137
Biz olti kun sarson bo‗ldik
Terisini ayirmoqqa.
Dovulg‗idan kergi yasab,
Tuyoqparin kerib qo‗ydik.
Har
birini tongdan boshlab
Ro‗yan bilan bo‗yab-oshlab,
Olti xurjun tikib berdik,
Cho‗pon tog‗am Xoliqulga.
Shunday gaplar, bo‗sh yurmadik,
Do‗stim, yozgi kanikulda.
OSMON QAYDAN BOSHLANADI?
Tokqa boshin qo‗ysa quyosh,
Ufq ortin cho‗g‗ qilarkan.
Burgut uchun osmon asli
Boshlanadi cho‗kqilardan.
Chumolining vaqti ziqroq,
Gapi qisqa, qalbi qaynoq.
Uning uchun ko‗k gardishi
Oltin rangli momaqaymoq.
Mirzacho‗llik dehqon bobo
Gurung boshlar olisdan:
- O‘tar
osmon chegarasi,
Bizning qovun polizdan.
-
Muruntovlik mergan aytar:
- Kuni-kecha qaytdim ovdan.
O‘zim ko‗rdim, osmon asli,
Boshlanarkan Tangritog‗dan.
TUPROQ
Ajdodlardan meros bo‗lib
Qolgan tuproq.
Bobolarning qon va teri
Tomgan tuproq.
138
Qizg‗aldoqlar ochilganda
Qilmay kanda,
Qir-adirlar gulxan bo‗lib
Yongan tuproq.
To‗kin-sochin dasturxonni
Solgan tuproq.
Dori-darmon, sinovlardan
Tolgan tuproq.
Qotilni ham, botirni ham
Sukut saqlab,
Ehtiyotlab, o‗z bag‗riga
Olgan tuproq.
Bobolarning qon va teri
Tomgan tuproq.
Dostları ilə paylaş: