Academic research in educational sciences



Yüklə 406,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix26.05.2022
ölçüsü406,4 Kb.
#59654
1   2   3   4   5
boshlang-ich-sinflarda-sifat-so-z-turkumini-o-qitishda-muammoli-ta-lim-texnologiyalari

NATIJALAR VA MUHOKAMA
 
Sifatni o‘rgatishda yana rangli rasmlardan foydalanish juda katta samara beradi. 
Rasm bolalar sezgisiga ta'sir etib, uning hayot tajribasida hali uchramagan tomonlarini 
ochadi, ularga tanish bo‘lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. 
Masalan, tabiat tasvirlangan rangli rasm o‘quvchilar diqqatiga havola etilib
quyidagi:
l.Rasmda rassom qaysi ranglardan foydalangan? Daftaringizga ranglar deb ikki 
nuqta qo‘ying va ranglarni ifodalovchi so‘zlarni yozing 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163 
Academic Research, Uzbekistan 162 www.ares.uz 
2.Osmon qanday tasvirlangan? Uni tasvirlovchi so‘zlarni “osmon” so‘zi bilan 
birga qo‘llab yozing. 
3.Tog‘ qanday tasvirlangan? Uni tasvirlovchi so‘zlarni “tog‘” so‘zi bilan birga 
qo‘llab yozing. 
4.Rasmda qaysi hayvonni ko‘ryapsiz? Hayvonning sifatlarini uning nomi bilan 
birga yozing. 
5.Daraxtlarni kuzating. Unda nimani sezyapsiz? Shamolning xususiyatiarini 
qaysi so‘zlar bilan ifodalash mumkin?
kabi topshiriqlar berilsa, bolalar ko‘rsatilgan rasmlar asosida sifatlar to‘plamini 
yaratadi.
Masalan: 
1-topshiriq asosida o‘quvchilar quyidagi sifatlar to‘plamini yaratishi mumkin. 
Ranglar: oppoq, ko‘k, ko‘m-ko‘k, jigar rang, sariq, sap-sariq, qizg‘ish, qora, yashil. 
2- topshiriq asosida esa: tiniq osmon, bulutli osmon, ko‘m-kok osmon, musaffo 
osmon, qora bulutli osmon, oq bulutli osmon, tinch osmon. 
3- topshiriq: baland tog‘, qorli tog‘, archali tog‘, qoyali tog‘, qorsiz tog‘, 
cho‘qqili tog‘. 
4- topshiriq: yirtqich ayiq, qo‘ng‘ir ayiq, beso‘naqay ayiq, oq ayiq, beozor ayiq, 
masxaraboz ayiq va nihoyat
5- topshiriq asosida: yoqimli shamol, sovuq shamol, qattiq shamol, mayin 
shamol, iliq shamol, tonggi shamol, kechki shamol, tog‘ shamoli. 
Bir so‘z asosida bir necha sifatli birikmalar tuzdirish o‘quvchilar so‘z 
boyligining qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi. 
Ular tuzgan birikmalar asosida “Sifat - so‘z turkumi” tushuntiriladi: 
– Rasm asosida to‘plagan rang bildiruvchi so‘zlarni qanday so‘zlar degan edik? 
– Osmon, tog‘, shamol, ayiq so‘zlari qaysi turkumga kiradi? 
– Shu so‘zlar orqali oldingi so‘zlarga so‘roq bering. Ular 1-2- sinflarda qanday 
so‘zlar deb o‘rganilgan? 
– Belgi bildirgan so‘zlarni bir so‘z bilan nima deb nomlash mumkin? 
Bu savollar o‘quvchilarni muammoli vaziyatga soladi va ularda muammoni hal 
qilishga qiziqish uyg‘otadi va intilishni yuzaga keltiradi. 
Asosiysi, o‘quvchilar mustaqil va amaliy izlanadilar. Til birliklarini o‘zlari 
qidiradilar, topadilar va o‘zlashtiradilar. 
Natijada, “Sifatlar nimaning belgisini bildiradi? Ular qaysi so‘zlar bilan 
bog‘lanib keladi?” kabi savollarga bemalol javob beradilar. 



Yüklə 406,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin