O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
fayl 1491 20210818

Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1. Yozuvchining tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Xudoyberdi To‘xtaboyevning sarguzashtik romanlarini tahlilqiling? 
3. 
Farhod Musajonning maktabgacha ta‘lim va kichik yoshdagi bolalarga 
bag‗ishlangan qaysi asarlarini bilasiz? 
Mustaqil o`qish uchun asarlar: 
1.Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari o`qish 
2.Xudoyberdi To‘xtaboyevning hikoyalari o`qish 
3.Farhod Musajonning hikoyalarini o‘qish.
III BO`LIM. HOZIRGI DAVRDAGI O„ZBEK BOLALAR ADABIYOTI 
TARAQQIYOTI 
MIRAZIZ A‟ZAMNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI. 
M.A`ZAM SHEHRLARIDA HAYOTGA MUNOSABAT, IJTIMOIY 
ZIDDIYATLARNING BADIIY TALQINI. ADIB DRAMALARINING 


130 
MAKTAB SAHNASIDAGI AHAMIYATI. TURSUNBOY ADASHBOYEV 
IJODIDA ONA-TABIAT VA VATAN MADHI. T.ADASHBOYEVNING 
SO'NGGI YILLARDAGI IJODIY FAOLIYATI. SHOIRNING ONA-
TABIAT VA VATAN MAVZUSIDAGI SHE‟RLARI BADIIYATI 
Reja: 
1.Miraziz A‘zamning hayoti va ijodi 
2.M.Ahzam shehrlarida hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlarning badiiy 
talqini. 
2.Tursunboy Adashboyevning hayoti va ijodi. 
 
Miraziz A‟zam 1936-yilda Toshkent 
shahrida tug‗ildi. Maktabda o‗qib 
yurgan 
kezlaridayoq 
she‘riyatga 
qiziqdi. She‘riy mashqlarini Quddus 
Muhammadiy va keyinchalik Qudrat 
Hikmat 
boshchilik 
qilgan 
adabiy 
to‗garakda sinovdan o‗tkazar, ijodiy 
izlanish, o‗qish va o‗rganishni qizg‗in 
davom ettirar edi.
Adabiyot va she‘riyatga bo‗lgan chanqoqlik uni ToshDUga yetakladi. Adabiy 
mashqlari bolalar va o‗quvch ilar gazetalarida, «Gulxan», «G‗uncha» jurnallarida 
bosila boshladi. 
Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan Miraziz A‘zam bir qator gazeta va 
jurnallarda ishladi. Shoirning bolalar va kattalarga bag‗ishlangan «Metallurg», 
«Aqlli bolalar», «Senga nima bo‗ldi?», «G‗alati tush», «Er aylanadi», «Erga 
dovruq solamiz», «Haqiqatning so‗zlari», «Sabot», «Tuyg‗ular», «Bir cho‗ntak 
yong‗oq», ―Qirq bolaga qirq savol‖, ―Eng yorug‗ yulduzlar‖,‖Sevaian‖, 


131 
―Tuyg‗ular‖, ―Sabot‖, ―Haqiqatning ko‗zlari‖, ―Imon‖ kabi asarlari bolalar kitob 
javonlaridan mustahkam o‗rin olgan. 
Bolalarning jo‗shqin shoiri Miraziz A‘zam ozod va obod Vatanimiz haqida 
jo‗shib she‘rlar, dostonlar yaratgan ijodkor sifatida e‘zozlanadi. E‘tibor bering, 
uning bir she‘rida yosh qalbning ona yurtimizga bo‗lgan faxri, g‗ururi, mehri, 
sadoqati quyidagicha o‗ynoqi misralarda o‗z ifodasini topgan: 
Vataniimz guliston, 
Guliston bo‗lsin, 
Kundan kunga yashnasin 
Bo‗ston bo‗lsin. 
Hayot to‗kin, farovon, 
Tinch-omon bo‗lsin. 
Suyukli bolalar shoiri Vatanimizni qanday sevsa, ardoqlasa, ona –tilimizni 
ham ana shunday muhabbat bilan sevadi. ―Ona tilim‖ asarida ilgari surgan fikrlari 
bolalarni ona-tilimizni sevishga, ardoqlashga chaqiradi: 
Ona tilim, turkiy tilim, 
Ardoqligim, o‗zbek tilim. 
Avaylayman seni doim 
Qoboq ila ko‗zdek tilim. 
Miraziz A‘zam har bir asarida bolajonlar uchun, albatta, bir yangilik, yaxshi 
gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab-toshadi va buning uddasidan chiqadi. Masalan, 
«Er aylanadi» she‘rini olib ko‗raylik. Bunday olib qarasangiz, bu bir oddiy gap. 
Axir necha ming asrdan beri u aylanadi, yana aylanaveradi, bu haqda jozibali she‘r 
bo‗lishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan o‗tadi. Lekin she‘rni 
o‗qiydigan bo‗lsangiz sizning tasavvuringiz butunlay o‗zgaradi. Murg‗ak qalb u 
yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning o‗tishi, shamolning esib 
turishi bilan o‗sib-ulg‗ayishimiz, kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko‗z 
o‗ngimizdan o‗tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o‗ylaymiz. «Er aylanadi» 
she‘rida xuddi shu haqda bahs yuritiladi: 
Asta-asta shamol esadi,


132 
Asta-asta yer aylanadi. 
Asta-asta odam o‗sadi,
Asta-asta yer aylanadi.
Asta-asta ulg‗ayar aql,
Asta-asta yer aylanadi.
Asta-asta yetilar naql,
Asta-asta yer aylanadi... 
Miraziz A‘zamning «Qirq bolaga qirq savol», «G‗alati tush», «Nurhon bilan 
Burhon», «Ota bilan bola», «Bir cho‗ntak yong‗oq» (turkum), «Alla», «Bola va 
ona», «Yo‗tal bobo» kabi she‘r va qo‗shiqlari, «Asror», «Erk qushi», «Ona yurt 
osmonida», «Antiqa» kabi doston, ertak-dostonlari bolalarda katta qiziqish 
uyg‗otib kelmoqda. 
Bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta ulush qo‗shayotgan Miraziz A‘zam hozir 
yangi-yangi asarlar ustida ishlamoqda. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin