6 - MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKASIYASI. 1-BO’LIMNING
ASOSIY VAKILLARI VA XARAKTERLI XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Mikroorganizmlar sistematikasining asosiy prinsiplari
2. Prokariotlar dunyosiga Bergi sistematikasi asosida umumiy xarakteristika berish
3. Gracilicutas bo’limiga umumiy xarakteristika
4. Scotobactrialarning xarakterli belgilarini bayon qilish.
5 Anoxyphotobactcria sinfi va muhim vakillari.
6. Fototrof purpursimon bakteriyalarga xarakteristika
7. Yashil oltin bakteriyalar va uning muhim vakillari
8. Sianobakterlarga umumiy xarakteristika va muhim vakillari
TAYANCH IBORALAR: fiziologik, morfologik, ekologik kulturasi,
Krasilnikov N.A., Leman, Neyman, Bergi, Sporaxema, aerob spiralsimon,
grammanfiy, vergulsimon. azotobakter, tuganak bakteriyalar, shilimshiq
bakteriyalar, ipsimon bakteriyalar, xlimidobakteriyalar, kurtaklanuvchi,
rikketsiyalar, klamidiyalar. : purpursimon yashil bakteriyalar, fotosintez,
kislorodsiz, bakterioxlorofill CO
2
, 2H
2
A, (CH
2
O), yashil oltin gugurt,
sianobakter, peptidoglikan, xlorofill-a, fikosianin, fikoeritrin, Stoyner, nostok,
anabena, geterosista, molekulyar azot, fiksasiya.
Mikroorganizmlar yerdagi eng dastlabki tirik organizmlar bo’lib hisoblanadi.
Bular
yerda
asosan
bundan
3
milliard
yil
oldin paydo bo’lgan.
Mikroorganizmlarning kelib chiqishi va evolyusiyasi bu ancha murakkab
tomondan biri hisoblanadi. Bu soxada ayrim ma’lumotlarga ko’ra
mikroorganizmlar yerda birinchi paydo bo’lgan organizm hisoblansa, boshqalari
esa mikroorganizmlar bu xujayrasiz, ya’ni arxebiontlar, fotobiontlar va
protobiontlardan paydo bo’lgan deb tadqik qilinadi. Birinchi mikroorganizmlarni
sistemaga solish bilan shug’ullangan davr bu morfologik davr bo’lib XVII-XVIII
asrga to’g’ri keladi. Bunda faqat bir tomonlama solishtirib taqqoslab sistemaga
sola boshlaganlar. Bunda mikroorganizmlar evolyusion nuqtai nazardan
tekshirilmasdan ularning tashqi muhit faktorlarida o’zgarishini hisobga
olmaganlar.
XVIII asrlarda shved naturalisti Karl Linney mikroorganizmlarni ham
sistemaga solishga kirishib u umumiy binar nomenklaturasiga binoan qushaloq
nom bilan atashni tavsiya etadi. Ya’ni avlod va turning nomini birgalikda qo’shib
aytish. Masalan,: sil kasalligini qo’zg’atuvchisi Mycobacterium tuberculosis.
Keyinrok esa mikroorganizmlarni faqat morfologik belgilariga qarab emas, balki
fiziologik, kultural belgilariga qarab sistemaga solish boshlandi. Shulardan
S.N.Vinogradskiy, M.Beyerinkdir. N.A.Krasilnikov mikroorganizmlar gruppasini
4 ta sinfga bo’lib o’rganadi:
Actinoneycctes
Bacterioc
Myxobacterioc
Sporochactoc
Uning fikricha bu sinflarning har biri mazkur organizmlar evolyusion
taraqqiyotining alohida etapi hisoblanadi. Boshqa tadqiqotchilar K.Leman, va
R.Neymonlar 1896 yili dastlab ilmiy jihatdan asoslangan sistema ishlab chiqib
barcha mikroblarni 3 ta oilaga ajratadi.
1. Coccaceae
2. Bacteriaceae
3. Spirillaceae
Bu sistema ko’p vaqtlar mikrobiologiyada tan olinib keyinchalik o’z kuchini
yo’qota borib, yangi sistema ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaktda barcha
mikroorganizmlarni asosan 2 yunalish bilan o’rganiladi.
1. Birinchi yo’nalishda barcha mikroorganizmlar bor umumiy filogenetik
sistema asosida evolyusion nuqtai nazardan qon-qarindoshligini obyektiv
hal qilishdan iborat
2. Ikkinchi yunalish barcha mikroorganizmlarni praktik ahamiyati va
moslashish belgilari va umum taksonomik birlikka ega bo’lishi kerak.
Ancha haqiqatga yaqin sistematika bu amerikalik olimning, ya’ni
D.X.Bergining 1923 yilda ishlab chiqqan sistematikasidir. Bu sistematikaning
oxirgi nashrlari 1938-1974 yillar chiqib butun dunyo bakteriologlari tomonidan
tasdiqlandi. Oxirgi sistematika bu nemis olimi Bergi D.X. (1984) ning tuzgan 9-
nashrida to’liq morfologik, fiziologik-biokimyoviy belgilariga qarab barcha
mikroorganizmlar xujayra pustining to’qimasiga qarab 4 ta bo’limga o’rganadi.
Asosan ularning hujayra qobig’ining tuzilishi hisobga olingan.
Bo’lim Gracilicutos – yupqa po’stlilar
Bo’lim Firmicutes –
Bo’lim Tenericutes – yumshoq
Bo’lim Mendosicutes oshibochniy
1. bo’lim Gracilicutos bo’limiga grammanfiy prokariotlar kirib yuqorida
aytganimizdek bu bo’limning vakillarining xujayra tuzilishi yupqa bo’ladi va
grammanfiy, qoq tayoqchasimon va ipsimon formalari bo’lib, bular oddiy
bo’linish va kurtaklanib ko’payadi. Bu to’qima aerob, anaerob va fakultativ
anaeroblari bo’lib, uning fototrof qiluvchi va fototrof qilmaydigan shakllari bor.
Bu bo’lim 3 ta sinfga bo’linadi.
1. Sinf Scotobacteria
2. sinf Anoxyphotobacteria
3. sinf Oxyphobacteria
1 – sinf Scotobacteria – 10 ta gruppaga bo’lib o’rganiladi. 1- gruppa
spiroxetalar. Bu gruppaga kiruvchi mikroorganizmlar 1 ta tartib va 2 ta oilaga
ajratiladi. 1- tartib Spirochactales, 1 – oila Spirochacccoc. 2 – oila
Zeptospiraccac.
Spirochactaleslar
tartibining
vakillari
tarqalgan
joyi
va
oziqlanish
xususiyatlariga qarab ham guruxlarga bo’linadi. Shuning uchun ham bular orasida
erkin yashovchilari bo’lib, ko’lmak, sho’r suv, ayniqsa N
2
S hayot kechiradilar.
Ayrim vakillari esa turli xil dengiz hayvonlari, ya’ni mollyuskalarning oshqozon
ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Ba’zilari o’rta patogen bo’lib, kishilarda 1.
Qaytarlama tifni keltirib chiqaradi – Borrclla recurrcntis.
3. Sifilis kasalini qo’zg’atuvchisidir – Trcponema pallidum. Sifilisni
qo’zg’atuvchi spiroxetani oroxemani 1905 yilda Shaudin va Gofmonlar
zaxm yarasidan topishgan.
2 gruppa aerob spiralsimon, grammanfiy vergulsimon bakteriyalar.
Bu gruppaning bitta oilasi bor. Spirillaccoc bularning hammasi egilgan
tayoqcha yoki spiralsimon bo’lib, hujayra pusti qattiq bo’lib u o’z shaklini
o’zgartirmaydi. Buning harakatlanishi asosan hivchinlar yordamida bo’lib, uning
tanasini anaerob va aerob va yarim aerob bo’lib, xemotrof, ya’ni turli xil oziqali
muhitga joylashgan. Ba’zi xillari sintetik oziqali muhitda yashab tarkibida uglerod
ammoniy va mineral modda ayrimlari murakkab oqsilli-peptonda o’sadi. Bu
oilaning quyidagi avlodlari bor. 1. Aguaspirillus, 2. Spirillum, 3. Azopirillum, 4.
Campylobactcr, 5. Bdcllovibrio.
Aguaspirillus – azotfiksasiya qiladi
Spirillum – bu avlodning vakillari saprofitlar bo’lib faqat iflos organik
moddalarga boy bo’lgan suvlarda va o’simlik, hayvon chirindilarida hayot
kechiradi.
3. Azopirillum – avlodiga kiruvchi prokariotlarni birinchi marta 1963 yil
G.Shtolp va M. Starr aniqlab uning vakili Bdcllovibrio bacteriovarus – yirtqich
bakteriya deb nom beradi. Bu ancha qizio’ish uyg’otib bakteriyalarni xujayrasining
ichida parazitlik qilib yashaydi. Bu grammanfiy mayda, egilgan tayoqcha
shaklidagi kattaligi 0.25-0.4, 0.8-1.2 mkmdir. Bitta xivchindan iborat. Buning
erkin yashovchi va paraziti bor.
gruppa Grammanfiy aerob tayoqchasimon va kokksimon bakteriyalar.bu
gruppaga kiruvchi bakteriyalarning 7 ta oilasi bo’lib, shundan 3 ta oila yerning
unumdorligini oshirishda muhim rol o’ynadi. 1 oila Pscudomonodaccoc –
bularning shakli bir xujayrali, egilgan tayoqchasimon, harakatchan bo’ladi. Tanada
hivchinlar bor bo’lib shular yordamida harakatlanadi. Bu oilaning avlodi sifatida
Pscudomonob – haqiqiy aerob bo’lib nuqul organik moddalar boy joylarda hayot
kechiradi. Ayrim vakillari xemomitotrof bo’lib N va S ning oksidlanishidan shu
hisobida ajralib chiqqan energiya hisobida oziqlanadi (faq. aerob).
1. Pscudomonas deuirificans – nitratlarni tiklab undan N
2
ni ajratib olib
havoga chiqarib yuborishdir. Bu bakteriyalar bor joyda KNO
3
, NaNo
3
turlari kamayadi.
2. Oila Asotobacteraccoc – yirik xujayrali mikroorganizmlar kirib hayotining
turli fazalarida, ayniqsa ovqat kulturasi o’zgarganda o’z shaklini
o’zgartiradi.
1 – avlod. Azotobacter – sista hosil qiladi va molekulyar azotfiksasiya kila
olish hususiyatiga ega bo’ladi. Bular mutloq aeroblar bo’lib, tuproqda, suvda va
o’simliklarning tashqi yuzasida hayot kechiradi. Azotobakter 1-aerob
mikroorganizmlardan biri bo’lib hisoblanadi va shuning uchun ham molekulyar
azotni o’zlashtiradi. Azotobakterni laboratoriya sharoitida o’stirib qurilganda
polimorfizmni ko’ramiz, ya’ni uning birinchi hujayrasida yadro molekulalarini
yaxshi ko’rib hujayra tayoqchasimon, kok va shar shaklidagilarni ko’rish mumkin.
Ayrimlarida xujayra bo’linganda ular bir-biridan ajralmay qo’shilib d-p – zanjir
shakliga kiradi. Voyaga yetganlarida tinim davriga kelib usti sista bilan o’raladi,
sista yo’g’on bo’lib makrokapsulasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buning eng
muxim vakillaridan Azotobacter chcoococcum ni olish mumkin.
3 oila Rhizobiaccae – rizobiase.
Rhizobiaccae – oilasining vakillari ko’pincha psevdomonadalarga o’xshab ketadi,
ammo bularga polimorfizm borligi bilan farqlanadi. Hamda o’simliklarni
ildizlarida simbioz holda yashab u yerda o’simlik ildizini o’zgartirib turli hil
shishlar va ildiz tuganaklarini hosil qiladi. Molekulyar azotni fiksasiya qilib shu
yashaydigan o’simligiga to’plab boradi. Tuganak bakteriyalar o’simlik ildiziga
asosan ildiz tuklari orqali yetib u yerda shiddat bilan ko’paya boshlaydi. Tuganak
bakteriyalar avval hujayra tayoqchasimon tizimga ega bo’lib, kislorod bilan nafas
oladi va molekulyar azotni shiddat bilan fiksasiya qila boshlaganda boshqa
formaga o’tadi. Tuganak bakteriyalarning eng muhim harakterli xususiyatlaridan
biri shuki ularning har birini alohida o’zi yashayotgan, ya’ni azotni fiksasiya
qilayotgan o’z dukkakli o’simligi bo’ladi, bular o’rtasida kontakt bo’lib tuganak
bakteriya o’simlikka azot yetkazib bersa, bakteriya o’simlikdan uglerodli
birikmalar va mineral tuzlarni oladi.
4 oila Entcrobacteriaccac harakatsiz va harakatchan, spora hosil qilmaydi,
kislorodli
ayrimlari
yarim
kislorodli
nafas
oluvchi
tayoqchasimon
mikroorganizmlar. Ayrim turlari tashqi tomondan kapsula hosil qiladi. Ba’zi turlari
yashashi uchun ko’p ozuqali (kultura) muhit talab qilinadi. Energiya asosan nafas
olishda yoki bijgishda olinadi. Bu oilaning vakillari asosan tabiatda erkin
yashaydigan va patogen turlari mavjud. Saprofitlarning ichida yerda, ko’lmak
suvlarda va dengiz suvlarida turli hil hayvonlar va o’simliklarni chirishida
qatnashadi. Patogenlari ko’pchilik hayvonlar - qushlar, baliqlar, sudralib
yuruvchilar va odamning ichaklarida hayot kechiradi. Muhim ko’p o’rganilgan
turlaridan biri bu Eschichia coli – bu bakteriya doimo hayvon va odamning
ichaklaridan topish mumkin. Ko’pincha suvning iflosligi shu bilan o’lchanadi.
5 – oila Vibrionaccac – bular to’g’ri va egilgan tayoqcha shaklidagi bir xivchinli
harakat bakteriyalar bo’lib, energiya manbai nafas olish va bijg’ish hizmat qiladi.
Bundan keyin ohirgi ma’lumot turli hil kislotalar va gaz shaklidagi SO
2
, N
2
ni
hosil qiladi. Fakultativ anaeroblar bo’lib ko’lmak va dengiz suvlarida hayot
kechiradi. Patogen vakillaridan Vibrio cholerac.
5 – gruppa Grammanfiy anaerob, tayoqchasimon va spiralsimon bakteriyalar. Bu
gruppa faqat bitta oila Bacteroidaccac si bo’lib u 3 ta avlodni birlashtiradi.
Sem.Bacteroidacca – sporasiz tayoqchasimon nuqul kislorodsiz nafas oluvchi
bakteriyalar kirib bular harakatsiz va harakatlanuvchi turlari uchraydi, bu oilaning
3 ta avlodi bor.
1 rod Bacteroidea
2 rod Fusobacterium
3 avlod Zcptotrichio
Bu avlodlar bir-biri bilan bijg’ishda hosil bo’lgan ohirgi mahsuloti bilan
xarakatlerlanadi.
6 – gruppa Xemolitotrof grammanfiy bakteriyalar. Bu gruppaga kiruvchi
bakteriyalar asosan energiyani tuproqdagi neorganik moddalar, ya’ni N, S, Fe, Mp
ning oksidlanishi va qaytarilishi natijasida oladi. Bu organik moddalarni
oksidlantirish xususiyatiga qarab guruxlarga bo’linadi.
7 – gruppa Shillikli bakteriyalar. Bu gruppa bakteriyalarga 2 ta tartib birlashadi. 1-
tartib Myxobacteriales, 2-tartib Cytophagales.
1 – tartib Myxobacteriales – bu meva tana hosil qilish bilan farqlanadi. Bular bir
hujayrali bo’lib tashqi shilimshiqli modda bilan o’ralgan. Hujayra asosan o’rtadan
to’siq bilan ajralib teng ikkiga bo’linib ko’payadi. Hujayra po’sti elastik bo’lib u
tanani egib harakatga keltira oladi. Hamda sirg’ana oladi. Buning rivojlanish
stadiyasida meva tana rangsiz aksincha yaxshi rangli bo’ladi. Bularning turli
vakillarida ularning o’lchami va shakli har hil bo’ladi. Ana shu tana tinim davriga
kiruvchi mikrospora hosil qiladi va mikrosistaga aylanadi. Ana shu mikrospora
yoki mikrosista o’sib vegetativ tanaga aylanadi. Bularning xarakterli belgisi aktiv
fermentlar ishlab chiqadi, bular mutloq aerob bo’lib, chirindilarda tuproq go’ng va
o’simlik qoldiqlarini chiritadi. Xemoorganotrof. Buning yagona bitta avlodi
Myxocaccus.
1 – oila Cytophagales bu oilaning 6 ta avlodi bor.
8 - gruppa Xlamidobakteriyalar. Buning tanasida qin yoki o’ram hosil qiladi.
Bu gruppa ipsimon bakteriyalar kiradi va tashqi tomondan shilimshiq po’st bilan
o’ralgan. Bular suvda erkin harakatlanadi yoki biror substartga o’rnashadi. Tashqi
po’sti geteropolisaxarid yoki temir va marganesdan iborat bo’ladi. Hujayra ana shu
po’sti ichida 2 ga bulina boshlaydi. Natijada ana shu shilimshiq po’st ichidan
hivchinli bir hujayrali tayoqchasimon tana chiqadi. Tanadan chiqqan bir hujayrali
tanada xivchinlar chiqarib shu hivchinlari yordamida harakatlanadi. Ayrim
vakillarida hivchinlar bo’lmaydi va 1 ta hujayra aktiv harakat hosil qilmaydi.
9 – gruppa Kurtaklanuvchi yoki qoya-tanali bakteriyalar. Bu gruppaning 17
ta avlodi bor. Uning eng muhimlari Hephomicrobium, Pcdomicrobium,
Caulobacter, Wallionclla va boshqalar.
Fototrof bakteriyalar. Bu fototrof bakteriyalarga fotosintez qiluvchi bakteriyalar
kirib bu bakteriyalarning hujayrasiga fotosintez pigmenti bakteriofill va
karotinoidlar ishtirok etadi. Fotosintezda o’simliklardan kislorod ajralib chiqmaydi.
Hozirgi vaqtda yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirayotgan 5
gruppa prokariotlar mavjud. Bu yorug’lik energiyasini kimyoviy energiyaga
aylantirishda birdan bir modda bu hlorofill intensiv deb yuritilar edi. 1971 yildan
boshlab ayrim galofil bakteriyalarda fotosintezda karotinoid pigmenti qatnashishi
aniqlandi. Fotosintezda xlorofill ishtirok etishiga qarab 2-gruppaga bo’linadi.
1. Fotosintezda molekulyar O
2
ajralib chiqadi – kislorodsiz fotosintez
2. Fotosintezda kislorod ajralib chiqadi – kislorodli fotosintez. Shunday qilib
kislorodsiz fotosintez qiluvchi bakteriyalar ham o’z navbatida 2 ta tartibga
bo’linadi.
1 – tartib Rhodospirillales – purpursimon bakteriyalar
2 – tartib Chlorobialus – yashil bakteriyalar.
1 – tartib Rhodospirillales o’z ichiga 2 ta oilani birlashtiradi
1 – oila Rhodospirillacyeaye – oltingugurtsiz purpur bakteriyalar
2 – oila Chomatiacyeaye – purpursimon oltingugurt bakteriyalar
Purpursimon bakteriyalarning tuzilishi sferik, tayoqchasimon, egilgan va
spiralsimon tuzilishga ega. Bular asosan 2 ga bo’linib ko’payadi yoki kurtaklanish
yo’li bilan. Hujayra oltingugurt tomchilarini hosil qilish mumkin. Undan tashqari
fototrof bakteriyalarda fotosintez pigmenti bakterioxlorofill va karotinoidlar
bo’ladi. Fotosintezda SO
2
kattarishi uchun molekulyar vodorodni qabul qiladi uni
asosan N
2
S dan oladi. Bular fotolitotrof bo’lib nuqul anaerob suv bakteriyalari
hisoblanadi. Ularning kattaligi 1 mkm dan 20 mkm, diametri 0.3 dan 6 mkmni
tashkil etadi. Purpursimon bakteriyalarning harakatlamaydigan va
xarakatlanadigan vakillari mavjud. Harakatlanishi uchun bitta yoki bir nechta
xivchinlar xizmat qiladi. Peritrixal tipdagi xivchinlarga Rhodomicrobium Vanniclli
bularning ko’payishi asosan teng ikkiga bo’linib, kurtaklanadi. Bularning
harakterli hususiyati shuki hujayra po’stida yaxshi taraqqiy etgan ichki
sitoplazmatik fotosintetik membrana bo’lishi bilan ajralib turadi. Umuman bu
bakteriyalarda fotosintez jarayonini quyidagi tenglama bilan ko’rsatish mumkin.
SO
2
+ 2N
2
A - (SN
2
O) + N
2
O + 2 A
N
2
A – ekzogen donor bunda turli xil organik moddalardan vodorodni oladi
(SN
2
O) – SO
2
ning oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan organik moddalarning
xili. Bularning qo’yidagi turlari bor Rhodospirillum, Rhodomicrobium,
Chromatium, Thiocapsa
2 – tartib Chlorobiales yashil bakteriyalar bular o’ziga ikkita oilani birlashtiradi.
1 – oila Chlorobiacyeaye – yashil oltingugurt bakteriyalar
2 – Chloroflczacyeaye
Ko’p vaqtlar davomida yashil bakteriyalarni yashil va ko’k suv o’simliklariga
qo’shib o’rganilgan. Bularni bakteriyalar ekanligini birinchi marta
S.N.Vinogradskiy, keyinchalik Kvan Nil ochib bergan. Ohirgi vaqtda bu
bakteriyalarning ko’plab turlari topilgan. Bu bakteriyalar ham kislorodsiz
fotosintez qilib CO
2
ning oksidlanishi uchun H
2
S va S xizmat qiladi. Nuqul
anaerob.
3 – sinf Oxyphotobactyeria bu sinfning vakillari asosan fotosintez qilganda
molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Bu sinf asosan 2 ta tartibga bo’linadi.
1 – tartib Cyanobacteriales – sianobakteriyalar
2 – tartib Prochlorales – proxlorofitlar
Sianobakteriyalar (ko’k yashil suv o’simliklari) gramm manfiy prokariotli
organizmlar bo’lib, bularning xujayra qobig’i ko’p qavatliligi bo’lishi bilan
farqlanadi, hujayrasining po’sti ostida peptidoglikan qavatidan iborat. Bularning
fotosintez pigmenti-xlorofill, allofikosianin, fikosianin va fikoeritrin. Hujayra bilan
qoplangan bo’lib, shu yordamida sirg’anib harakatlanadi (hivchinsiz).
Sianobakteriyalar bir hujayrali, ko’p hujayrali va koloniyali bo’ladi.
Sianobakteriyalar oddiy bo’linish, kurtaklanish, ayrimlari geterosista hosil qilish
yo’li bilan ko’payadi. Sianobakteriyalarning hozirgi vaqtda 1000 dan ortiq turi
mavjud. Ko’plari nam yerlardagi, chuchuk suvlarda va boshqa substratga o’rnashib
yashaydi 130 dan oshiq turi molekulyar azotni fiksasiya qiladi. 70 yillarda
R.Steyner va uning ishchilari toksiligium sianobakterlar o’sishini ko’plab ishlab
ularni 5 ta katta gruppaga va 20 dan ortiq avlodga bo’lib o’rganadi.
1 – gruppaga kiruvchilar bir xujayrali sianobakterlar yoki xujayralari birikib
koloniya shakliga kiradi. Bularning xarakterli belgisi shuki tashqi tomondan qin
bilan o’ralgan va koloniyani tashkil etadi (Wlocobacter, Wlococapsa). Ayrimlari
qin bilan o’ralmasdan xujayralar bitta bitta bo’linib joylashadi va oddiy bo’linib
ko’payadi – Wbocobacter, Cyanobactcrium
2 – gruppa bular ham bir hujayrali bo’lib, asosan hujayra ko’p
bo’linadi.Hujayralar bo’linganda ular iplar bilan tutashib turadi. Bularning
quyidagi turlari mavjud:
1. Dermosarra
2. Chroococcidiopsis
3. Xenococcus
4. Dermocarpclla
5. Myxosarcina
3 – gruppa oldingilaridan 3 va 5 gruppa shu bilan farq qiladiki bular ko’p
xujayrali bo’lib, ipsimon formaga ega bo’lib unda tizim hosil bo’ladi. Ularning
eng muhim vakillaridan Oscillariria va Pscudoanabacna limatica.
4 – gruppaga kiruvchilar ipsimon bo’lib, bitta o’qda yotadi shoxlanmagan.
Bularda geterosista hosil bo’lishi bilan harakterlanadi. Vakillaridan Anabacna,
Nodularia va boshqalar. Ayrim vakillarida mahsus bo’linuvchi hujayralar
gormogoniy hosil qilib ko’payadi. Nostos, Scytonema, Calothrix
5 – gruppa vakili oldingisidan shu bilan farq qiladiki, buning hujayrasi
interkolyar bo’linadi. Bular ham geterosista va gormogoniylar hosil qilib
ko’payadi. Buning eng muhim vakillaridan Chlorogloeopsis, Ficshrella.
Dostları ilə paylaş: |