O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



24 
Mavzu: OHAK TEXNOLOGIYASI 
Reja: 
1. Havoda qotadigan ohak. 
2. So'ndirilmagan kesak-ohak. 
3. So`ndirilgan oxak. 
Havoda qotadigan ohak deb, tarkibida 8% gacha gil qo'shilmalar bo'lgan va 
erib yopishib qolmaydigan qilib bir me'yorda kuydirilgan ohaktoshlarni mayda 
tuyish natijasida hosil bo`ladigan havoda qotuvchan bog'lovchi moddalarga 
aytiladi. 
Hali tuyilmagan kuydirish mahsuloti so'ndirilmagan kesak ohak (qaynama) 
deb ataladi. U shu holicha bog'lovchi modda hisoblanmaydi va uni qorishma 
hamda beton tayyorlashda ishlatib bo'lmaydi. Bog'lovchi modda boiishi uchun 
kesak-ohak mayda tuyilishi zarur. 
Kesak-ohakni maydalashning ikki usuli qo'llaniladi: 
mexanik usul - zo'ldirli yoki boshqa tegirmonlarda tuyiladi; 
so'ndirish usuli - ohak bo'laklariga suv bilan ta'sir qilinadi; shunda ohak o'z-
o'zidan mayda zarrachalarga parchalanadi (dispergirlanadi). 
Kesak-ohak qanday usulda maydalanganiga qarab, havoda qotadigan tovar 
ohakning quyidagi turlari bo'ladi: 
- kesak-ohak (qaynama)ni mexanik usulda maydalab tayyorlanadigan 
so'ndirilmagan tuyilgan ohak. U tarkiban asosan kalsiy oksididan tashkil topgan 
bo'ladi; 
- kesak-ohak (qaynama)ni ma'lum miqdordagi suv bilan (kukunsimon 
holatga kelgunicha) so'ndirib tayyorlanadigan so'ndirilgan gidrat ohak (pushonka-
kukun). Kimyoviy tarkibi jihatidan u kalsiy gidrati Ca(OH)
2
dan iborat bo'ladi; 
- kesak-ohak (qaynama)ni ortiqcha suv bilan so'ndirish natijasida hosil 
bo'ladigan mahsulot - ohak xamiri; ohak xamiri asosan gidrat oksidi va suvdan 
iborat bo'ladi. 
Kesak-ohakni so'ndirib yoki tuyib maydalash jarayoniga faol yoki gidravlik 
mineral qo'shilmalar (domna va yoqilg'i shlaklari, kul, vulkan kuli, pemza, tuf, 
kvars qum, semyanka, trepel va gips tosh) qo'shish mumkin. Ohakka qancha 
mineral qo'shilma qo'shish mumkinligi ohakning faolligi (%CaO + % MgO) bilan 
aniqlanadi. Ammo 12-jadvalda ko'rsatilgan miqdordan kam bo'lmasligi kerak. 
Ohak ishlab chiqarish uchun ohaktoshlardan foydalaniladi. Ohaktoshlarda 
kalsiy karbonatdan tashqari ozmi-ko'pmi magniy karbonat ham bo'ladi. 
Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq CaO va MgO oksidlari hamda gazsimon 
mahsulot - CO
2
ga dissotsiatsiyalanadi. Gazsimon mahsulot chiqarib tashlanadi, 
qolgan qattiq oksidlar esa havoda qotadigan so'ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi. 
Havoda qotadigan ohak qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magnezialli (5% 
gacha magniy oksidi bor), magnezialli (5 dan 20% gacha magniy oksidi bor) va 
dolomitli (20 dan 41% gacha magniy oksidi bor) ohaklarga bo'linadi. 
Ohakda magniy oksidi va gil-aralashmalar bo'lishi uning xossalariga
jumladan, so'nish tezligiga1 katta ta'sir qiladi. Havoda qotadigan ohak so'nish 


25 
jarayonining davom etish muddatiga qarab ikkiga bo'linadi: tez so'nuvchan ohak 20 
daqiqa ichida so'nadi va asta so'nuvchan ohak 20 daqiqadan ortiq muddatda 
so'nadi. 
Qaynama-ohakni so'ndirayotganda ohak xamiri harorati har xil bo'lishi 
mumkin. Shuning uchun ham havoda qotadigan ohak ko'rsatkichiga qarab shartli 
ravishda ikkiga bo'linadi: past ekzotermik ohak (so'ndirilayotgan vaqtdagi eng 
yuqori harorati 70°C dan past) va yuksak ekzotermik ohak (so'ndirilayotgan 
vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan ortiq). 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin