O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
fayl 1491 20210818

Tursunboy Adashboev 1939-yilda Qirg‗izistonning 
O‗sh viloyatiga qarashli Olabug‗a tumanidagi Safed 
Bulon qishlog‗ida tug‗ilgan. U Toshkent davlat 
dorilfununini hamda Jahon adabiyoti institutini 
bitirgan. 
Shoir 
«Olatog‗-lolatog‗» 
kitobida 
yozganidek, ikki elning farzandidir: 
O‗zbek, qirg‗iz qoni singgan,
Sizga aytsam to‗g‗riman.
SHu boisdan ikki xalqning
Erka shoir-o‗gliman. 
Tursunboy Adashboev o‗zbek va qirg‗iz tillarida ijod qiladi. 
«Kamolning olmasi» deb nomlangan birinchi kitobi 1967-yilda talabalik 
chog‗idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi «Yosh gvardiya», Bishkek 
shahridagi «Mektep» nashriyotlarida «Biz sayohatchilar» (1969), «Ala-Toluk 


133 
bolomun» (1971), «Arslonbob sharsharasi» (1973), «Surnay» (1975), «Nur daryo» 
(1977), «Guldasta» (1979), «Olatog‗-lolatog‗» (1982), «Oqbura to‗lqinlari» 
(1985), «Sovg‗a» (1987) to‗plamlari bosilib chiqdi. 
Kichkintoylarga qisqa va lo‗nda she‘rlar yozish, qissadan hissa chiqarish 
Tursunboy Adashboev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning 
«Sumalak» sarlavhali she‘ri shu jihatdan e‘tiborli: 
Boychechaklar nish urib,
To turguncha o‗rnidan.
Bahor qishni tarnovga,
Osib qo‗ydi burnidan. 
Tursunboy Adashboevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo‗g‗rilgan 
asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o‗girilgan. Masalan, «Pesnya Jovoronok», 
«Podarok», «Olti oyoqli xo‗tikcha», «Olatog‗ ohanglari» singari bir talay kitoblari 
rus, latish, qozoq va o‗zbek bolalar she‘riyati antologiyalaridan munosib o‗rin 
olgan. 1989 — 90- yillarda uning «Arslonbob afsonasi», «Sichqonning orzusi», 
«Uch bo‗taloq va sirli qovoq» to‗plamlari nashr etildi. 
Ijodkor qator uchrashuvlarda, gazeta va mahallalardagi suhbatlarda berilgan 
savollarga qaytargan javoblarida she‘r yozishning sir-sinoatlarini o‗ziga xos 
yo‗nalishda ochib berganligini kuzatamiz: 
— 
Nima uchun bolalarga she‘r yozasiz? 
— 
Ezib yomg‗ir yog‗ganidan keyin, yetilgan yerni, zavq-shavq bilan 
haydagan qo‗shchining mehnatini sira kuzatgan-misiz? Kichkintoylarga she‘rlar 
mashq qilar ekanman, ana shu dehqonga o‗xshab ter to‗kishga harakat qilaman. 
Demak, har kim qo‗lidan kelgan yumushni uddalashi kerak. Qisqasi, bolalarga 
she‘r yozishdan o‗zga ish qo‗limdan kelmaydi. 
— 
Sizda she‘rning tug‗ilishi qanday kechadi? 
— 
Asosan, hayotni, bolalarning so‗ngsiz olamiga aloqador ikir-chikir, 
voqea va hodisalarni sinchiklab kuzatishdan tug‗iladi. Masalan, oddiy bir tugmani 
chumolini yo‗liga qo‗yib, xatti-harakatini kuzatsangiz, taxminan quyidagicha 
mashq qog‗ozda aks etishi mumkin: 


134 
Charchab, horib
Yumushdan
Qaytar edi
Qumursqa. 
Tugmani
Olib qo‗lga,
Tashladim
Uni yo‗lga. 
U yon-bu yon 
Bo‗yladi.
Tog‗ ekan deb
O‗yladi... 
— 
She‘rlaringizda manzara yaratish mahoratini kimdan o‗rgangansiz? 
— 
Har bir misra ustida ishlash va manzara yaratish san‘atini ustoz 
Qudrat Hikmatdan o‗rganganman.
Kichkintoylar uchun atalgan she‘rlar to‗q mag‗iz qofiyalar asosiga qurilgan 
taqdirdagina o‗qish uchun o‗ng‗ay, yodlash uchun oson ko‗chadi. Zotan, Zafar 
Diyor, Qudrat Hikmat she‘riyatining umrboqiyligi ham ana shundadir. Tursunboy 
Adashboev ham ustozlari izidan borib kutilmagan qofiyalar topadi. Bu muallif 
qalamga olgan mavzuni o‗quvchiga tezroq yetib borishiga xizmat qiladi. Shoirning 
ijodiy fazilatlaridan yana biri she‘rlarining qisqa, lo‗ndaligida. 
Tursunboy Adashboev jahon bolalar she‘riyati vakillarining asarlarini 
o‗zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayotir.
Tursunboy Adashboevning ijodi bilan tanishgan kishi bir narsaga amin 
bo‗ladi: bu asarlar bolalar ham, kattalar ham baravar o‗qiydigan ibrat kitobidir. 
Tursunboy Adashboevning eng sara she‘rlari jamlangan «Orzularim — qo‗sh 
qanotim» deb nomlangan kitobini sinchiklab o‗qib chiqib, quyidagi xulosaga 


135 
kelish mumkin: qalamga olingan mavzular bolalarning o‗ziday beg‗ubor, hajman 
qisqa va lo‗nda. Kutilmagan qofiyalar esa she‘rning ravonligini oshirib
kichkintoylarning osongina yod olishini ta‘minlaydi. 
Tursunboy Adashboev vaqtli matbuotda, nashriyotda va har ikki 
respublikaning Yozuvchilar uyushmalarida xizmat qiladi. SHuningdek, jahon 
bolalar adabiyotining eng yetuk vakillari asarlarini maromiga yetkazib tarjima 
qilgan. Qirg‗iz xalq eposi — «Manas»ning nasriy variantidan tortib S. Eraliyev, S. 
Jusuyev, T. Qosimbekov, J. Mavlonov, B. Sarno‗g‗ayev, N. Alimbekov kabi 
ijodkorlarning o‗ttizga yaqin asarlari o‗zbek tilida bosilib chiqqan. 
Ikki elning ardoqli shoiri Tursunboy Adashboevning xizmatlari munosib 
baholangan. Ijodkor «O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan o‗qituvchi» degan nom va 
«Do‗stlik» ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, «Qirg‗izistonda xizmat 
ko‗rsatgan san‘at arbobi» hamda «Manas» ordenining sovrindoridir. 
TONGDA 
Tongda hushtak chalgandim, 
Chiqib shuvoq boshiga, 
Ma‘qul bo‗pti ovulning 
Kattasiga, yoshiga. 
Bu qilig‗im Xo‗rozning 
Tekkan emish g‗ashiga... 
Meni ko‗rsa Dakanboy, 
Minib jahl otiga, 
Ko‗cha-ko‗yni to‗zg‗itib, 
Zo‗r berar qanotiga. 
Shayton kirdi oraga, 
Sizga aytsam dangalin, 
Yerni uzib olguday 
Uning tirnoq-changali. 
Chigirtkani egarlab, 
Quva ketdim Xo‗rozni. 
Adabini beray deb, 
Shumtakani, darozni. 


136 
Lekin otim yiqilib, 
Oyog‗im sinib ketdi. 
Chigirtkani jilovlab, 
Dakanboy minib ketdi. 
...Tomoshaning qizig‗i 
So‗qmoqli yo‗lda bo‗pti. 
Xo‗roz bilan Chigirtka 
Tulkiga o‗lja bo‗pti... 
KAPADA 
Sanjar bobosi bilan 
Qovun poylar kapada. 
Ko‗kda yulduz marjoni, 
G‘ir-g‗ir esar shabada. 
Nabirasi bidillab, 
Cholni tutar so‗roqqa. 
Yarmi kemtik oy chiqdi 
O‘xshab oltin o‗roqqa. – 
Bobo, qarang, tunov kuni 
Butungina oy edi. 
Birov uni sindirib 
Qo‗yganmi, deb koyidi... 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin