175
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib
xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba
hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi.
O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka
olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay
tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari
ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim
neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi
mumkin. SHuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy
faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga
olish maqsadga muvofiqdir.
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga
qaraganda, yuqorida tahlil qilib
chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir.
Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi
muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni
keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning
tashqi belgilari
bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga
intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi.
Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va
imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani
to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat.
Chunki har qanday
kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. SHu boisdan
ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan
bog’liqdir.
Insonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik,
tafakkur kengligi,
chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning
sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik
va ijodkorlik kabi
sifatlarida ifodalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: