171
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran
o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni
tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism va hodisalarni
tizimlashtirish yoki
tasniflash ularni bir-biriga o‘xshashlik
yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish,
intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Tafakkur
quyidagi asosiy qonuniyatlarga bo‘linadi:
1. Tafakkur
muammoni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi;
muammoli
vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning
taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum
bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati
sintez orqali tahlil
qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni
ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har
safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi
xossalar namoyon bo‘ladi» (s.l. rubinshteyn).
3. Tafakkurning
asoslanganligi: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va
hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi.
Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan
bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr
umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
4.
Selektivlik (lot. – tanlash, tanlanish) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan
bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda
ularni muammoni hal etishga safarbar qilish.
5.
Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish,
oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning
natijalarini
bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur
qilish qobiliyatiga ega.
6. Tafakkur
refleksivligi. Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi,
o‘z mulohazalarini aks ettiradi,
ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash
172
mezonlarini ishlab chiqadi.
Refleksiya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan
birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi.
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga
ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari
va operatsiyalarining
munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda
tafakkurning
individual
xususiyat-lari,
sifatlariga
bilish
faoliyatining
mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik,
fikrning kengligi, tezligi,
chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: