Va terrorizmga


Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash taj-



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash taj-
ribasi. Din niqobidagi ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizm 
dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoq­
da. Yer kurrasining turli qit’alarida joylashgan bunday mamlakat­
larni shartli tarzda bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikada joylashgan ayrim 
arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo‘lgan Misr 


72
Arab Respublikasi uchun ekstremizm bilan bog‘liq terrorchi­
lik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970–1980­yillarda 
bunday jarayon Tunisni ham qamrab oldi. Mazkur min taqada 
joylashgan yana bir arab davlati – Jazoirdagi diniy­eks tremistik 
tashkilotlarning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli o‘n minglab be­
gunoh insonlar halok bo‘lgan bo‘lsa, radikal oqimlar Sudanda 
ichki ijtimoiy­siyosiy barqarorlikning mutlaqo izdan chiqishiga, 
Darfur mintaqasini dunyoning eng fojiali nuqtala ridan biriga ay­
lanishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi guruhga Osiyo qit’asida joylashgan yana bir necha 
arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli­tuman siyosiy, iqtisodiy 
va diniy­mafkuraviy sabablarga ko‘ra, Falastin hududlari, Suriya, 
Iroq Respublikasi ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakat­
laridan katta talafot ko‘rmoqda.
Ayniqsa, Suriya davlatining iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 
milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi.
Mamlakatning o‘nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino 
va inshootlar poydevorigacha yo‘q qilingan, neft­gaz qazib chiqa­
ruvchi quvvatlarning ko‘p qismi «IShID» jangarilari qo‘lida qol­
moqda. Shu sababli, 85% suriyaliklar qashshoq holatga tushib qol­
gan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyani tiklash uchun yiliga 100 
milliard AQSH dollari lozim bo‘ladi. Shundan keyingina 9 yil 
ichida davlat 2010­yilgi darajaga chiqishi mumkin. Suriyaning so­
biq Bosh vaziri va hozirda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Komis­
siyasi ijroiya kotibining o‘rinbosari bo‘lgan Abdulloh al­Dardoriy 
aytishicha, 2010­yili Suriyaning yalpi ichki mahsuloti 62 milliard 
AQSH dollariga teng bo‘lgan. Ammo, fuqarolar urushidan so‘ng 
yalpi ichki mahsuloti 27 milliard AQSH dollariga tushib ketgan. 
Faqatgina ishlab chiqarish maydonlarining o‘zi 90% vayron 
qilingan. Turar­joy binolarining yarmi esa buzib tashlangan.
Ekstremistik faoliyatning uchinchi o‘chog‘i janubi­sharqiy 
Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatar ning 
olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda 
Hindiston va Filippinning ayrim hududlarida o‘zi ning halokatli 


73
oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim­qa­
dimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga 
e’tiqod qiluvchilar tinch­totuv yashab kelgan ulkan hududda ham 
ekstremizmning qo‘poruvchilik salohiyati o‘zini ko‘rsatmoqda.
Islom mafkura sifatida musulmonlarni birlashtiruvchi kuch­
li omil bo‘lib kelgan. Asrlar davomida turli ijtimoiy tabaqa­
lar va millatlarni qamrab olishi natijasida islom bugungi kun­
da o‘z rivojlanishida katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Islom 
dini doirasida yuzaga kelgan turli qarama­qarshiliklar oqibatida 
jangari millatchilik va ekstremizmga asoslangan siyosiy kuchlar 
va ittifoqlar paydo bo‘lmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qar­
shi kurash olib borishda kompleks va tizimli, shu jumladan, ij­
timoiy­iqtisodiy va maf kuraviy chora­tadbirlarni qo‘llash muhim 
ahamiyatga ega. Albatta, bunday chora­tadbirlarni qo‘llash katta 
vaqt, tegishli reja va yirik mablag‘lar talab qiladi. 
Ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuv­
lar ham katta ahamiyatga ega. Xususan, o‘z hududida diniy eks­
tremistlar va terrorchilar faoliyatiga yo‘l ochib bermaslik, ularga 
yordam ko‘rsatmaslik va siyosiy boshpana bermaslik hayo­
tiy­amaliy ahamiyatga ega.
Arab­musulmon davlatlari ichida Misr Arab Respublikasi bi­
rinchi bo‘lib terrorizm muammosiga 1940­yillarda, «Musulmon 
birodarlar»ning o‘z faoliyatida ishontirish usullaridan radikal ter­
rorchilikka – davlat, politsiya va armiyaning ko‘zga ko‘ringan ar­
boblarini jismonan yo‘q qilish yo‘liga o‘tishi natijasida duch kel­
di. Ushbu davlatning diniy mutaassiblikka qarshi kurashdagi bir 
necha o‘n yillik tajribasi radikal diniy guruhlarga xayrixohlik bi­
lan qarash, ularni pinhona rag‘batlantirish ekstremistik harakat­
larning yanada faollashuviga, yangilarining paydo bo‘lishiga im­
kon yaratishini ko‘rsatadi.
Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash 
strategiyasi umuman olganda, har bir davlatning o‘ziga xos xu­
susiyatlari va ustuvor yo‘nalishlaridan qat’i nazar, bilvosita va 
bevosita qarshilik ko‘rsatish usullarini o‘z ichiga oladi.


74
Bilvosita choralarga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkor­
lik, zo‘ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasa­
larning ahamiyatini oshirish, shuningdek, ijtimoiy­iqtisodiy 
va madaniy­ma’rifiy chora­tadbirlarni amalga oshirishga yor­
dam beradigan dasturlarni kiritish mumkin. Bevosita qarshilik 
ko‘rsatish o‘z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari tomo­
nidan ko‘riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qa­
bul qi lish, ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. Shu 
o‘rinda, masalan, Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tash­
kil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat 
noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo‘ravonlikni targ‘ib etuv­
chilar, radikal guruhlarni moliyaviy qo‘llab­quvvatlovchilarga 
nisbatan qattiq ma’muriy­jinoiy choralarni qo‘llashini ham qayd 
etish lozim.
1990­yillarda zo‘rlik va terror harakatlarining kuchayishi esa 
Misr hukumatini «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonun 
kabi bir qator yangi huquqiy hujjatlarni qabul qilishga majbur qil­
di. Bunday maxsus qonunning qabul qilinishi xavfsizlik idoralari­
ga ko‘proq erkinlik berish va ular olib borayotgan faoliyatning sa­
maradorligini ta’minlash bilan bog‘liq edi.
Musulmon mamlakatlari ekstremizm va zo‘ravonlik muam­
molarini ilmiy va keng qamrovda yechish bo‘yicha ama liy ish­
larni tashkil etmoqda. Jumladan, ilmiy­tekshirish institutlari 
va strategik markazlarda bu muammoning ilmiy­tizimli tah­
liliga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda har bir mam­
lakatda muayyan o‘ziga xosliklar kuzatilishi, tabiiy, albatta. 
Masalan, Indoneziyada ekstremizmga qarshi olib borilayotgan 
kurashda eks tremistlarning yirik vakillari, jumladan, qamoq­
da bo‘lgan Abu Bakar Bashir tomonidan tashkil etilgan «is­
lom maktabla ri»ni yopish choralari ko‘rilayotgani bunga misol 
bo‘la oladi. Shu ningdek, 2002­yil da Bali orolida sodir etilgan 
va 200 dan ortiq kishining umrini xazon qilgan portlashlar­
ning tashkilotchilaridan biri Imom Samudra tomonidan yozil­


75
gan va jangarilik g‘o yalariga boy bo‘lgan kitoblarni bosish va 
tarqatish man etilganini ham qayd etish zarur.
Bunday harakatlar hozirda hukumat va ulamolarning 
eks 
tremizmga qarshi birgalikda olib borayotgan ishlari­
ning bir qismi sifatida qaralmoqda. Umuman olganda, 
Indone ziyada «Politsiya ishtirokida kuchga va musulmon 
ulamo larining faol ishtirokida maf kuraga tayanib ish olib 
borish – ekstremizm ga qarshi kurashning ikki fronti» si­
fatida e’lon qilinganini ta’kidlash lozim. Radikal qarash­
larga qarshi kurash bo‘yicha yetakchi musulmon ulamolari 
ishtiroki da guruh shakllantirilgani ham bu yo‘lda amaliy 
ishlarga o‘tilganining isboti bo‘la oladi.
Ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kela yotgan 
musulmon mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlar­
da ko‘tarish bilan dunyo jamoatchiligi diqqatini uni hal etish­
ga qaratib kelmoqda. Shuningdek, radikal kayfiyatdagi mutaas­
siblar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik 
qilish va jinoyatchilarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama ke­
lishuvlarni imzolashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jum­
ladan, arab davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni 
tartibga solish va terrorizm muammosini arab davlatlari Ich­
ki ishlar vazirlari majlislarining dolzarb mavzusiga aylantirish 
yo‘lidagi harakatlar ham shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy qis­
mi hisoblanadi.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bu­
gun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. 
Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlar­
ning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qa­
ratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik 
va sobitlikni talab etadi.
Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashma­
gan davlatlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va 
barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.


76

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin