Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
2 5208751846268607301

umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks 
ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham 


165 
tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va 
yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) 
Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi. 
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, 
chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va 
munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli 
xildagi vositalardan foydalanadi. 
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir 
ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar 
yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi 
vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning 
ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan 
inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. 
Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga 
keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur 
muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan 
boshlanadi. 
Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy 
jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida 
ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng 
foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam 
ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. 
Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad 
qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon 
ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan 
bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson 
toliqqan bo‘lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin 
xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar 
ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi. 
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz 


166 
aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq 
tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq 
shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr 
yuritamiz. 
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, 
tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. 
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur 
jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy 
maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan 
iborat bo‘lgan murakkab jarayon. 
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning 
natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-
tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va 
muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy 
faoliyat. 
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi 
sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini 
beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur 
faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik 
jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq 
darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin 
hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro 
ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida 
miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan 
tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan 
ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq 
markazlari ham katta ahamiyatga ega. 
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy 
tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-


167 
obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin