29
Ohak qurilish maydonlari
sharoitida ishlatilayotganda, u oz-ozdan qoida
so'ndiriladi. Bu holda qaynama 20 sm gacha qalinlikda yoyiladi va har qaysi
yoymaga suv sepiladi. 1-1,5 m balandlikdagi ohak uyumiga kamida 10 mm
qalinlikda qum sepiladi (suv bug`lanmasligi uchun)
va mayin kukun hosil
bo`lgunicha shu holda qoldiriladi. So'nmagan zarrachalarni ajratib tashlash uchun
kukun ishlatishdan oldin elanadi. So'nmagan zarrachalar ikkinchi marta uzoqroq
so'ndirib ko'riladi yoki chiqindiga tashlanadi.
Qoida so'ndirganda
undan sifati past ohak chiqadi, chiqindi ko'p bo`ladi.
Shuning uchun ham qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur ohak
mexanizatsiyalashgan usulda so'ndiriladi.
30
Mavzu: Gidravlik ohak va romansement.
Reja:
1. Gidravlik ohak
2. Romansement
Odatda tarkibida 6% dan 20% gacha gil aralashma bo'ladigan mergel
ohaktoshlarni eritib, bir-biriga yopishib
qolmaydigan darajada kuydirib, keyin
mayda tuyganda hosil bo'ladigan bogiovchi moddaga gidravlik ohak deyiladi.
Gidravlik ohak tuyilgan so'ndirilmagan («tuyilgan so'ndirilmagan ohak») va
kukun holigacha so'ndirilgan (mayda tuyilgan so'nmagan zarrachalar aralashmasi
bilan) ohak holida ishlab chiqariladi..
Qotish tezligi va mexanik jihatdan qanchalik
mustahkamlanishiga qarab,
gidravlik ohak ikkiga bo'linadi: kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak.
Ohakning gidravlik darajasi gidravlik (asosiy) modul (m) miqdori bilan
aniqlanadi. Gidravlik modul ohak (xomashyo) tarkibidagi kalsiy oksidi va kislota
oksidlari (yig'indisi)ning miqdor nisbati bilan ifodalanadi:
m = ___ %CaO____________
(SiO
2
+Al
2
O
3
+ Fe
2
O
3
)
Ohakda faqat havoda qotadigan CaO qanchalik ko'p, ya'ni
asosiy modul
qanchalik katta bo`lsa, uning gidravlik xossalari shunchalik past bo'ladi, chunki
CaO ko'p bo`lsa, ana shunday xossalarga ega boigan boshqa moddalar (kalsiy
silikat, alyuminat va ferritlar) kam bo'ladi. Masalan, gidravlik ohak gidravlik
modulining miqdori, 1,7-9 ga teng. Gidravlik moduli 1,7-4,5 ga teng boigan ohak
kuchli
gidravlik ohak, moduli 4,5-9 gacha bo`lgan ohak kuchsiz gidravlik ohak
hisoblanadi. Gidravlik modul 9 dan ortiq bo`lsa, ohak amalda gidravlik xossalarga
ega bo`lmaydi va u havoda qotadigan ohak hisoblanadi.
Ikki kalsiyli silikat (2CaO • SiO
2
), ikki kalsiyli ferrit (2CaO • FeO
2
) va bir
kalsiyli alyuminat (CaO • A1
2
O
3
) kuydirilayotganda hosil bo'ladigan va kuydirish
mahsulotini gidravlik xossali qiladigan birikmalardan hisoblanadi. CaO ning SiO
2
,
A1
2
O
3
va Fe
2
O
3
larni ko'rsatilgan birikmalar tarzida bog'lay oladigan eng ko'p
miqdori 1,7 - 1,8 og'irlik qismini tashkil qiladi. Gidravlik ohakning asosiy moduli
odatda bir oz yuqori - 9 gacha, ko'pincha 3-5 bo'ladi, ya'ni gidravlik ohakda CaO
ning 9 og'irlik qismiga 1 og'irlik qism kislota oksidlari to'g'ri keladi. Shunday qilib,
gidravlik
ohak tarkibida, gidravlik biriknialar - kalsiy silikatlar, alyuminatlar va
ferritlar bilan birgalikda ozmi-ko'pmi erkin CaO ham bo'lishi mumkin.
Shunga
ko'ra, gidravlik ohak ishlab chiqarish xususiyatlari, uning xossalari va ishlatilish
sohalari ham har xil.
Dostları ilə paylaş: