Mavzu:Portlandsement Reja: 1. Tarkibi va sinflanishi. 2. Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi. 3. Klinker tavsifi 4. Klinkerlarning sinflanishi va portlandsement turlari. Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba'zi hollarda esa
maxsus qo'shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo'lgan gidravlik bog'lovchi
modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko'p
bo'ladi (70-80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh
bo'laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan
mahsulotning xomashyo aralashmasini toia eritish yo'li bilan ham olish mumkin.
26798.0~26798.2-85
Davlat standartlariga ko'ra portlandsement xossalarini
o'zgartirib turish, shuningdek, Lining tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga
faol (gidravlik) va inert mineral qo'shimchalar qo'shishga ruxsat etiladi. Inert
qo'shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, faol
(trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo'shimchalar miqdori esa 15% dan
oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo'shimchalar 20% va undan ortiq bo'lishi ham
mumkin. U holda maydalangan mahsulot nima qo'shilganiga qarab nomianadi.
Ya'ni, qo'shilma sifatida donador domna toshqoli ishlatilsa, toshqolportlandsement deb, tabiiy gidravlik qo'shilmalar ishlatilsa, pussolanportlandsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko'pi bilan 3% gips (suifat kislota
angidridiga aylantirib hisoblaganda) qo'shiladi. Bu bilan sementning tishlashish
muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta'sir qiladi.
Shunday qilib, portlandsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo'shilma va
gips aralashmasidan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida oz miqdorda - 1 %
gacha boshqa moddalar, masalan, sement sifatini buzmaydigan, ammo uning
yaxshiroq maydala-nishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, ko'mir)
ham bo'lishi mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandsement va uning turlari asosiy
material bo'lib hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni qurish uchun zarur
bo`lgan beton va temir beton konstruksiyalar yasalmoqda.
Sement
sifati
borgan sari
yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik
ko'rsatkichlari ortmoqda. Portlandsementning o'rlacha markasi 500 dan (GOST
310-85) ortib ketdi, sement turlari ham ko'paymoqda, bir qator maxsus sementlar
chiqarilmoqda.