bog‘lanmaganligidir.
Shunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari yuqorida ko‘rib
chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg‘unlikda ifodalanadi.
177
3. Intellekt haqida tushuncha
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi.
V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi
hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular
o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi
orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti)
aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30,
40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori
bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ
koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam
yutuqlarga erishishgan.
Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil
qilib ko‘raylik.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan
moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir.
Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish
nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini
intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar
yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi
sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni,
o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan?
Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi.
Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy
muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar
yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. YAna yuqori darajadagi talantga ega
bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib
178
matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday
insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi.
16
Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha
insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli
analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat
bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy
yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. SHu
kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama
baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli
o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni
joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta
klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham
xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy
qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon
chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin.
CHunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida
ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal
qilishda yordam beradi.
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va
Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan.
Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa,
demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga
moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib,
qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha
qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda
o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan
qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.
16
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 409р
179
Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan
shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi
ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan.
Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish
qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni
yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham
muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner
shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan.
Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar
shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi
natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan.
R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda aqlni
3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan:
Masalani echishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni
aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi
Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun
muammolarning ko‘plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi.
Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‘zining reaksiyasini ko‘rsatishi
bilan ajralib turadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el
psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi
tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab
(“ create” - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning
yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan
foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil
ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini
o’zbek tilida shartli ravishda “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil
fikrlashning psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. SHunday qilib,
bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning
nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi.
180
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning
muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu
sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal
qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini
ifodalaydi.
1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning
ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon
qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini
kiritishgan, xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati
qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan
belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy
ijodiylikka qarama-qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning
60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik
ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif
(ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida
ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha
ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining
o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men”
va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli
(ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning
“Ijodiylik
-
divergent
qobiliyat
jarayonidir”,
degan
ta’rifini
ham
mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning
birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan,
“umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish)
Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar mazmuni,
mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha,
“ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni talab qiladi. So’nggi
yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi
narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni
o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar
181
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri
M.Wallachning ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori
ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli o’quvchilar o’rtasidagi
intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib
ko’rsatadi:
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o’quvchilar o’zlarini
to’g’ri baholaydilar, ularda o’zini-o’zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi
narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar;
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda
muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini
pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli,
e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson
moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini
to’g’ri baholaydilar.
SHunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi munosabat
o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli bo‘lishiga
olib kelishi mumkin.
Ijodiylik mezonlaridan biri - bu nostandartlikdir. E.P.Torrance ta’kidlaganidek,
noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos tushavermaydi.
Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati
ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi,
nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob
javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga xoslikka
nisbatan kengroq tushunchadir.
Ikkinchi mezon - anglanganlikdir. Bu asnoda so’z borganda sinaluvchi tomonidan
muammo yechimining anglanganligi nazarda tutiladi.
182
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ
testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi
ijodkorlik qobiliyatidir.
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab
chiqishgan.
1.
Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz
g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz
qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal
qilish shunchalik oson bo‘ladi.
2.
Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni
qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini
tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.
3.
Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish
mumkin. Ya’ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi qat’iylikda
deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan
ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.
4.
Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani
echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning
muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin
e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz
bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u
shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ”
deb javob bergan.
5.
Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam
beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni
kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi
tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan.
Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan
183
inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan.
Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni
ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan.
Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz
mumkin.
Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy
intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy
vaziyatlarni tushunib etish va uni engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar
ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z
o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda
muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy
intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini
qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional
etuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar
engib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar
hisoblanishadi.
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq
etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional
intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular
quyidagilar:
Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash)
Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish)
Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan
foydalanishni bila olish)
Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish
Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror
joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog
Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol
qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U
bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida
184
emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona
va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni
ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay
olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada
Elliot o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot
jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi.
Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq
tushuncha. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor
hohish va qiziqishni aktivlashtiradi. Muammoning ma’nosini kamroq o‘ylashga
majbur qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim hisoblanadi.
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani
tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining
og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi
og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham
mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal
insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir
jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan.
Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani
bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki
miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini
aniqlashgan.
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi
o‘rtasida deyarli hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning
miyasining kuyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon
bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob
beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari
pastroq joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa
fiziklarning gapirish va o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton
tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan
185
avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat
yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi
natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda
yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini
bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi
sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz
olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Unga frantsuz maktablarida yaxshi o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda
yaxshi o‘zlashtirib maxsus ta’lim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq
etish topshirilgan. Bunning sababi ularning qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi
mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z xodimi Tedor Simon bilan birga
maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga duch keluvchi o‘quvchilarni
aniqlovchi ob’ektiv testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik
yosh degan hodisani o‘rgantishni boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik
yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar kimda bu mutanosib kemasa, uni maxsus
ta’lim metodi orqali moslashitirish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon
Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog‘liq deb bilgan.
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va
Simonning intellekt testlari Stanford universitettining talabalariga mos
kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish kiritdi. Endilikda unga Stenford-
Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy qobiliyat
koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
IQ
100
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni
tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan
bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida
o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton
dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi
bu ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan.
186
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli
kuchlimi? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini
yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-
tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga
tg‘ri keladi.
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti
deyarli bir xil natijani ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa
boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir
natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin.
Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta
bo‘lgan bolalarning intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan.
Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik kamayib borishini kuzatishgan. Aynan
aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini tadqiqotlar isbotlab
bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-
onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan.
Irsiyat va ijtimoiy muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga
ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar
o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning sababi
ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz
bizning muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan.
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilarini tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira
olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar
bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada
bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q
qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma
qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi.
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni
yaratdi. Dastur davomida Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar
orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11
187
oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani aniqlandi. Natijada
o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning
shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning
dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin
yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z
ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-
muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi
erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa
matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz
qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana
shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin.
Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini
hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf
etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu
teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday
testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va
amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija
ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z
ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: |