MAYMUNLAR TELEVIZORIDA
Ko‗rsatamiz bananni,
Yalamanglar ekranni.
162
BURGUTLAR DARSLIGIDA
"Tutdik to‗rtta Qarqunoq,
Yarmin yedik. Juftmi, toq?"
Abdusaid Ko„chimovni maktabdoshlari «muxbir
bola» deb atar edilar. Chunki uning lavha va
xabarlari tez-tez gazetalarda chiqib turardi. U a‘lo
o‗qish, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga,
adabiyotni jon-dildan sevar, «O‗zbek xalq ertaklari»,
«Alpomish», «Go‗ro‗g‗li», «Tohir va Zuhra»,
«Uchar gilam», «Gulliverning sayohatlari», «Temur
va uning komandasi», «Shum bola» singari kitoblarni
qo‗ldan qo‗ymay o‗qirdi.
Adabiyotga bo‗lgan muhabbat uni, o‗rta maktabni 1967-yili tamomlaganidan
keyin, Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga yetaklab keldi. U
1968—1972-yillarda mazkur institutning (hozirgi universitet) o‗zbek tili va
adabiyoti fakultetida tahsil oldi.
Institutda o‗zbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan yanada chuqurroq
tanishdi. Ulkan adiblar ijodi unga mahorat maktabi vazifasini o‗tadi. Bu
yozuvchilardan haqqoniy qiyofa yaratish, jonli xarakter chizish, qiziqarli badiiy
usullar bilan bolalarni katta hayot ichiga olib kirish yo‗llarini o‗rgandi. So‗zning
sehrli kuchini his qildi. Ehtimol, ushbu hodisalar bo‗lajak shoir va adibning
tuyg‗ulariga yanayam kuchliroq g‗ulg‗ula solgandir.
Abdusaid Ko‗chimovning mehnat faoliyati 1972-yilda «O‗qituvchi»
nashriyotida musahhihlikdan boshlandi. Ushbu nashriyotda olti oy ishlaganidan
keyin, bolalarning respublika gazetasi «Tong yulduzi»ga adabiy xodim bo‗lib
ishga o‗tdi va 1984-yilgacha ana shu gazetada bo‗lim mudiri, mas‘ul kotib
vazifalarida mehnat qildi. Gazetachilik ishi Abdusaid Ko‗chimov qalamini
charxlab, adabiy ishga yo‗llabgina qolmadi, balki keng hayot ichiga olib kirdi,
163
bolalar dunyosi, ruhiy olami bilan do‗stlashtirdi. Hayotiy kuzatishlar yangi mavzu,
yangi material berdi. Bu yillar ijodkorning tarjimai holida hayotni o‗rganish,
anglash, tushunish va adabiyot sirlarini egallash davri bo‗lib qoldi, deyish mumkin.
Gazetachilik ishi yuzasidan tez-tez safarlarga chiqqan qalamkash respublika shahar
va qishloqlarini kezdi, yirik qurilishlarda, maktablarda bo‗ldi. O‗zining bo‗lajak
qahramonlari bilan yaqindan tanishdi. SHu tariqa uning asarlarida odobli, a‘lochi,
mehnatkash, tirishqoq va ayni paytda, o‗jar va sho‗x bolalarning xilma-xil
qiyofalari paydo bo‗ldi. Ana shunday asarlardan biri «Mening O‗zbekistonim»
dostonidir. Doston bolalar adabiyotidagi tipik usullardan biri — sayohat janrida
yozilgan. Dostonda mamlakatda sodir bo‗layotgan voqea va hodisalar Bobo bilan
Nabiraning xayolan qilgan sayohati vositasida juda qiziqarli hikoya qilinadi. Bu
doston 1979-yilda alohida kitob — albom shaklida nashr etildi.
Tinimsiz izlanishlar, hayotdan va ustozlar ijodidan o‗qib o‗rganishlar
Abdusaidga ijodda o‗z ovozi, o‗z yo‗lini topib olishga imkon yaratdi. SHoirning
uchinchi kitobi — «Toshburgut» (1981-yil) Abdusaid Ko‗chimovning Ma‘lum
kamolotga yetganiga dalolatnoma bo‗ldi, deyish mumkin.
«Maqtanchoqlar», «Mish-mishvoy», «Inoqlar», «Yolg‗on-chi-sayohatchi»,
«Jazo», «Suflyor» she‘rlarida yuksak yumor bilan birga bolalarda uchraydigan
sodda mug‗ambirlik, maqtanchoqlik, o‗yinqaroqlik ajoyib mahorat bilan
tasvirlanadi. «Suflor» asari ana shu jihatdan e‘tiborli.
She‘r bir sinfdagi oddiy va hayotiy voqea zaminiga qurilgan. Bayram
arafasida bolalar sinfda pesa qo‗ymoqchi bo‗ladilar. Rollar taqsimlanadi. Birov ot,
birov chol, yana birov quyon. Barcha rollar taqsimlab bo‗lingach, o‗qituvchi:
Sahnada o‗z so‗zidan
Adashgudek bo‗lsa kim,
Unga parda ortidan
Xolis yordam beruvchi,
Bilmay qolgan so‗zini
Sekin aytib turuvchi,
164
Suflyor kerak, — deb qoladi. Tarbiyachining gapini eshitgan bolalar
yoppasiga Hakim degan bolaga qaraydilar.
Abdusaid Ko‗chimovning ijodi bilan tanishar ekansiz, uning asarlarida bola
xarakterining shakllanishida oila, jamoa va do‗st-birodarlarning roli muhim
ekanini ko‗rsatish alohida o‗rin egallashini ko‗rasiz. Aksariyat asarlarida
bolalarning ijtimoiy hayotda o‗ynaydigan roli batafsil tilga olinadi, tahlil va tasvir
etiladi. «Biz o‗n yetti o‗rtoqmiz», «Uch do‗st, Ali bobo va anzur piyoz haqida
ballada», «Er — boyliklar onasi» kabi she‘rlari xuddi shunday xususiyatga egadir.
Ularda baxtning kaliti mehnat ekanligi shunchaki bayon qilinmaydi, balki
mehnatsiz, qiyinchiliklarni yengib o‗tmasdan hech narsaga erishib bo‗lmasligi
bolalarbop badiiy bo‗yoqlarda mahorat bilan tasvirlanadi. Dangasalik va ayyorlik
bilan do‗stlik qadrini yerga urish, mulohazasizlik, maqsadsizlik va maslaksizlik
oxir-oqibat xunuk oqibatlarga olib borishi qoralanadi. Shoirning «Chanoq»
dostonini o‗qigan kishi bunga yana bir karra ishonch hosil qiladi.
Abdusaid Ko‗chimovning «Yosuman», «Toshburgut», «Vulqonlar» kabi
ertaklari adolat, do‗stlik kabi insoniy tuyg‗ular talqiniga ayricha yondashilgani
bilan xotirada muhrlanadi, o‗quvchi qalbini junbushga keltiradi. Binobarin, yosh
avlodni chin odamiylik ruhida tarbiyalash, jamiyatga munosib kishilar qilib kamol
toptirishdek muqaddas mavzuda asar yaratish har qaysi qalamkashning birinchi
vazifasidir.
Shoir o‗zining «Chaman» dostonida mazkur vazifani yana bir karra go‗zal bir
shaklda ado etgan. Tarixiy mavzudagi mazkur yirik asar yosh kitobxon qalbida
vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, dushmanlarga qahr-u g‗azab uyg‗otishi bilan
yuksak hayotiy va badiiy ahamiyatga molikdir.
Ijodkorning faoliyatida bolalar uchun yozilgan qissalar va hikoyalar, ayniqsa,
muhim o‗rin egallaydi. Uning «Mening yulduzim», «Halqa», «Baland tog‗lar»
kabi kitoblaridan o‗rin olgan asarlari yuksak badiiy salohiyati bilan bolalar nasrini
bezab turadi. Bu asarlarni inson xarakterini yaratishdagi betakror mahorati bilan
ham o‗zbek nasrining eng sara namunalari, deb bemalol aytish mumkin. SHunday
xususiyatlari uchun ham adibning bir qator hikoya va qissalari, she‘rlari jahondagi
165
ko‗pgina xalqlar tiliga tarjima qilindi. Xitoyda uning ikki kitobi «Halqa» (1993-
yil) va «Hayot hukmi» (2000-yil) nomlari bilan nashr etildi. «Boychechak»
hikoyasi, «Baland tog‗lar ostida» qissasi asosida ko‗p seriyali badiiy filmlar
yaratildi. 1987-yilda chop etilgan «Halqa» kitobi G‗afur G‗ulom nomidagi
mukofotga sazovor bo‗ldi. Tabiat mavzusida yozgan asarlari uchun esa 1984-yil
YuNESKO mukofoti bilan taqdirlandi.
Adibning barcha nasriy asarlariga xos bo‗lgan yana bir fazilat bor. Bu kattalar
va kichiklar, otalar va bolalar o‗rtasida azaliy munosabatlarning nozik qirralarini
o‗ta sezgirlik bilan idrok etish va badiiy qiyofasini topa bilishdir. Muallif o‗z
asarlarida hamisha hayotiylikka, tabiiylikka intiladi. Hech qachon voqealarni
to‗qib chiqarmaydi, to‗qimalik ham hamisha o‗ta tabiiy tasviri bilan asar
qahramonlari qoniga singdirib yuboriladi. Misol uchun «O‗g‗il» hikoyasini
eslaylik. Hikoya qahramoni Avaz ismli oddiy qishloq bolasi. Uning otasi bir
zamonlar o‗zbek xalqi boshiga mislsiz kulfatlar keltirgan mash‘um «Paxta ishi»
bo‗yicha olib borilgan tekshiruvda nohaq qamalgan. Bola hayot murakkabliklarini
tushunishga hozircha qodir emas. SHu boisdan u otasi «ikki tonna paxtani qo‗shib
yozgani uchun», degan kattalarning aldoviga ishonadi. Otasining «kamomadi»ni
qoplash va ozodlikka chiqib olishiga yordam berishga astoydil bel bog‗laydi.
Ertadan kechgacha, hatto kun-u tun, yomg‗ir tinmagan ezgin damlarda ham paxta
teradi. Lekin tergani ikki tonnaga yetganda haqiqatni biladi. Nishonboy
tabelchiyam, Suvon traktorchiyam aldamchi eka-nini anglaydi. Beg‗ubor bolaning
ruhiy dunyosi ostin-ustun bo‗lib ketadi. «Yolg‗onchi! — dedi kutilmagan
nohaqlikdan yurak-bag‗ri o‗rtanib ketgan Avaz,— Hammangiz aldamchisizlar,
aldamchi! Aytaman, hammangizni otamga aytaman! Ota, otajon! — Bola keskin
burildi-yu, izillab yig‗lagancha yomg‗ir sim-sim yog‗a-yotgan kimsasiz dala
bo‗ylab yugurib ketdi...» Hikoya ana shunday dilo‗rtar satrlar bilan yakunlanadi.
Bolaga hech qachon yolg‗on so‗z aytmaslik kerakligi, uning murg‗ak qalbiga
yolg‗on sig‗masligi va har qanday yolg‗on uning ruhiyatiga putur yetkazishi
hikoyada o‗z ifodasini topgan.
166
«Boychechak» hikoyasida esa ana shu g‗oya yanada chuqurroq talqin etiladi.
Bu asarning sujeti ham oddiy va sodda: qishloqdagi an‘anaga ko‗ra har yili erta
bahorda «Boychechak» qo‗shig‗i aytiladi. Boychechakni birinchi bo‗lib topib
kelganlar doimo boshqalar oldida ayricha ehtiromga ega bo‗ladilar. Qo‗zivoy ismli
mittigina bola bu yil ana shu hurmatga sazovor bo‗ladi. Tog‗asi unga
«Boychechak» keltirib beradi. Sevinib ketgan bolalar to‗planishib, yarim tunga
qadar uyma-uy «Boychechak» qo‗shig‗ini aytadilar. Odatga ko‗ra, tushgan pul
hammaga teng bo‗linishi, boychechak egasiga esa ko‗proq berilishi lozim edi.
Ammo jo‗raboshi — Murod chilim Qo‗zivoyga hammadan kam pul beradi.
Boshqa bolalar nohaqlikni sezgan esalar-da, avvaliga jim kuzatib turishadi. Biroq
Qo‗zivoy pulni otasi urushda halok bo‗lgan, onasi ko‗pdan buyon betob bo‗lib
to‗shakda mixlanib yotgan do‗stiga bermoqchi ekanini bilishgach, chidab turisha
olmaydi. Nafaqat bolalar, hatto Murod chilimning o‗zi ham qilmishidan
pushaymon yeydi va boshqalardan berkitib, paytavasi orasiga yashirgan chaqalarni
o‗rtaga tashlaydi. Bolalar hamma pulni olib, onasi bemor bo‗lgan Usmonlarnikiga
qarab yo‗l olishadi. Uyat va or-nomusdan ezilgan jo‗raboshi hamrohlarining
ko‗ziga tik qarashga botinmay o‗zini zim-ziyo tun qa‘riga uradi.
Hikoya quyidagicha yakun topadi:
« — O‗zidan ko‗rsin, — dedi bolalardan biri.
Bahrilla pullarni shu holicha gazetaga o‗radi. Bolalar eng quvonchli xabarni
yurtdoshlariga yetkazishga oshiqayotgan elchilardek, g‗uvullab Usmonlarnikiga
jo‗nashdi. Oldinda pildirab ketayotgan Qo‗zivoyning shodligi ichiga sig‗masdi.
Uning xayolida qo‗lidagi boychechak mash‘al singari hammalarining yo‗lini
yoritayotgandek tuyular va shuning uchun ham qo‗lini baland ko‗tarib ketib
borardi».
Ko‗pchilik e‘tibor bermaydigan shunchaki voqeadan g‗oyat ulkan xulosalar
chiqaruvchi bunday barkamol asarlar bolalar adabiyotida uncha ko‗p emas. Bu
hikoya yuksak badiiy mahorat mevasi bo‗lgani uchun ham adabiyotimiz
xazinasidan munosib o‗rin egallaydi.
167
Adibning «Qochoq», «Halqa», «Ishqibozlar» kabi hikoyalari ham o‗zbek
bolalar adabiyotida yaratilgan eng sara asarlar qatoriga kiradi.
Abdusaid Ko‗chimovning qissanavislikda erishgan muvaffaqiyatlari, ayniqsa,
havas qilgulikdir. Bugungi kunga kelib yigirmadan ortiq kitob muallifi bo‗lgan
Abdusaid Ko‗chimov nafaqat bolalar, ayni chog‗da kattalar adabiyotining ham
ko‗zga ko‗ringan ijodkorlaridan biriga aylandi. Uning «Ikki bahor», «Umid
daraxtlari», «Qiyofa», «Yosuman», «Ko‗zlarimning qarog‗idasan», «Muhabbat
bog‗lari», «El suv ichgan daryolar» kabi kitoblarini barcha yoshdagi o‗quvchilar
sevib o‗qishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |