O'zbekistonda sement sanqati


Romansementning mayda tuyilishi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
Romansementning mayda tuyilishi. Romansement iioji boricha mayda 
tuyilishi kerak, chunki qanchalik mayda bo'lsa, shunchalik mustahkam chiqadi. 
Standartda romansementning maydalik darajasi quyidagicha belgilangan: 021 
raqamli elakda ko'pi bilan 5% va 009 raqamli elakda ko'pi bilan 25% (og'irlik 
hisobida) qoldiq qolishi kerak. Lekin bu dag'al tuyish hisoblanadi. Yanada 
maydaroq, masalan, 009 raqamli elakda 10 - 15% qoldiq qoladigan qilib tuyilsa, 
sement markasini 1,5 - 2 baravar oshirish mumkin bo'ladi. To'g'ri, bir qator 
hollarda sementni yanada maydalash iqtisodiy ihatdan maqsadga muvofiq 
bo`lmaydi, chunki maydalash uchun energiyaning sarfi juda oshib ketadi. 
Romansementning tishlashish muddatlari. Romansement suv bilan 
qorilgandan kamida 15 daqiqa o'tgandan keyin tishlasha boshlaydi, kechi bilan 24 
soatda butunlay tishlashib bo'lishi kerak. 
Romansement qotayotganida hajman qanchalik tekis o'zgarishi bo'yicha 
sinab ko'rilishi lozim. Sement xamirdan standartga ko'ra asosan kulcha holida 
yasalgan namunalari sinaladi. Nam havo sharoitida 7 kun saqlangandan so'ng 
namunalar qaynaganida va suv bug'ida ham yorilmasligi zarur. 
Romansementning ishlatilishi. Romansement yer usti va ostida zo'riqishi 
kam konstruksiyalar uchun beton ishlash va devor qurish hamda suvash ishlarida 
ishlatiladi. Romansementni suv ta'sirida ishlaydigan konstruksiyalar qurishda ham 
ishlatishga ruxsat etiladi. Ammo buning uchun dastlabki 7 kunligida suv ta'siridan 
saqlash kerak bo'ladi. 
Romansement unchalik mustahkam bo`lmagani uchun temir-beton 
konstruksiyalarida ishlatilmaydi. 
Yig'ma qurilishda romansementdan II va III klass binoiari uchun devorbop 
beton toshlar tayyorlashda foydalanish mumkin. 
Romansement asosan mahalliy qurilishlarga mo'ljallangan. U gidravlik 
bog'lovchi moddalar nomenklaturasini kengaytirishga yordam beradi va bir qator 
beton konstruksiyalar ishlab chiqarishda portlandsement o'rnida ishlatiladi. 


35 


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin