Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101
2 5208751846268607301

4. Nutq va uning turlari 
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va 
ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq 
deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu 
odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish 
malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur. 
Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o’rni. 


188 
Til va nutqning psixologik rivojlanish yo’lida tutgan o’rni beqiyosdir. 
Nutqning paydo bo’lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham 
rivojlana boshlaydi. Masalan, qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tibor 
kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi. 
Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, boshqa 
psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq’lab turadi. Inson onggidagi 
tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq 
bo’lib, inson fikrlash faoliyati – nutqiy tafakkurni paydo qiladi. Nutqning 
rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo’ladi. 
Nutq o’z navbatida tashqi, ichki, og’zaki, yozma dialog va monolog 
ko’rinishlarida bo’ladi. Nutq o’zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol 
hisoblanadi. 
Muloqot- bu odamlar o’rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir 
biriga bo’lgan ta’siri paydo bo’ladi. Muloqot davomida odamga nisbatan extiyoj 
tug’iladi. Muloqot tufayli odamlar turli xil amaliy va nazariy faoliyatlarni 
uyushtiradi. Bundan tashqari axborot almashish, bir-birini tushinish kabi jarayonlar 
ham muloqot tufayli sodir bo’ladi. Shuningdek , muloqot shaxslar o’rtasidagi 
munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo’llashdayordam beradi.
Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud. Til – bu odamlar uchun 
ma’lum ma’no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini etkazuvchi shartli 
ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, odamlarning ijtimoiy 
ongida ularning ijtimoiy turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-
tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Tilning noyob hodisaviyligi 
shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo‘ladigan tarkib topgan tilga ega 
bo‘ladi va rivojlanish jarayonida uni o‘zlashtirib boradi. 
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb 
ataluvchi ma’nodor so‘zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til 
so‘z va so‘z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo‘lgan til 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin