1 5 3
!
g‘amxo‘rlik, e’tibor ko‘radi, atrof tabiatdagi har bir narsa unga
qadrdon bo‘lib qoladi. O‘zi tug‘ilib o‘sayotgan hovli, ko‘cha va
mahallasi dunyodagi eng issiq go‘sha,
ota-onasi olamdagi eng
mehribon insonlar bo‘lib xotirasiga muhrlanadi...
Afsuski, umr, yuqorida aytilganidek, bir joyda to‘xtab tur-
maydi, xuddi daryo suvi misol oldinga oqaveradi. Inson ulg‘aya
borgani sari uni turmush ehtiyojlari turli yo‘llarga yetaklab olib
ketadi. Endi bolaligidagi beg‘ubor sho‘xliklari, bir-biridan quv-
noq o‘yinlari, tashvishsiz kunlari ortda qoladi.
U endi hamma
joyda ham, hamma odamlardan ham faqat yaxshilik, ezgulik
ko‘ravermaydi. Turfa xil vaziyatlarda turli tabiatli kishilar bilan
muomala-muloqotga
kirishadi, bir kun xursand bo‘lsa, boshqa
kun dili og‘rib uyga qaytadi...
Shunday odamlar borki, taqdir ularni tug‘ilgan yerlaridan olis-
larga olib ketadi.
Yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, xesh-u birodar-
laridan ancha muddat uzoqda yashashga, turli davralarda bo‘-
lishiga to‘g‘ri keladi. Ish, bola-chaqa tashvishi,
tirikchilik sabab
tug‘ilgan joylarga tez-tez borib turishning imkoni bo‘lmaydi.
Oradan yillar o‘tib, umr bir joyga borganda qadrdon go‘shalarga
yana qadam bosar ekan, insonni g‘alati hislar chulg‘ab oladi.
Ibroyim Yusupovning «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ri aynan mana
shu holatni boshdan kechirayotgan kishi tuyg‘ularini badiiy aks
ettirishi bilan o‘quvchi ko‘ngliga birdan ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: