173
tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga
keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining
aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal
qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va
tanqidiyligida namoyon bo’ladi.
Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z
oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning
barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va
vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r
berib intilishi, ularga taaalluqli
qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon
bo’lishini nazarda tutamiz.
Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish
paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan
eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning
chin yoki chin
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga,
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi.
Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin.
Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual
xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona,
muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga
asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi.
Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv
xatolarga, umuman sub’ektivizmga
og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik
salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik
g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi.
Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda
shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor
usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan
174
amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi.
Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor
mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan
orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin,
aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning
nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya
rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar
inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi
fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal
qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri
sermahsul tafakkur deb ataladi.
Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga
oqilona baho berish
tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: