo, noklarni
Chumchuqlarga oldirmang.
Olg‗irlarning hamisha
Olchi turar oshig‗i,
Bo‗lmang aslo qushlarning,
Siz yalama qoshig‗i.
Olaqanot deydilar,
Ota-bobong otini.
O‗tirmagin bolajonim,
Musichaday tortinib...
G„URG„ULDAY
Mayna kabi bir qush bor,
Asli nomi G‗urg‗ulday.
Farosatli, jonsarak,
Ovozlari bulbulday.
Sho‗x, sharqiroq soylarning
Suv tol o‗sgan poyiga
Uya solar, shamolda
Tebranar o‗z joyida.
Ilonlarga chap berib,
Sho‗ng‗iydi suv ostiga.
Yoayrati sig‗mas uning,
Jajji qaddi-bastiga.
Jayronga alla aytib,
Oqularni uyg‗otar.
Sarkashlikda tengi yo‗q,
142
Oy ham xotirjam botar.
Tinimi yo‗q shu qushcha
Tadbirkor chiqib qoldi,
Hozir juda urf bo‗lgan
Telefon topib oldi.
Bu xushxabar haqida
Jar soldi Olahakka.
G‗urg‗uldayning makoni
Qushlarga bo‗ldi pakka.
Zarg‗aldoq, G‗urg‗uldayni
Tabriklab, ko‗nglin xushlar,
Ko‗rib qo‗l telefonni
Maynalar yoqa ushlar.
Ko‗ribsizki, ayni payt,
Tog‗lik turfa qushlarmi
Telefonda bitirar,
Shaharga xos ishlarni.
Bayram bilan qutlaydi
Qarqunoq xolasini,
Chittak tergar o‗qishga
O‗tmagan bolasini.
Rahmat aytar qo‗shnilar
Bunday savob yumushga,
Telefon haqi uchun
Ninachi-yu, qumursqa.
Xayollar mo‗‘jizaga
Aylangan shu chog‗larda
Bozor tarzi oqibat,
Yetdi hatto tog‗larga...
Dostları ilə paylaş: |