ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163
Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA
MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Sayfutdinova Durdona
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
ANNOTATSIYА
Maqolada zamonaviy ta'lim berish jarayonida Ona tili fanining “Sifat so‘z
turkumi” ni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik
asosi yoritilgan. Mazkur maqola umumta’lim maktablarining ona tili darslarida
foydalanish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi
Kalit so’zlar: pedagogik, ta’lim, boshlang‘ich sinf, ta’lim texnologiyalari.
KIRISH
Yangi pedagogik bilimlar ko‘lami Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida
kengayib bormoqda, tadqiqot yo‘nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga
qaratilyapti. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida ta'limning turli o‘qitish
metodlaridan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan,
o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar
yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil
fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim
olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar.
Ayni paytda har qanday o‘quv maskanlarida muammoli o‘qitish texnologiyasi
samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda
ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo‘lib u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga
mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |