O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


OLAQANOTNING POLOPONLARIGA NASIHATI



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
fayl 1491 20210818

OLAQANOTNING POLOPONLARIGA NASIHATI 
Nasibang bog‗u-rog‗da, 
Azizim, polaponim. 
Lochinlar ham lol qolsin, 
Joningga payvand jonim. 
Burgutlarday yovqur bo‗l! 
Barcha gap ahillikda. 
Paytin topib, bexosdan 
O‗ljangga tashlan tikka! 
Qorayaloq, Qarqunoq, 
Qarg‗a bilan Hakkalar — 
Ular o‗g‗ri, inidan 
Quvib chiqing yakkalab. 
O‗jarlik, muttahamlik 
Faqat bizga yarashar, 
Buni ayni zamonda 


141 
Botirlik deb sanashar. 
Mevazor bog‗ni ko‗rib, 
Ko‗zinglar to‗rt bo‗ladi. 
Olmurutni cho‗qimang, 
Bandlari mo‗rt bo‗ladi. 
Tatib ko‗ring mayliga 
Mevaning har xiliga, 
Tanlab yenglar, iltimos, 
Eng shirin, sarhilini. 
Chilgi bilan uzumni 
Shingilida qoldirmang, 
Gilos, xurmo, noklarni 
Chumchuqlarga oldirmang. 
Olg‗irlarning hamisha 
Olchi turar oshig‗i, 
Bo‗lmang aslo qushlarning, 
Siz yalama qoshig‗i. 
Olaqanot deydilar, 
Ota-bobong otini. 
O‗tirmagin bolajonim, 
Musichaday tortinib... 
G„URG„ULDAY 
Mayna kabi bir qush bor
Asli nomi G‗urg‗ulday. 
Farosatli, jonsarak, 
Ovozlari bulbulday. 
Sho‗x, sharqiroq soylarning 
Suv tol o‗sgan poyiga 
Uya solar, shamolda 
Tebranar o‗z joyida. 
Ilonlarga chap berib
Sho‗ng‗iydi suv ostiga. 
Yoayrati sig‗mas uning, 
Jajji qaddi-bastiga. 
Jayronga alla aytib
Oqularni uyg‗otar. 
Sarkashlikda tengi yo‗q, 


142 
Oy ham xotirjam botar. 
Tinimi yo‗q shu qushcha 
Tadbirkor chiqib qoldi, 
Hozir juda urf bo‗lgan 
Telefon topib oldi. 
Bu xushxabar haqida 
Jar soldi Olahakka. 
G‗urg‗uldayning makoni 
Qushlarga bo‗ldi pakka. 
Zarg‗aldoq, G‗urg‗uldayni 
Tabriklab, ko‗nglin xushlar, 
Ko‗rib qo‗l telefonni 
Maynalar yoqa ushlar. 
Ko‗ribsizki, ayni payt, 
Tog‗lik turfa qushlarmi 
Telefonda bitirar, 
Shaharga xos ishlarni. 
Bayram bilan qutlaydi 
Qarqunoq xolasini, 
Chittak tergar o‗qishga 
O‗tmagan bolasini. 
Rahmat aytar qo‗shnilar 
Bunday savob yumushga, 
Telefon haqi uchun 
Ninachi-yu, qumursqa. 
Xayollar mo‗‘jizaga 
Aylangan shu chog‗larda 
Bozor tarzi oqibat
Yetdi hatto tog‗larga... 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin