O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
fayl 1491 20210818

Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1. Shoirning hayoti va ijodi haqida gapirib bering. 
2. Shoirning o‗qish, odob haqidagi qaysi asarlarini bilasiz? 
3. Uning Vatan, tabiat va bolalar o‗yinlari haqidagi asarlarining o‗quvchilarga 
ta‘siri qanday? 
4. Shoir she‘rlarida bolalar hayoti qanday aks ettirilgan? 
5. Muhammad Ali she‘rlarida, asosan, qanday g‗oya ilgari surilgan? 
6. Dramaturg sifatida Anvar Obidjonning qaysi asarlari 


154 
Adabiyotlar: 
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti. 
 
 ANVAR OBIDJON IJODI O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTIDAGI 
YANIGICHA YO„NALISH SIFATIDA. ANVAR OBIDJON SHE‟RLARIDA 
KITOBXON ONGIGA TA‟SIR QILISH EMAS, QALBIGA YO„L 
TOPISHGA BO„LGAN URINISHLAR. ANVAR OBIDJONNING “SEN 
ESHITMAGAN QO„SHIQLAR” TURKUMI - O„QUVCHILARNING ENG 
SEVIMLI TO'PLAMI. ANVAR OBIDJON - USTOZLAR E‟TIROFIDA. 
ABUSAID KO„CHIMOVNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI. 
ABUSAID KO„CHIMOVNING KICHKINTOYLARGA BAG„ISHLANGAN 
SHE‟RLARIDA ILGARI SURILGAN G„OYALAR. ABUSAID 
KO„CHIMOV ERTAK VA DOSTONLARINING O„ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1.Anvar Obidjonning hayoti va ijodi. 
2. Anvar Obidjon – ustozlar e‘tirofida. 
3.Abusaid Ko‗chimovning hayoti va ijodi. 
4.Abusaid Ko‗chimov ertak va dostonlarining o‗ziga xos xususiyatlari. 
5.. Xulosa 
 


155 
 
Anvar Obidjon. Hozirgi zamon o‗zbek 
bolalar adabiyotining taraqqiyotiga juda 
katta hissa qo‗shib kelayotgan Anvar 
Obidjon 
1980-yilda 
«Bahromning 
hikoyalari» nomli to‗plami chiqqanidan 
so‗ng adabiy jamoatchilikning e‘tiboriga 
tushdi. Oradan shuncha vaqt o‗tib ham, u 
o‗zining munosib o‗rnini mustahkam 
saqlab turibdi, uning ko‗p qirrali ijodiga 
bo‗lgan qiziqish tobora ortmoqda.  
Ibrohim G‗afurov, Xudoyberdi To‗xtaboev, Abdug‗afur Rasulov, Said 
Ahmad, Safo Matjon, Rahmon Qo‗chqor, Miraziz A‘zam, Mamasoli Jumaboev
Mahmud Sattor, Kavsar Turdieva, Tursunboy Adashboev, Lola Sodiqova-
Zvonaryova, Rahmatulla Barakaev, Hulkar Hamroeva kabi munaqqid va 
adiblarimiz bu ijodkorning asarlari to‗g‗risida bir-biridan ko‗tarinki maqolalar 
yozishdi.Izlanuvchi olima Zamira Ibrohimovaning «Quvnoqlikka yashiringan izti-
roblar» nomli kitobida (A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti, 2005) 
adibning nazm va nasrdagi asarlarining nihoyatda o‗ziga xosligi, o‗quvchini o‗ziga 
mahliyo eta olish sirlari keng talqin qilib berilgan. 
Anvar Obidjon ijodi yuzasidan fikr bildiruvchilarning barchasi doimo bir 
narsaga, ya‘ni uning bolalar adabiyotiga yangicha bir yo‗nalish olib kirganiga 
alohida urg‗u berib o‗tishadi. Noto`g`ri so`zlash yo`nalish emas
7
. (M. Arnold) 
Kichkintoylar shoiri Tursunboy Adashboev bu holni soddagina ta‘riflab: «80-
yillarga kelib Anvar Obidjon bolalar she‘riyatidagi ob-havoni bir yo‗la yangiladi», 
deb yozgan edi. 
Anvar Obidjonga xos kashfiyotning siri shundaki, shoir bolalarning ongidan 
ko‗ra ko‗proq ko‗ngliga ta‘sir o‗tkazish yo‗lidan bordi. Binobarin, ko‗ngilga 
7
M. Arnold 
Theory of literature Yale University- 2012 Chapter 7–Page 92 


156 
qattiq o‗rnashmagan narsa ongda uzoq vaqt saqlanishi, saqlanganda ham faol 
harakatga sabab bo‗lishi qiyin. 
Tahlil qilib ko‗rish uchun «Bahromning hikoyalari» kitobidagi «Bezori» 
degan she‘rni olaylik: 
Qarg‗a kirdi
— Menga qara, 
Kinoga,
Vey, Laylak, 
O‗xshab
Yeganmisan 
Buratinoga.
Hech kaltak? 
Hammajoylar
Qani, 
Edi band, 
Turchi o‗rningdan. 
Borib dedi 
He, o‗rgildim 
Nopisand: 
Burningdan! 
«Bezori»da esa, Anvar Obidjon she‘rxonning ko‗ngliga yo‗l izladi va 
o‗quvchiga quvnoq kayfiyat bag‗ishlovchi qiziq holat, kulgili obraz yaratish orqali 
bunga muvaffaq bo‗la oldi. Dilozor bezorining ko‗pchilik uncha xushlamaydigan, 
isqirt joylarda ivirsib yuruvchi qarg‗a qiyofasida berilganining o‗zi jajji 
kitobxonning ko‗nglida unga nisbatan ijirg‗anish hissini uyg‗otadi va bolaning 
g‗ashiga tegishi mumkin bo‗lgan quruq nasihatlarni aytishga hojat qolmaydi. 
Sharoit shunday ekaniga qaramasdan, Anvar Obidjon bariibir o‗z uslubiga 
sodiq qolib, o‗zi tanlagan yo‗lda turib, tinimsiz ijod qilaverdi. Hali qishloqda 
yashab turgan vaqtlarida, asosan, o‗tgan asrning 70-yillari o‗rtalaridan boshlab 
yaratgan turkum- turkum she‘rlari avvaliga matbuotda bitta-ikkita bo‗lib ko‗rinib 
turdi. Shoir 80-yillar boshida Toshkentga ko‗chib kelgach, she‘rlariga endi 
matbuotdan kengroq o‗rin berib borildi, bolalar adabiyotini nazorat qilib turuvchi 
ko‗zlar ham uning uslubiga asta-asta ko‗nika borib, yangidan yangi kitoblari nashr 
etildi. Anvar Obidjonning she‘riy turkumlari haqida so‗zlaganda bir narsani qayd 
etib o‗tish lozim bo‗ladi. Ba‘zi qalamkashlar turli yillarda bitilgan she‘rlarining 
mazmuni yaqinroqlarini jamlab, keyinchalik turkumga aylantirishadi. Anvar 
Obidjon esa, avval o‗ziga xos mazmunga ega bo‗lgan turkumni kashf etib, keyin 


157 
shu yo‗nalishda she‘rlar yaratgan. Buni qaysi bir turkumga razm solmang, undagi 
she‘rlarning shakli, hajmi, vazni deyarli bir xil ekanligidan sezish mumkin. 
Anvar Obidjonning she‘riy dostonlari ham talaygina. «Odil Burgutshoh va 
«Zamburug‗» laqabli josus haqida ertak»da agar yurt ichidagi odamlar ahil bo‗lib, 
hushyor bo‗lib yashamasa, tashqi g‗animlar har qanday qudratli va obod o‗lkani 
ham hiyla-nayranglar bilan kuchsizlantirishi, vayron qilishi mumkinligi to‗g‗risida 
so‗z boradi. «O‗g‗irlangan pahlavon haqida ertak» esa bir qarashda, asosan, 
bosqinchilikni qoralagandek tuyulsa-da, bunda eng asosiysi millatning tili 
masalasidir. Dostonda go‗dakligida boshqa yurtga o‗g‗irlab ketilgan bola tengsiz 
pahlavon bo‗lib ulg‗aygach, bosqinchilarga qo‗shilib o‗z xalqiga qarshi jang 
qilgani, hatto o‗z onasi bilan olishib, onaning tilini tushunmagani bois, halok 
bo‗lishiga sal qolgani hikoya qilinadi.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‗ng‗iroqli yolg‗onchi» nomli 
birinchi 
pesasi 
1983-yilda 
Respublika 
yosh 
tomoshabinlar 
teatrida 
sahnalashtirilgan. Keyinchalik mazkur teatrda va Farg‗ona, Guliston, Qarshi, 
Qo‗qon teatrlarida uning «Pahlavonning o‗g‗irlanishi», «Topsang, hay-hay», 
«To‗tiqul», «Samozvanes», «Qorinbotir», «Alamazon», «Navro‗z va Boychechak» 
kabi pesalari namoyish etildi. «O‗zbekfilm» kinostudiyasida uning ssenariylari 
asosida «Tilsimoy — g‗aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» kinolari suratga 
olingan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin