Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


DOSning asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Hhjg

DOSning asosiy tarkibiy qismlari 
DOS operatsion tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
Kompyuterning doimiy xotirasi (DXSQU – doimiy xotirada saqlab qoluvchi uskuna)da
joylashgan kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BTOS). Operatsion tizimining bu qismi 
kompyuterning bevosita o‘ziga o‘rnatilgan. U amallar tizimining kiritish-chiqarishni amalga 
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan eng oddiy va universal xizmatlarni bajarishga mo‘ljallangan. Ki-
ritish-chiqarishning bazaviy tizimi, shuningdek, kompyuter elektr ta’minotiga ulanganida uning 
xotirasi va uskunalarining ishini tekshiruvchi, kompyuter ishining testini ham o‘z ichiga olgan. 
Bundan tashqari, kiritish-chiqarishning bazaviy operatsion tizimini yuklovchi chiqarish dasturiga 
ham ega. 
Operatsion tizimining yuklovchisi – har bir disketaning birinchi sektorida DOS operatsion 
tizimi bilan birga joylashgan juda qisqa dastur. Bu qattiq diskning bir nechta bo‘limga (mantiqiy 
disklarga) bo‘linishi mumkinligi bilan bog‘liqdir. Yuklovchining birinchi qismi qattiq diskning 
birinchi sektorida joylashgan, u yuklanishni qattiq diskning qaysi bo‘limidan boshlash keraklig-
ini ta’minlaydi. Yuklovchining ikkinchi qismi DOS modulining xotirasiga joylashtirilgan va op-
eratsion tizimiga boshqaruvni topshiradi. 
IO.SYS va MS DOS.SYS sistemali fayllari (ular boshqacha ham, masalan, PC DOS uchun 
IBMBIO.COM va IBMDOS.COM va DR DOS uchun DRBIOS.SYS va DR DOS.SYS – deb 


Opratsion tizimlari 
16 
atalishi mumkin. Nomlar operatsion tizimining versiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi). Ular xo-
tiraga operatsion tizimining yuklovchisi tomonidan yuklanadi va kompyuterning xotirasida 
doimiy qoladi. IO.SYS fayli PZU (DXSQU)ga kiritish-chiqarish tayanch tizimiga qo‘shimcha. 
MSDOS.SYS fayli DOSning yuqori darajadagi xizmatlarini amalga oshiradi. Buyruq beruvchi 
DOS protsessori foydalanuvchi kiritadigan buyruqlarga ishlov beradi. Buyruq protsessori 
COMMAND.COM disk faylidagi, operatsion tizimi yuklanadigan diskda joylashgan.
Foydalanuvchining, masalan, Type, Dir yoki Copy kabi ayrim buyruqlarini protsessorning o‘zi 
bajaradi. Foydalanuvchining boshqa (tashqi) buyruqlarini bajarish uchun buyruq protsessori 
disklardan tegishli nomga ega bo‘lgan dasturni izlaydi va agar topsa, uni xotiraga yuklaydi 
hamda boshqaruvni unga topshiradi. Dasturning ishi tugashi bilan buyruq protsessori dasturni 
xotiradan olib tashlaydi va buyruqlarni bajarishga tayyorligi (DOSga taklif qilishi) haqida xabar-
ni chiqaradi. 
DOSning tashqi buyruqlari – operatsion tizimi bilan birga alohida fayllar shaklida taqdim 
etiladigan dasturlar. Bu dasturlar xizmat ko‘rsatish holatidagi harakatlarni, masalan, disketalarni 
formatlash, disklarni tekshirish va hokazolar kabi ishlarni bajaradi. 
Uskunalarning drayverlari – maxsus dasturlar bo‘lib, ular DOS ni kiritish-chiqarish tizimini 
bajaradi va yangi uskunalarga xizmat ko‘rsatishni yoki nostandart foydalanishni ta’minlaydi. 
Masalan, drayverlar yordamida "elektron disk", ya’ni xuddi disk bilan ishlagandek, ishlash 
mumkin bo‘lgan kompyuter xotirasining bir qismi bilan ishlash mumkin. Drayverlar 
kompyuterning xotirasiga operatsion tizimi kiritilayotgan paytda yuklanadi, ularning nomlari 
maxsus CONFIG.SYS faylida ko‘rsatiladi. Bunday sxema yangi uskunalarni qo‘shishni yengil-
lashtiradi va buni DOS tizimli fayllariga tegmasdan bajarishga imkon beradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin